Bevosita va portfel investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli
Download 1.79 Mb.
|
Ravshanov S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita va portfel xorijiy investitsiyalar
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roliO’zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga horijiy investitsiyalarni jalb etish bir qator afzalliklarga ega.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelmoqda. Bevosita va portfel xorijiy investitsiyalarInvestitsiyalarning real va moliyaviy turlarga ajratilishi ularni tasniflashtirishdagi asosiy belgilardan hisoblanadi. Investitsiyalash jarayoniga ishtirok etish xarakteriga ko‘ra investitsiyalar bevosita va bilvosita investitsiyalarga bo‘linadi.
Bevosita va portfel xorijiy investitsiyalarXorijiy investitsiyalar - daromad olish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga xorijiy investorlar tomonidan kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklar majmuasidir. Xorijiy investorlar sifatida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, davlatlar va xalqaro tashkilotlar qatnashishi mumkin. Xorijiy investitsiyalarning bevosita, portfel va boshqa turlari mavjud.Bevosita xorijiy investitsiyalar xalqaro investitsiya faoliyatining muhim toifasi bo‘lib, bir mamlakat xo‘jalik yuritish birligining boshqa mamlakatdagi korxonaga barqaror ta‘sir o‘tkazishga intilishini o‘zida aks ettiradi. Barqaror ta‘sir o‘tkazish deganda bevosita investor va ko‘rsatilgan korxona o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish, shuningdek, ushbu korxonani boshqarishda investorning sezilarli roli tushuniladi. Portfel xorijiy investitsiyalar deganda investitsiyalarning aktsiyalarga, boshqa qimmatli qog‘ozlarga kiritilishi tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga aktsiyalardan tashqari obligatsiyalar, bonlar, veksellar, depozit sertifikatlari, bank aktseptlari va qarz yozilmalari kiradi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling