Bibiloterapiya psixologk muloqotga qiynalganlar uchun
Download 0.69 Mb.
|
Bibiloterapiya psixologk muloqotga qiynalganlar uchun
Nemis ekspertlari esa mutolaani yoshlik eliksiri, deb atashmoqda. Ular yosh ulg‘ayganida ham, hatto, ko‘rish qobiliyati pasaya boshlaganida ham kitob o‘qishdan to‘xtamaslikni tavsiya etishmoqda. Muntazam o‘qish odam miyasini rivojlantiradi. CHunki bu tadbir miyada yangi sinapslar – asab to‘qimalari va boshqa hujayralarni o‘zaro bog‘laydigan tolalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa butun organizm faoliyatini yaxshilaydi. Kitobdan olingan taassurotni boshqalar bilan o‘rtoqlashish esa yanada yaxshiroq natija ko‘rsatadi. Xullas, bu kabi tadqiqotlar davom etmoqda. Biz esa qayta-qayta ota-bobolarimiz kitobga bejiz oshno bo‘lmaganini o‘zimizga faxr bilan ta’kidlab qo‘yishimiz mumkin. Zero, qadimda uzun qish kechalari moychiroq yorug‘ida, yoz tunlarida oy shu’lasida davom etgan ommaviy kitobxonlik ajdodlarimizga cheksiz zavq, ko‘tarinkilik baxsh etgani shubhasiz. Bu esa o‘z navbatida, salomatlik garovi ekanligini Abu Ali ibn Sino kabi hakimi hoziqlar o‘z asarlarida aniq-ravshan qilib yozib qoldirishgan.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling