Bevosita va portfel investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish


Download 1.79 Mb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1386164
  1   2   3
Bog'liq
Ravshanov S

Bevosita va portfel investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish

Guruh: 1V-19

Bajardi: Ravshanov S

Tekshirdi: Ibragimov S

Bevosita va portfel investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish.

Reja:

KIRISH

Bugungi kunda asosiy e’tibor investitsiyalarga qaratilmoqda va hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning eng samarali va maqbul yo‘li ham investitsiyalar hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Investitsiya haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgandilar: “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”

Bundan tashqari mamlakatimizda investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlovchi, investorlarga turli rag‘batlashlarni va imtiyozlarni beruvchi bir qator O`zbekiston Respublikasi qonun va farmonlari mavjud. Bularga misol uchun, 2014-yil 9-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoni va yana bir qator qonun hujjatlari orqali investitsion faoliyat va investorlarning huquqlari himoya qilinadi va ularga qulay ish yuritish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling