Bibliografiya lat p65


BIBLIOGRAFIK QO‘LLANMALAR


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

BIBLIOGRAFIK QO‘LLANMALAR
Mavzuning maqsadi — bosma nashrlarni targ‘ib qilish,
reklama qilish, sotish maqsadida tashkil etiladigan bibliografik
qo‘llanmalar bilan tanishtirish.
Asosiy tushunchalar — nashriyot bibliografik qo‘llanmalari,
kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari.
Nashriyot bibliografik qo‘llanmalari — bir nashriyot tomoni-
dan chiqarilgan yoki kelgusida chiqariladigan bosma nashr-
larning ro‘yxatidan iborat bibliografik qo‘llanmalar.
Kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari — bosma mahsulot-
larni tarqatishga ta’sir etish maqsadida tuzilgan qo‘llanmalar.
Nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashriyotlar
va kitob savdosi tashkilotlari tomonidan mavjud yoki kelgusida
nashr etiladigan bosma mahsulotlar marketingini va savdosini
tashkil etish maqsadida tuziladi. Bu bibliografik qo‘llanmalar
qog‘oz va elektron shaklda tayyorlanadi. Nashriyot va kitob
savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashriyot, kitob  do‘konlari,
kutubxonalar, tashkilot va muassasalar, mamlakatimiz kitob
sanoati bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallanadi. Bosma
mahsulotlar haqida axborot berilayotganiga ko‘ra ular quyidagicha
turlanadi: perspektiv, kundalik, retrospektiv, nashriyot va kitob
savdosi bibliografik qo‘llanmalari. Ular bir-biridan vazifasi,
mazmuni va boshqa xususiyatlariga ko‘ra ajratiladi va, albatta,
kirish so‘zi yoki so‘zboshi, asosiy qism va mundarija kabi
majburiy elementlarga ega bo‘ladi. Ba’zilarida qo‘shimcha ele-
mentlar — axborot manbalarining ro‘yxati, qisqartmalar
ro‘yxati, yordamchi ko‘rsatkichlar beriladi.
So‘zboshi asosiy qismning mazmuni bilan bog‘liq holda,
ko‘rsatkichning maqsadi, vazifasi, undan foydalanish yo‘llari
haqida tavsiya beradi. Asosiy qism nashrlarning bibliografik
yozuvidan (ba’zida qisqacha annotatsiyasi bilan) va o‘nli klassifi-
katsiya jadvali asosida shifr indeksidan iborat bo‘ladi. Yordamchi
sarlavhalarga yoki muallifga oid ma’lumotlar beriladi. Bibliografik
yozuvlar bo‘limlar, ichki bo‘limchalarda mavzular bo‘yicha


119
alifbo yoki boshqa tanlangan prinsið asosida joylashtiriladi.
Bunday qo‘llanmalar kutubxonalar faoliyatida kutubxona
fondini maqsadli to‘ldirishda, bibliografik axborotlarni
tayyorlashda, talablarni bajarishda, kitobxonlarning axborot
madaniyatini tarbiyalashda yordam beradi. Shu yo‘nalishdagi
bibliografik qo‘llanmalar qo‘shni mamlakatlarda keng
qo‘llanilmoqda. Masalan, kitob savdosi va nashriyotchilik ishini
muvofiqlashtirish va takomillashtirish maqsadida Rossiyada
„Mavjud va bosmaxonadagi kitoblar“ („Êíèãè â íàëè÷èè è
ïå÷àòè“) milliy axborot tizimi yaratilgan. Ular:
— Rossiyada kitob bozorining ahvoli haqida muntazam va
tezkorlik bilan axborot berib borish;
— noshir va kitob tarqatuvchilar orqali kitobga tushayotgan
talab va ehtiyojni o‘rganish va qondirishni nazorat qilib borish;
— ko‘p so‘ralayotgan kitoblarni nashr qilish texnologiyasini
muntazam qo‘llash maqsadida savdo va noshirlar orasidagi o‘zaro
munosabatni yo‘lga qo‘yib borish;
— kutubxonalar, nashriyotlar, kitob savdosi, kitob tarqatuv-
chilarning belgilangan klassifikatsiya, tiðologiya va formatlardan
bir xilda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish;
— kitob savdosi tashkilotlari va kutubxonalarning yangi nashr
etilayotgan adabiyotlar, kitob bozorining ahvoli haqida oldindan
va o‘z vaqtida bibliografik axborot olishlari uchun bosmaxonada
yuzaga chiqish oldida turgan nashrlar haqida, nashrdan chiqishi
rejalashtirilayotgan adabiyotlar haqida axborot katalogida o‘z vaqtida
va to‘la ma’lumot berib borish vazifalarini bajaradi.
Yil davomida katalog tizimida Rossiyadagi va boshqa qo‘shni
mamlakatlardagi (Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston va boshqa)
2000 dan ortiq nashriyot mahsulotlari haqida axborot berib
turiladi.
Ma’lumotlar nashriyotlardan shu yilning 31- dekabrigacha
olinadi va, albatta, elektron disklarda, yagona nomdagi avtomat-
lashtirilgan ma’lumotlar bazasi ko‘rinishida amalga oshiriladi va
muntazam nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari tomonidan
yangilanib, to‘ldirib turiladi. Katalog bir yilda 2 marta bosma
ko‘rinishda nashr etiladi, agar shoshilinch kerak bo‘lsa, bir
yilda 6 marta elektron shaklda — disketlarda yoki elektron pochta
orqali olishlari mumkin. Katalog bir necha bo‘limlardan iborat
va har biriga yordamchi ma’lumot apparati berilgan. Mavjud
bo‘lgan va bosmaxonadagi kitoblar bo‘limida savdoda mavjud


120
adabiyotlar, ularning bahosi, kitob tarqatuvchi tashkilot haqida
ma’lumotlar, chiqarish uchun tayyorlanayotgan kitoblar haqida
ma’lumotlar berilib, unga ismlar, nashr turlari, nashriyotlar
ko‘rsatkichi ilova qilingan.
Nashrga tayyorlanayotgan kitoblar bo‘limida qaysidir aniq
bir yilda nashr qilish rejalashtirilayotgan kitoblar haqida
ma’lumotlar beriladi, mualliflar, nashr tiðlari, nashriyotlar
ko‘rsatkichi ilova qilinadi. Nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari
bo‘limida alifbo tartibida ular haqida ma’lumotlar: manzili, tele-
fon faks raqamlari, elektron pochta manzili berilgan. Bibliografik
yozuvda muallifi, sarlavha, nashriyot, nashr yili, hajmi, mu-
qovasi, adadi, kitob tarqatuvchi tashkilot, qisqa annotatsiya,
kitobning xalqaro standart raqami beriladi.
Mavjud va bosmaxonadagi xorijiy adabiyotlar bo‘limida aniq
bir nashriyotning bosma, elektron hujjatlari haqida ma’lumot
berilgan, mavzuli bo‘limlar ajratilgan, nashr turlari ko‘rsatilgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling