Bi-50 guruh talabasi Abduraximova Aziza Ilmiy rahbar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana26.11.2020
Hajmi0.6 Mb.
#153524
  1   2   3
Bog'liq
kochmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi orni ahamiyati va roli


 

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

Toshkent Moliya Instituti 

 

“Budjet hisobi va davlat jamgarmalari” fakulteti 



  

“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi  

 

“Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari” fanidan 



  

Kurs ishi 

Mavzu: “Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni, 

ahamiyati va roli” 

 

                                     



Bajardi: 

  BI-50 guruh talabasi 

                                                                      Abduraximova Aziza 



                                                                

Ilmiy rahbar:

 prof. Shoha’zamiy Sh.Sh. 

 

 

 



 

Toshkent-2016 



 

 



REJA: 

 

KIRISH…………………………...………………………………… 

1. 



Ko’chmas mulk bozorining nazariy asoslari va uni iqtisodiyot bilan 

bog’liqlikda o’rganishining zarurati………………………………… 

 

2. 



Ko’chmas  mulk  bozorining  iqtisodiyotdagi  o’rni,  ahamiyati  va 

rolini o’rganishning metodologik asoslari…………………………... 

15 

 

3. 



Ko’chmas  mulk  bozorining  iqtisodiyotdagi  o’rni,  ahamiyati  va 

rolini tahlil qilish usullari…………………………………………… 

22 

 

 



 

XULOSA…………………………………………………………… 

 

36 



 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…….………  37 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 



Annotatsiya 

 

Kurs ishida ko’chmas mulk bozorinining iqtisodiyotdagi o’rni, ahamiyati va 



rolini  nazariy,  metodologik  va  tahlil  usullaridan  foydalanib  o’rganish  asosida 

bilimlar tizimlashtirilgan va tegishli xulosalar shakllantirilgan. 

 

Annotation 

 

This course work clarifies the role of Real Estate in the economy, and it’s 



value has been studied by the way of methodological and theoretical researches in 

Real Estate Markets. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

 



Kirish 

Kurs 

ishi 

mavzusining 

dolzarbligi. 

Ko’chmas  mulk  bozorining 

iqtisodiyotdagi  o’rni,  ahamiyati  va  rolining  mazmun-mohiyati  hozirgi  kundagi 

sharoitda  to’liqligicha ochib berilmagan,  unga oid nazariy qarashlar   va bilimlar 

o’rganilib 

mukammal 

darajada 

tizimlashtirilmagan, 

tegishli 

xulosalar 

shakllantirilmagan.  Zero,  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar 

ko’chmas  mulk  bozoriga  o’z  ta’sirini  ko’rsatishi  ushbu  masalalarni  kengroq  va 

chuqurroq o’rganishni taqazo etadi.  

Rеspublikamizda  shakllantirilib  kеlayotgan  ko’chmas  mulk  bozorida  hamda 

ko’chmas  mulk  obyektlari  ishtirok  etadigan  barcha  iqtisodiy  jarayonlarda 

obyektlarni  baholash  va  rieltorlik  bilan  bog’liq  faoliyatni    tashkil  etish  va  uni 

respublikamizda  iqtisodiyotning  turli  sohalari  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda 

takomillashtirish  hozirgi  kunning  o’ta  dolzarb  masalalaridan  biriga  aylanmoqda. 

Shu  sababli,  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  jahondagi  ko’plab  rivojlangan 

mamlakatar  iqtisodiyotiga  sezilarli  zarar  yetkazayotgan,  hamda    ko’chmas  mulk  

bozorida  murakkab  va    o’zgaruvchan    sharoitni  yuzaga  keltirib  turgan  hozirgi 

kunda  O’zbekiston  sharoitida    ko’chmas  mulk  qiymatini  baholashning  uslubiy 

asoslarini  o’rganish,  baholash  va  rieltorlik  faoliyatlari  bilan    bog’liq  jarayonlarni 

takomillashtirish  respublikamizda  erkin  bozor    infrastrukturasini  rivojlantirishda 

o’ta dolzarb muammo hisoblanadi. 

Jumladan,  ko’chmas mulk bozorida rieltorlik faoliyati xizmat turlarini amalga 

oshirish huquqi bеrilgan, litsеnziyaga ega rieltorlik tashkilotlar soni jami 246 tani 

tashkil  etadi.  Shundan,  26  ta  litsеnziya  bеkor  qilingan.  Amalda    220  ta  litsеnziya 

mavjud. 

Bundan  tashqari  yil  sayin  ko’chmas  mulk  bozorining  hajmi  yildan-yilga 

kengayib  bormoqda,  ya’ni  ko’chmas  mulkka  bo’lgan  talab  ortib  bormoqda. 

Natijada, ko’chmas mulk bozorini o’rganish dolzarb masalaga aylanmoqda. 



Kurs  ishining  maqsadi.  Ko’chmas  mulk  bozorining  iqtisodiyotdagi  o’rni, 

ahamiyati va rolini mazmun-mohiyatini ochib berish, unga   oid nazariy qarashlar, 



 

 



bilimlarni  o’rganib  tizimlashtirish  asosida  tegishli  xulosalar  shakllantirish  hamda 

bularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalargaga ega bo’lish. 



Kurs ishi vazifalari. 

1.Ko’chmas  mulk  bozorining  nazariy  asoslari  va  uni  iqtisodiyot  bilan 

bog’liqlikda  o’rganishining  zaruratini  o’rganish  va  mavjud  bilimlarni 

tizimlashtirish. 

2.Ko’chmas  mulk  bozorining  iqtisodiyotdagi  o’rni,  ahamiyati  va  rolini 

o’rganishning  metodologik  asoslarini  tizimlashtirish  va  kerakli  xulosalarni 

chiqarish. 

3.Ko’chmas  mulk  bozorining iqtisodiyotdagi  o’rni,  ahamiyati  va  rolini  tahlil 

qilishning amaliy metodikasini o’rganish. 

4.O’zbekiston  bozor  iqtisodiyoti  sharotida  ko’chmas  mulk  bozori  masalarini 

o’rganish. 

Kurs ishining ob’ekti bo’lib, ko’chmas mulk bozori hisoblanadi. 

Kurs  ishining  predmeti.  Ko’chmas  mulk  bozorida  amalga  oshiriladigan 

mulkiy munosabatlar. 

  Kurs  ishi  kirish,  uchta  qismdan,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro’yxatidan tashkil topgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



I. Ko’chmas mulk bozorining nazariy asoslari va uni iqtisodiyot bilan 

bog’liqlikda o’rganishining zarurati 

 

Bozor - bu ma’lum hajm, qimmat, qiymat va narxga ega bo’lgan tovarning 



erkin  savdosi  bilan  bog’liq  tashkillashgan  ijtiomoiy-iqtisodiy-informatsion-

huquqiy    mexanizm  bilan  ta’minlangan  munosabatlarni  turli  omillar  ta’siri 

sharoitida  maqsadli  amalga  oshirilishini  ta’minlovchi  yaxlit  murakkab  tizim 

(mexanizm)  sifatida  namoyon  bo’luvchi  tovar  bo’yicha  talab  va  taklif  funksiyasi. 

Ushbu  tizimning  faoliyat  mexanizmi  davlat  va  iqtisodiyotning  barcha  subyektlari 

tomonidan  birgalikda  ularni  har  birining  alohida  manfaatli  maqsadlari  doirasida 

harakatga  keltiriladi.  Bozorda  tovarlar  ishlab  chiqaruvchi  (sotuvchi)lardan  

iste’molchi  (haridor)larga  tomon,  moliyaviy  resurslar  esa  aksincha  yo’nalishda 

harakat qiladi. 

1

 



 Ko’chmas mulk bu – yerdan va unda joylashgan bino inshootlardan tashkil 

topgan mulk. Ko’chmas mulk o’z ichiga yer ustida yoki yer ostida joylashgan va 

yerga o’rnatilgan moddiy mulklarni oladi. 

Ko’chmas mulk tarkibiga qonun bo’yicha – yer maydonlari, uylar, zavodlar, 

fabrikalar, qo’rilmalar, barcha turdagi qurilma inshootlar, bo’sh yer uchastkalari va 

temir  yo’llar,  chegaralangan  suv  obyektlari  va  yer  bilan  bog’liq  barcha  narsalar 

kiradi, ya’ni bunday obyektlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, ularga zarar 

yetkazmasdan  amalga  oshirib  bo’lmaydi.  Bular  jumlasiga  shuningdek  o’rmonlar, 

ko’p yillik ekinlar, binolar, inshoatlar kiradi.   

«Ko’chmas  mulk  bozori  –  bu  sotuvchi  va  xaridorlar  o’rtasida  ko’chmas 

mulkning konkret narxni aniqlash uchun birlashadigan va natijada ko’chmas mulk 

ayriboshlanishi  yuzaga  kelishi  mumkin  bo’lgan  tashkiliy  tadbirlar  tizimi». 

Ko’chmas mulk bozori – bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining 

ayni  vaqtda  mavjud  bo’lgan  barcha  talab  va  takliflari  orasidagi  o’zaro  bog’liqlik 

yuzaga  keladigan  va  ko’chmas  mulk  bilan  bog’liq  barcha  joriy  operatsiyalar 

yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy-huquqiy hudud». 

                                                           

1

 Shoha’zamiy.Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari. Toshkent “Iqtisod-moliya” 2015 -460 b. 



 

 



«Ko’chmas mulk bozori o’zida ko’chmas mulk obyektlariga kapital kiritish 

sohasi va ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarda yuzaga keladigan iqtisodiy 

munosabatlar tizimini aks ettiradi. Bu munosabatlar investorlar o’rtasida ko’chmas 

mulkni  oldi-sotdi  jarayonida,  ipoteka,  ko’chmas  mulk  obyektlarini  ijaraga  berish 

jarayonlarida yuzaga keladi»

  

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

1-rasm. Ko’chmas mulkni tasniflash

2

 



 

Milliy  ko’chmas  mulk  bozori  -  bir-biridan  sinxron  rivojlanishi,  narxlar  va 

xavf-xatarlar  darajasi,  ko’chmas  mulkka  invеstitsiyalarning  samaradorligi  va 

ayniqsa qonunchilik holati, siyosiy va ijtimoiy barkarorligi bilan farqlanib turuvchi 

mintaqaviy va maxalliy bozorlarning jamuljamligidir.  Ko’chmas mulk bozorining 

o’ziga  xosligi  shundan  iboratki,  ko’chmas  mulkning  o’rtacha  xaridori,  odatda, 

ko’chmas mulk obyеktlarini sotib olish yoki ularga invеstitsiya kiritish tajribasiga, 

shuningdеk bitimlarning haqiqiy narxlari haqidagi ma'lumotga ega bo’lmaydi. 

Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilar:

 3   


                                                           

2

 



Балабанов И. Т. Операции с недвижимостью в России. – М.: Финансы и статистика, 1996. 10 с.

 

Yer jismoniy obyekt 



sifatida va tarkibi: 

– yer uchastkalari  

– yer osti uchastkalari 

– suv xavzalari 

– o’rmonlar 

– ko’p yillik ekinlar  

– binolar  

– qurilmalar 

 

 

Ko’chmas mulk 



Davlat registratsiyasidan o’tish 

majburiyligi:                                                        

 

– yer uchastkalari  



– yer osti uchastkalari 

– suv xavzalari 

– o’rmonlar 

– ko’p yillik ekinlar  

– binolar  

– qurilmalar 

- dengiz kemalari 

– havo kemalari 

– ichki suzish kemalari 

– kosmik obyektlar 

 


 

 



-fuqarolarning  ko’chmas  mulkka  bo’lgan  konstitutsion  huquqlarni  va  ularga 

egalik qilish bilan bog’liq majburiyatlarini amalga oshirish

-ko’chmas mulk bozorida uning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum tartib va 

sharoitlarning va sharoitlarning belgilanishi; 

-bozor ishtirokchilarini insofsizlik, tovlamachilik va jinoiy tashkiliotlar hamda 

jinoyatchilardan himoyalash; 

-talab  va  taklifga  muvofiq  ravishda  ko’chmas  mulk  obyektlariga  bo’lgan 

bahoning erkin belgilanishini ta’minlash; 

-ishlab  chiqarish  sohasidagi  tadbirkorlik  faoliyatini    rag’batlantiruvchi 

investitsiyalar uchun sharoitlar yaratish; 

-ekologik  muhitni  sog’lomlashtirish,  iqtisodiy  o’sishga  erishish,  ishsizlik 

darajasini pasytirish, uy-joy muammosini va boshqa jamoat masalalarini hal qilish: 

-ko’chmas mulk obyektlari va ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarini odilona 

soliqqa tortish; 

   -mamlakat  va  viloyatlardagi  uy-joy  muammosi  uchun  qulay  sharoitlarni 

yaratish. 

Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari: 

1.  Tadbirlarni  taqsimlash  -  turli  xildagi  ko’chmas  mulk  obyektlari  (turar  joy 

va  noturar  joy  obyektlari,  yer  va  o’rmon  uchastkalari  va  boshqa  obyektlar) 

munosabatlarini boshqarishga nisbatan maxsus yondashuvlarni qo’llash. 

2.  Ma’lumotlarning  ochiqligi  –  qaror  qabul  qilish  uchun  ko’chmas  mulk 

bozorining  barcha  ishtirokchilari  va  obyektlari  haqida  to’liq  va  ochiq 

ma’lumotlardan foydalanish. 

3.  Qonunchilikning  oshkoraligi  –qonunlar  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar 

loyihalarini ommaviy muhokama qilish. 

4. Raqobatbardoshlik – ko’chmas mulk bozorida xizmatlar sifatini oshirish va 

qiymatini pasytirish mexanizmi sifatida.  

                                                                                                                                                                                           

3

  Yodgorov  V.U.,  Mirjalilova  D.SH.  Ko’chmas  mulkdan  foydalanishni  tashkil  etish  va  boshqarish.  O’quv 



qo’llanma.-T.: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, 2014. -200 b. 

 

 



5. Tartibga soluvchi organlar orasida vakolatlarning taqsimlanishi  – qonunlar 

ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bitta shaxsda mujassamlashmasligi kerak. 

6.  Davlat  va    munisipial  mulk  bo’lgan  ko’chmas  mulk  obyektlari  tegishli 

regionlar aholisining umumiy egaligi va foydalanishida bo’ladi. 

7. Qonun hujjatlari tomonidan belgilangan qoidalar va tadbirlarning oddiy va 

tushunarliligi, mulkdorlarni himoyalashning ishonchliligi. 

8.  Uy-joy  bozorida  tavakkalchilik  guruhi  fuqarolari  –  voyaga  yetmaganlar, 

yakka  nafaqaxo’rlar,  nogironlar  va  hokazolarni  himoyalash  bo’yicha  qo’shimcha 

tadbirlarni qo’llash. 

9.  Ko’chmas  mulk  bozorini  boshqarish  vazifalarini  davlat  organlari  va 

professional ishtirokchilar o’rtasida ratsional taqsimlash.  

10. 


Ko’chmas  mulkni  boshqarish  sohasidagi  siyosat  hududlarni 

zonalashtirishning tasdiqlangan chizmalariga muvofiq ravishda yerlardan samarali 

foydalanishni  va  olib  borilayotgan  ijtiomoiy  siyosatga  muvofiq  tarzda  yer 

to’lovlari  bo’yicha  imtiyozlarni  berishdan  budjetdan  manzilli  kompensatsion 

to’lovlarga  asta-sekin  o’tish  bilan  soliqqa  tortishda  faqatgina  manzilli  va 

asoslangan imtiyozlar berishni ta’minlashi zarur. 

11.  Aholi  manfaatlarini  ko’zlagan  holda  ko’chmas  mulk  obyektlariga  egalik 

qilish, foydalanish, va tasarruf etish tartibini belgilovchi qonun va boshqa me’yoriy 

hujjatlarni davlatning vakolatli organlari qabul qiladi. 

12. Amaldagi qonunchilikka asoslangan ravishda ijro etuvchi organlari davlat 

ko’chmas mulkini tasarruf etishni amalga oshiradi.  

13.  Davlat  va  munisipial  ko’chmas  mulk  obyektlarini  xususiylashtirish  va 

nodavlat  obyektlarga  huquqlarni  badalli  ravishda  o’tkazish  invertizatsiya  qiymati 

bo’yicha emas, balki bozor qiymati bo’yicha amalga oshirilishi kerak. 

14. Ko’chmas mulk obyektlaridan, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan 

bitimlardan  undiriladigan  soliqlar  va  soliqsiz  to’lovlar  belgilangan  me’yorlariga 

muvofiq ravishda bo’linadi. 


 

 



15.  Ko’chmas  mulk  bozorini  tartibga  solishning  turli  ko’chmas  mulk 

obyektlariga  bo’lgan  huquqlarni  tartibga  soluvchi  jahon  tajribasini  hisobga  olgan 

holda o’z tarixi va an’analariga ega bo’lgan, o’zbekcha tizimini qo’llash. 

Ko‘chmas mulk bozorining aniq segmentlari mulkdan foydalanish, joylashuv, 

keladigan daromad potensiali, ijarachilarning odatiy xarakteristikalari, investitsion 

motivasiya  va  ko‘chmas  mulkni  almashtirish  jarayonida  tan  olingan  boshqa 

belgilar  bilan  ifodalanadi.  O‘z  o‘rnida,  ko‘chmas  mulk  bozorlari  turli  ijtimoiy, 

iqtisodiy, davlat va iqtisodiy xarakterlarni ko‘rsatadi. 

Ko‘chmas mulk bozori segmentlarining tadqiqoti, ko‘chmas mulk bozorining 

umumiy shartlariga taalluqli joylashuv, raqobat, shu bilan birga, talab va taklif kabi 

parametrlar bo‘yicha o‘tkaziladi. 

1.  Turar-joy  ko‘chmas  mulki    (ko‘p  kvartirali,  bir  oilali  uylar,  kvartiralar  va 

xonalar). 

2.  Tijorat  ko‘chmas  mulki  (idora,  savdo,  sanoat-ishlab  chiqarish,  ombor 

binolari, mehmonxonalar, restoranlar). 

3. Sanoat ko‘chmas mulki (sanoat shirkati, binolar). 

4.  Qurilishi  tugallanmagan  turli  maqsadlardagi  yer  uchastkalari  (shahar 

yerlari,  qishloq  xo‘jalik  va  ov  yerlari,  qo‘riqxonalar,foydali  qazilmalarni  qidirish 

zonalari). 

5.  Maxsus  maqsadlardagi  ko‘chmas  mulk  (konstruktiv  ifodasi  bo‘yicha 

chegaraviy  foydalanishga  ega  obyektlar  (masalan,  cherkov,  aeroport,  qamoqxona 

va boshqalar). 

Ko’chmas  mulk  bozorining  tuzilmasi  2-rasmda  keltirilgan  bo’lib,  unda:  S-

ko’chmas  mulk  sotuvchisi,  H-  ko’chmas  mulk  haridori,  R-  rieyeltorlar  ko’chmas 

mulk  bozorining  professional  ishtirokchisi,  A-  auksion,  NR-  nodavlat  regulyativ 

tashkilotlar,  DR-  davlat  regulyatori.  Mazkur  modelda  har  bir  ishtirokchi  bir-biri 

bilan  uzviy  bog’liq.  Chunki,  ko’chmas  mulk  bozori  modeli  boshqa  bozorlarga 

nisbatan  qisqartirilgan  modeldir.  Bu  esa  boshqa  turdagi  mulk  bozorlari  uchun 

ixtisoslashgan model sifatida qaraladi. 

 


 

 

10 



S

S

H



H

R

NR



DR

A

A



 

              2-rasm. Ko’chmas mulk bozorining funksional-tuzilmaviy modeli



4

                                 

Auksion (A) ko’chmas mulk savdosi kimoshdi savdosi orqali sotiladi. 

Sotuvchi  (S)  –  ko’chmas  mulkini  sotib  undan  foyda  olish  maqsadida  o’zini 

obyektini sotuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs va davlatdir. 

Haridor  (H)  –  ko’chmas  mulkdan  naf  olish  maqsadida  undan  foydalanish, 

tassarruf etish yoki hadya qilish maqsadlarida mablag’ bilan ta’minlangan yuridik 

va jismoniy shaxs va davlat bo’lishi mumkin. 

Rieltor (R) - malaka sеrtifikatiga va litsеnziyaga ega bo’lgan, yakka tartibdagi 

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir. 

Rieltorga  litsеnziya  ko’chmas  mulk  bozorida  faqat  axborot  va  maslaxat 

xizmatlari ko’rsatish uchun bеriladi. 

Rieltor  o’z  fuqarolik  javobgarligini  sug’urta  qilish  polisiga  ega  bo’lishi 

kеrak.


5

 

Davlat  regulyatori  (DR)  va  nodavlat  regulayatorlar  (NR)  ko’chmas  mulk 



bozorini qonuniyligini tartibga solib turadi. 

Regulyativ  kanallarga  davlat  regulyatori  (  DR)  va  nodavlat  regulayatorlar 

(NR) kiradi. 

Savdo operatsion kanallar A orqali 3 ta elementni bo’glaydi – R, H, S. 

                                                           

4

 Shoha’zamiy.Sh.Sh.Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari Toshkent “Iqtisod-moliya” 2015 -460 b. 



5

 

Riyeltorlik faoliyati to’g’risidagi qonun,2010 йил 22 декабрь, 5- modda.



 

 


 

 

11 



Funksional  operatsin  kanallarr  orqali  S  va  H,  S  va  R,  H  va  R  o’zaro 

bog’langan. 

Ko’chmas mulk bozoriga qarasak, auksion, sotuvchi va haridorning vazifasini 

rieltorlik firmalari bajarishini ko’ramiz.  

Ko’chmas mulkka bo’lgan talab Q

d

 uning bozor bahosi P



a

 va yalpi daromadga 

bog’liq: 

Q

d



=D(P

a

, Y)      (1) 



Taklif esa Q

tovarning bozor narxi P



a

 va xomashyo narxiga P

x

 bog’liq: 



Q

s

=S(P



a

, P


x

)       (2) 

Bozordagi talab va taklif muvozanati: 

Q

d



=Q

               (3) 



(1), (2) va (3) tenglamalar bozorning iqtisodiy  modelini ko’rsatadi. Ulardagi 

P

x



  va  Y  –  ekzogen  parametrlar.  Endogen  parametrlar  (V)  –  P

a

  va  Q  (sotilgan 



ko’mas  mulklar  soni).  Bularni  o’zaro  bog’lagan  holda,  talab  va  taklifning 

muvozanat modelida ko’rish mumkin. 

Modelda  taklif  egri  chizig’i  xomashyoning  o’zgarmas  bahosida  taklif 

etilayotgan  tovar  hajmi  va  uning  narxi  orasidagi  nisbatni  ko’rsatadi.  Taklif  egri 

chizig’i  yuqoriga  yo’nalgan,  sababi  P

a

  qanchalik  yuqori  bo’lsa,  ko’chmas  mulk 



shuncalik ko’proq qurib sotuvga chiqariladi. 

P



                                  S 

 

P



a

*                                                                                                                                                                                       

                                                D                                                              

                           Q*                        Q         



3-rasm. Muvozanat modeli.

6

 

                                                           

6

  Shoha’zamiy.Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari T.:Iqtisod-moliya,2015. 460b. 



 

 

12 



Modelda  taklif  egri  chizig’i  xomashyoning  o’zgarmas  bahosida  taklif 

etilayotgan  tovar  hajmi  va  uning  narxi  orasidagi  nisbatni  ko’rsatadi.  Taklif  egri 

chizig’i  yuqoriga  yo’nalgan,  sababi  P

a

  qanchalik  yuqori  bo’lsa,  ko’chmas  mulk 



shuncalik ko’proq qurib sotuvga chiqariladi. 

Talab va taklifga ta’sir etuvchi asosiy omillar: 



-iqtisodiy:  aholi  va  biznes  daromadining  darajasi,  moliyaviy  omillar 

mavjudligi, ijara  to‘lov stavkalarining  darajasi,  qurilish-montaj  ishlari va  qurilish 

ashyolari narxi, kommunal xizmatlar uchun tariflar

– ijtimoiy: aholi soni o‘zgarishi, aholining zichligi, ta’lim darajasi; 

– ma’muriy: soliq stavkalari va hududiy to‘siqlar; 

–  ekologik:  ko‘chmas  mulk  joylashgan  rayonning  qurib  qolish  yoki  suv 

toshqinlariga uchrash holatlari,ekologik holatni yomonlashuvi yoki yaxshilanishi. 

Grafikda ikkala chiziqning kesishuv nuqtasi bozordagi narxning muvozanatini 

ko’rsatadi,  talab  va  taklif  bir-biriga  mos  keladi.  Bu  model  ham  ko’chmas  mulk 

bozori uchun shartlidir. 

Boshqarish tizimlari nazariyasiga asosan

7

 V I A nisbatini bozorning o’tkazish 



funksiyasi sifatida ifodalash mumkin: 

W(Qd, Qs)=B/A          (4) 

Agar  W(Qd,Qs)  va  A  o’zgaruvchilarning  qiymatlari  ma’lum  bo’lsa,  B 

o’zgaruvchini  bozorning  iqtisodiy  modeli  bo’yicha  natijaviy  funksiya  deb  atasa 

ham  bo’ladi.  Bu  funksiya  bozorning  iqtisodiyotdagi  rolini  na  faqat  “barometr” 

sifatida,  balki  tovarlarni  raqobat,  talab  va  taklif  tasirida  taqsimlanishi  va  qayta 

taqsimlanishi jarayonlarning regulyatoridir. 

 

 



 

 

 



                                                           

7

  Берталанфи  Л.  Общая  теория  систем-обзор  и  результатов.  “Системные  исслодования”  Ежегодник  М.: 



Наука,  1969;  Современная  теория  систем  управления  /Под  ред.  К.Т.Леондеса.-М.;  Наука,  1970  -512  с.; 

Александров А.Г. Оптимальные и адаптивные системы. – М.: Высшая школа, 1989. -263с. 



 

 

13 



                                1                                           1 

                                                                         

                                                                 3 

                                     2                                          2 

 

                                  4                                          4 



 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling