Bia 95 guruh talabasi Egamnazarov Sherzodning Menejment marketing fanidan joriy nazorati
Download 29.7 Kb.
|
menejment joriy nazorat
2.savol javobi Tamoyil - bu faoliyat yuritish, xulqning asosiy qoidasi, yetak-
chi g'oyadir. Ilmiy adabiyotlarda odatda menejment tamoyillari deganda iqtisodiyotga rahbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy qoida, yo‘l-yo‘riq, hulq me’yorlari tushuniladi. Menejment tamoyil lari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida menejment usullariga bog'liq hodisalar mohiyatini aks ettiradi. Menejment mexanizmi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin: Qonunlar ---- Tamoyillar ----- Usullar ----- Uslublar Menejment tamoyillari o'zaro bog'liq va birgalikda qo'llanilishi lozim. Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi. 1.Menejmentda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo'ysunishini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bo'g'in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab qo'yishdir. Yagona boshchilik, kollegiallik qabul qilinadigan qarorlar oshkoraligi bilan qo'shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs iro- dasiga so'zsiz bo'ysunish bilan birga amalga oshishi kerak. Demokratiya, oshkoralik har bir kishiga o'z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish, menejment qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi. 2.Ilmiylik tamoyili. Menejment tamoyillari orasida valyutarizm- ni inkor qiluvchi har bir rahbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining obyektiv yo'nalishlari, bu sohada milliy va chet el tajribasini qo'llashini taqozo qiluvchi o‘rin egallaydi. 3. Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish, biznes va strategik rejasini tuzish iqti sodiy siyosatlarni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo'ljallangan yo‘nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish menejmentning asosiy vazi- falaridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning hozirgi holatini ilmiy tahlil etish, ehtiyojlarning istiqbolini aniqlash, texnikaviy va tashkiliy qarorlar qabul qilish asosida amalga oshiri- ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish u yoki bu tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muhimi, resurs- lardan samarali foydalanish yo'llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo'ladi. 4. Menejment shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Menejmentning xususiy shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo'ladi. Menejment xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk egasi ishlar borishini o‘zi to'liq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi, kamchiligi esa, sarmoyaning uncha katta bo'lmasligi va bir kishi menejmentning turli vazifalarini bajarishga majburligidir. Mulkdor menejmentning barcha vazifalarini amalga oshiradi: rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish, yo'qotish, zarar va boshqalarga shax- san javobgar bo'ladi. Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o‘z bilimlarini ko'paytirib, menejment usullarini ta komillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo'llarini bozorda mavjud holatga mos ravishda o'zgartirib borishi kerak. Menejmentning jamoa shaklida ikki yoki undan ko'p jismoniy va yuridik shaxslar menejment qarorlarini birgalikda qabul qiladilar. va korxona yoki aksiyadorlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo'ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga, menejmentning xususiy shakli esa kamchiliklarini bar- taraf etishga imkon yaratadi. Menejment jamoa shaklining afzalligi sheriklarning aksiya sotish yo‘li bilan qo‘shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo'lishidadir. Menejmentning jamoa shakli direktorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy menej ment siyosatini va menejmentning majud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-psixologik, huquqiy usullarini tan- laydilar. Menejment jamoa shaklining asosiy kamchiligi barcha sheriklar - aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini na- zorat qilishda qatnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi - kor- poratsiya, aksiyadorlik jamiyati yoki korxona aksiyadorlaridan «ikki yoqlama» soliq olinishidir, chunki korxona foydadan, aksiyadorlar esa qo'shimcha ravishda dividentdan soliq to‘laydilar. Davlat boshqaruv shakli davlat yoki mahalliy mulk bo'lgan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun to'liq javob beradi. 5. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga qat’iy talablar qo'yadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oldida turgan masalalarni belgilaydi. 6. Agentlarning mustaqilligi va erkinligi tamoyili. Bozorda agentlar faoliyati iqtisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshi- shi kerak. 7. Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun harakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak. 8. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o'z faoliyati uchun javobgar bo'lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik ham hisobga olinishi, ya’ni tadbirkorning o‘z huquq va majburiyatlari bo'lishi kerak. Download 29.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling