Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Òaqvimlar kitobxonlarni shu yilda yoki yaqin vaqt oralig‘ida


38
nishonlanadigan eng muhim voqealar, sanalar, ular tarixi,
mazmuni, ahamiyati bilan tanishtiradi. Bunday taqvimlar,
asosan, yirik markaziy tashkilotlar tomonidan nashr etiladi.
Masalan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutub-
xonasi respublika kutubxonalari uchun har yili keyingi yilda
nishonlanishi mo‘ljallangan voqealar, sanalar, bayramlar, turli
xil tadbirlarning taqvimini tuzadi. Unda tadbirlarning qisqacha
tarixi sanalar bo‘yicha to‘g‘ri xronologik tartibda beriladi,
ularning mazmuni, shu kun uchun ahamiyati haqida axborot
olish mumkin.
Yo‘l ko‘rsatkichlari (ïóòåâîäèòåëè) muzeylar, ko‘rgazma
zallari, yirik shaharlar, mashhur kishilar hayoti va ijodi bilan
bog‘liq tarixiy joylarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bular mazmun-
mohiyatiga ko‘ra o‘quv adabiyotlariga qo‘shimcha adabiyot sifatida
ahamiyatga ega. Ular ham matnli va ham illustratsiyali bo‘lib,
kitobxonga o‘sha joy yoki tashkilot haqida to‘la ma’lumot berishda
qimmatli manba. Nashrlarni matn tarkibi va tuzilishiga ko‘ra ham
turlarga ajratib o‘rganiladi. Ular kichik nashrlar (ìîíîèçäàíèå),
to‘plamlar, tanlangan asarlar, asarlar to‘plamlari.
Kichik nashrlar tugallangan yaxlit bir asar bo‘lib, eng ko‘p
tarqalgan va ommaviy nashrdir.
Òo‘plamlar bir yo‘nalishdagi, bir tizimdagi, bir muallif
yoki bir necha muallif ijodiga mansub asarlarning yig‘indisi
bo‘lib, ular rasmiy, ilmiy-axborot nashrlari ham bo‘lishi mumkin.
Òo‘plamlarni tayyorlashda uning maqsadi, mavzusi, kitobxonlik
guruhi, janr, tarixiy-xronologik, geografik, milliy xususiyatlar
hisobga olinadi. Ba’zida bir to‘plamni tayyorlash uchun bir yo‘la
bir necha belgiga asoslanish mumkin. Ayniqsa, badiiy asarlarga
oid to‘plamlarda uchratish mumkin. Masalan, „O‘zbek she’riyati
antologiyasi“ janr xususiyatiga ko‘ra, „Istiqlol umidlari“
mualliflarning yoshi va ijod saviyasiga ko‘ra, O‘. Hoshimovning
„Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ ham bir muallif ijodiga oid bo‘lib,
faqat hikmatli so‘zlardan iborat.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling