Bia-96k-2 Ziyovuddinov M. Dinamik qatorlari mohiyati, tuzilish va turlari


Download 19.41 Kb.
Sana25.12.2022
Hajmi19.41 Kb.
#1066288
Bog'liq
stat Ziyovuddinov


BIA-96k-2
Ziyovuddinov M.
Dinamik qatorlari mohiyati, tuzilish va turlari
Dinamika qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo'yicha o'zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi.
Dinamika qatorlarida ikki unsur (element) mavjud:
vaqt ko'rsatkichi (t);
shu vaqtga tegishli daraja (U)
Dinamika qatorlarida vaqt ko'rsatkichi sifatida ma'lum bir payt (sana) yoki davr (oy, yil) olinishi mumkin.
Dinamika qatorlarining darajalari ijtimoiy hodisalarning sonini, hajmini, miqdorini vaqt bo'yicha o'zgarishini o'zida aks ettiradi va ular mutlaq, nisbiy va o'rtacha miqdorlarda ifodalanadi.
To'g'ri tuzilgan dinamika qatorlari solishtirma ko'rsatkichlardan tashkil topadi. Qanday dinamika qatori to'g'ri tuzilgan qator deyiladi? Bu savolga javob berish uchun dinamika qatorlarini tuzishda quyidagi qoidalariga rioya qilish zarur:
dinamika qatorlarining hadlar bir hil o'lchov birliklarida berilishi kerak.
Agar birinchi had so'mda o'lchangan bo'lsa, qolgan hadlar ham shu o'lchov birlikda baholanadi;
hadlarning hisoblangan aniqlik darajasi bir xil bo'lishi, (0,1, 0,01, 0,001
va h.k.) zarur.
hamma hadlar bitta metodologiya bilan aniqlangan bo'lishi kerak.
Masalan, aholi dinamikasini o'rganmoqchimiz. Ma'lumki, aholi mavjud aholi,
doimiy aholi, vaqtincha yashovchilar va boshqa toifalarga bo'linadi. Demak,
qatorning birinchi hadida doimiy (yoki boshqa toifadagi) aholi soni berilsa, qolgan hadlarda ham faqat shu toifadagi aholi soni berilishi kerak;
4) dinamika qatorlarining ko'rsatkichlari hudud bo'yicha ham taqqoslama
bo'lishi shart. Masalan, Buxoro viloyati bo'yicha keyingi 30 yilda erishilgan natijalarni tahlil qilish uchun dinamika qatorlari tuzildi. Bu tuzilgan qator hadlarini taqqoslash mumkin emas, chunki keyingi 30 yil ichida Buxoro viloyatining hududi o'zgardi, ya'ni undan Navoiy viloyatiga qarashli tumanlar ajralib chiqdi, qo'shildi va yana ajraldi. Demak, 30 yil uchun tuzilgan hadlarni taqqoslash uchun ularni hammasini Buxoro viloyatining yoxud yangi, yoxud eski hududi bo'yicha hisoblash kerak;

5) dinamika qatori ko'rsatkichlari davrning uzun va qisqaligi bo'yicha


ham bir xil bo'lishi kerak.
Dinamika qatorlari hodisalarni tavsiflash vaqtiga qarab, payt(moment)li va davriy dinamika qatorlariga bo'linadi.
Paytli dinamika qatorlari o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarni ma'lum bir aniq payt (moment)ga holatini ifodalaydi, aks ettiradi. Masalan, aholi soni, kassadagi pul qoldig'ini faqatgina ma'lum paytga hisoblanadi.
Davriy dinamika qatorlarida esa hadlar shu davr oralig'i (interval)da beriladi. Masalan, bir oy (yoki yil) da ishlab chiqarilgan mahsulot, sotilgan tovarlar
1. Davriy dinamika qatorlarining hadlarini qo'shish mumkin va natija real
ma'noga ega bo'ladi. Masalan, oylik tovar aylanmasi hajmidan yillikka, yillikdan besh yillikka o'tish mumkin. Bu bilan biz faqat hadlarni hajmini ko'paytirmasdan yangi keng intervalli qatorlar tuzishga ham erishamiz.
Davriy dinamika qatorlarini ikki darajada, ya'ni faqat shu davr uchun va
o'sib boruvchi jamlarda hisoblash mumkin. Bunday qatorlar bank tizimida keng
ishlatiladi.
Momentli dinamika qatorlarining darajalarini qo'shish natijasi iqtisodiy
mazmunga ega emas, chunki ularni qo'shib hisoblamoqchi bo'lsak, u holda
takroriy qayta hisoblashlarga yo'l qo'ygan bo'lamiz.
Shunday qilib, dinamika qatorlari yordamida ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi: vaqt bo'yicha rivojlanish darajasini baholash; statistik ko'rsatkichlar tizimi vositasida o'rganilayotgan hodisaning dinamikasini o'lchash; rivojlanishning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va miqdoriy baholash; davriy tebranishlarni o'rganish; bashoratlash va ekstrapolyatsiya qilish.
O'rganilayotgan hodisa va jarayonlarning dinamikasini miqdoriy tomondan baholashda quyidagi statistik ko'rsatkichlar qo'llaniladi: mutlaq qo'shimcha o'zgarish; o'zgarish sur'ati, qo'shimcha o'zgarish sur'ati; bir foiz o'zgarishning mutlaq mohiyati. Dinamika qatorlari ko'rsatkichlarini hisoblash ikkita davr darajasini taqqoslash natijasida olinadi. Odatda, taqqoslanadigan daraja sifatida qatorning birinchi yoki oldingi yil darajasi qabul qilinadi. Taqqoslanish usuliga qarab, bu ko'rsatkichlar o'zgaruvchan va o'zgarmas bazali ko'rsatkichlarga bo'linadi. Ularni bazisli va zanjirsimon ko'rsatkichlar ham deb atashadi. Bazisli deyilishiga sabab qatorning barcha hadlari baza deb qabul qilingan bitta had bilan taqqoslanadi. Zanjirsimonda esa har bir taqqoslashda taqqoslash bazasi o'zgarib boradi.
Dinamika qatorlaridagi mavjud tendentsiyalarni aniqlash va baholash statistikaning muhim vazifalaridan biridir. Asosiy tendentsiyalarni o'rganish jarayonida o'zaro bog'langan ikkita vazifa hal etiladi: l)o'rganilayotgan hodisada trendning mavjudligi; 2)aniqlangan trendni statistik o'lchash.
Dinamika qatorlaridagi trendning mavjudligini aniqlash bir qancha mezonlar bilan amalga oshiriladi.
Bizga ma'lumki, ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va ayniqsa ularni iste'moli mavsumga bog'liq.
Masalan, go'sht va go'sht mahsulotlari iste'moli qish oylarida ancha yuqori, issiqlik energiyasi sarfi yoz oylarida qishga nisbatan ancha kam, qishloq xo'jalik mahsulotlarining iste'moli va ayniqsa ularni qayta ishlash masalalari ham mavsumiy xarakterga ega, dehqon bozoridagi mahsulotlarga bo'lgan narxlarni olib qarang, ayrim oylarda ularning narxi mavsum oylarga nisbatan 6-8 barobar (undan ham ortiq bo'lishi mumkin) yuqori.
Mavsumiylik nega o'rganiladi? Bu muammoni o'rganish juda katta ahamiyatga ega. Birinchidan, ishlab chiqaruvchilar biznes-rejani tuzayotganda shu korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotga talabning eng yuqori darajasi qaysi oylarga to'g'ri kelishini bilishadi; ikkinchidan, tadbirkorlar qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid qilishga va ularni qish oylarida saqlashga tayyorgarlik ko'radilar; uchinchidan makroiqtisodiy darajada rejalar tuzilayotganda (ayniqsa, investitsiya masalalari bo'yicha) tarmoqlarni rivojlanish istiqbollariga e'tibor beriladi; to'rtinchidan, eng asosiysi, etishtirilgan mahsulotni (qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'proq nazarda tutayapmiz) iste'molchilarga etkazib berishda tabiiy va notabiiy yo'qotishlar kamaytiriladi (ayrim olimlarning hisob-kitobiga qaraganda daladan dasturxongacha bo'lgan masofada 35-40% mahsulot yo'qotilar ekan).
Demak, yuqorida keltirilgan dalillarga binoan dinamika qatorlarini tahlil qilishda mavsumiylikni o'rganish va o'lchash eng muhim vazifalardan biri ekan.
Mavsumiylikni o'rganish va o'lchash uchun yaratilgan statistik metodlarning ayrimlarini ko'rib chiqamiz.
1. Mavsumiylik indeksi. Umumiy ko'rinishda bu indeks dinamika qatorining boshlang'ich ma'lumotlari (empirik) asosida hisoblangan hadlarni (Ui) nazariy hadga (y) nisbati bilan aniqlanadi:
Bir yilning oylari bo'yicha hisoblangan bu indeks, tebranishlar qonuniyatini aniqlashda juda ham past ishonchli, chunki tasodifiy omillar ta'siri yuqori bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham statistikada, odatda, uch yillik ma'lumotlar asosida bu indeksni hisoblashadi.
Download 19.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling