Bia-97-2 guruh talabasi Sirojiddinov Odil ning Bank huquqi fanidan oraliq nazorat ishi Savollar


Iste’mol kreditining huquqiy asoslari


Download 86.91 Kb.
bet2/3
Sana29.12.2022
Hajmi86.91 Kb.
#1072392
1   2   3
Bog'liq
topshiriq

Iste’mol kreditining huquqiy asoslari- isteʼmol ehtiyojlarini qondirish uchun qaytarishlik sharti bilan aholiga beriladigan pul mablagʻlari yoki tovarlardan iborat kredit bo‘lib, odatda, aholining qimmatbaho tovarlarni harid etishi uchun ajratiladi. Uzoq foydalanadigan tovarlar (avtomashina, uy, dala-hovli, yaxta va h. k.) borki, ularni harid etish uchun joriy daromadlar yetishmay qoladi, ularni narxi yuqori boʻlganidan nasiyaga olish zarurati paydo boʻladi. Istemol krediti bevosita (bunda tovar egasi uni haridorga oʻz nomidan nasiyaga sotadi va haridorni oʻzining qarzdoriga aylantiradi) va bilvosita (bunda kreditni bank beradi, yaʼni tovar haqini toʻlab yuboradi va haridor tovar egasidan emas, balki bankdan qarz boʻlib qoladi) kredit berish orqali amalga oshiriladi. Istemol krediti berilganda haridor uchun tovar narxi oshadi, chunki u kelajakda kaytariladigan pul tarkibida tovar naqdiga sotiladigan narxdan tashqari qarz uchun foiz ham toʻlaydi. Ammo tovarlarni sotish mushkullashganda va aholining muayyan qatlamini qoʻllab-quvvatlash zarur boʻlganda foizsiz kredit ham ochiladi. Talabalarga oʻqish haqini toʻlash uchun Istemol krediti ochilganda foiz undirilmasligi mumkin. Firma oʻz ishchisi yoki xizmatchisiga tovar olish, oʻqish yoki davolanish uchun arzon yoki foizsiz kredit beradi. Istemol krediti. isteʼmolchini zamonaviy, lekin qimmatbaho tovarlardan bahramand etish, kishilarda kelajakda yaxshi daromad topishga intilish hosil qilish (chunki qarzni to'lash qoʻshimcha daromad talab qiladi) va ichki milliy bozorni kengaytirish hisobiga tovarlar sotuvini oshirib, kapital oborotini tezlashtiradi. Koʻpchilik xorijiy davlatlar, xususan, AQShda aholiga Istemol krediti berish keng rivojlangan. Ularda isteʼmolchilar kundalik ehtiyoj uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, hatto uzoq foydalaniladigan maishiy texnika, shuningdek, avtomobillar va bilan ham nasiyaga olishi mumkin. Mahsulot yoki tovar haqi isteʼmolchining kelgusida ishlagan haqidan undirib olinadi. Istemol krediti hamma yerda emas, balki toʻyingan bozor (daromad topib qarzni toʻlash imkoni bor) yerda amal qiladi. Istemol kreditini naqd pul koʻrinishida berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Isteʼmol kreditini taqdim qilishda Banklar mijozlarga tovar yoki xizmatlarni bankning hamkor-kompaniyalaridan sotib olishni taklif qilishi mumkin. U yerdan xarid qilganda kredit foiz stavkasi pastroq bo'ladi



  1. Download 86.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling