- Bevosita va portfel investitsiyalarni bir-biridan ajratish uchun amaliyotda quyidagi mezondan foydalaniladi: agar investor 10 va undan ortiq foiz oddiy aktsiyalarga ega bo‘lsa, bunday investitsiyalar bevosita investitsiyalar hisoblanadi. Boshqa xorijiy investitsiyalarga bevosita va portfel investitsiyalar jumlasiga kirmaydigan investitsiya turlari kiradi. Masalan, savdo kreditlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olinadigan kreditlar, bank qo‘yilmalari va boshqalar.
- Respublikamizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarga (kiritiladigan investitsiya hajmiga ko‘ra) bir qator imtiyozlar berilgan.
- Jumladan, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi. Soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy xorijiy sarmoyalar quyidagi hajmda jalb etilganda taqdim etiladi:
- Bundan tashqari turli xil bojxona bojlaridan ham ko’pgina imtiyozlar berilgan jumladan:
- chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;
- ustav fondida (ustav kapitalida) chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |