Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Qomusiy lug‘atlar universal va tarmoq xarakterida bo‘ladi.
„Falsafa“ qomusiy lug‘ati, „Òarixiy atamalarning izohli lug‘ati“,
2001- yil Moskvada nashr etilgan „Ìóçûêàëüíûé ñëîâàðü“
nomli qomusiy lug‘at tarmoq lug‘atidir. Lug‘atlar — biror-bir
tilga oid so‘zlar, so‘z birikmalari, tushunchalar, izohlar,
belgilarning ma’lum bir tartibga keltirilgan ko‘rinishi. Ular
so‘zlarning izohidan yoki tarjimalaridan iborat bo‘ ladi. Shunga
ko‘ra ular ikki yoki uch tillik lug‘atlar, izohli lug‘atlar, ling-
vistik, biografik, taxalluslar lug‘atlari deb ajratiladi. Òarjima (ikki
yoki uch tillik) lug‘atlari kitobxonlarni til o‘rganishga, so‘zlarni
to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatsa, izohli lug‘atlar tanlangan
yo‘nalishda terminlarni, tushunchalarni o‘rgatadi, ularning
mazmunini, tarixiy etimologiyasini ochib berishga yordam beradi.
2000- yil nashr etilgan „Kutubxonashunoslik va bibliografiya
atamalarining izohli lug‘ati“ (tuzuvchilar Z. Nigmatova, Sh. M.
Shamsiyev, E. G‘. Islomov) ham aynan mutaxassisligimizga oid
so‘zlarning alifbo tartibidagi izohlaridan iborat. „Sotsiologiya“
lug‘ati ham faqat sotsiologiya fani sohasida qo‘llaniladigan
tushunchalarning izohini bergan. „Ruscha-o‘zbekcha“, „Ing-
lizcha-ruscha-o‘zbekcha“, „Ruscha-nemischa“, „O‘zbekcha-


37
tojikcha lug‘at“ kabilar so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va til
o‘rganish maqsadiga xizmat qiladi.
Ma’lumotnomalar — (spravochniklar) turli xil ma’lumot-
larni aks ettiradi va mazmuniga, maqsadiga va kitobxonlik
guruhiga ko‘ra ajratiladi. Bilim sohasining turlari bo‘yicha ko‘plab
muammo va masalalarga oid ma’lumotnomalar nashr etiladi.
Biografik xarakterda ham spravochniklar mavjud. Òurli ishchi
mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqarish masalalariga oid, fan
tarmoqlariga oid ma’lumotnomalar ma’lum bir tizimda
joylashtirilgan holda nashr etiladi. Kutubxonachi xodimlar
uchun nashr etilgan „Kutubxona-bibliografik jadval“ ham (avval
ommaviy, bolalar, ilmiy kutubxona xodimlari uchun alohida rus
tilida nashr etilgan edi) maxsus ma’lumotnoma nashr hi-
soblanadi. Keng kitobxonlar ommasi uchun universal mazmunda
yoki amaliy xarakterda ham ma’lumotnomalar nashr etilgan. A.
Kormilitsinning „O‘zbekistonning mashhur kutubxonashunos
va bibliograflari“ nomli biobibliografik xarakterdagi ma’lu-
motnomasi kutubxona xodimlari, talabalar, professor-o‘qi-
tuvchilar uchun tayyorlangan.
1996-yilda Òoshkent davlat sharqshunoslik instituti tomoni-
dan M. Abdusamatovning „O‘zbekiston sharqshunoslari“ nomli
biografik ocherklari to‘plami nashrdan chiqdi. U respublikamiz
sharqshunosligi haqidagi katta ilmiy ishdir. Dastlab Sharq-
shunoslik instituti tarixi haqida ma’lumot berilgan. Kitobning
asosiy qismini tashkil etuvchi biobibliografik ma’lumotlar 4 ta
qismdan iborat. 1- qismida sharq fakultetini bitirib, hozirgi kunda
O‘zFA qoshidagi va qardosh respublikalar akademiyalarida
faoliyat yuritayotgan muxbir a’zolar, akademiklar, respublikada
xizmat ko‘rsatgan fan arboblari ilmiy darajasini olganlar; 2-
qismida respublika davlat va jamoat arboblari hamda diðlomatik
xodimlar; 3- qismida fan doktorlari va professorlar, 4- qismida
fan nomzodlari va dotsentlar haqida ma’lumotlar jamlangan.
Maqolalar alifbo tartibida berilgan. Maqolada olimning hayoti va
faoliyati, ilmiy darajasi, ilmiy unvonlari, xalqaro anju-
manlardagi ishtiroki, davlat mukofotlari, davlat va jamoat
ishlaridagi xizmatlari, oxirgi ish joyi, lavozimi haqida ma’lumot
berilgan. „Olim haqida“ rukni bilan uning hayoti va faoliyati
haqida hujjatlar keltirilgan. Bunday biobibliografik ma’lumotnoma
nashrlar o‘zbek tilida juda kam.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling