Bibliografiya lat p65


Òavsiya bibliografik qo‘llanmalar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Òavsiya bibliografik qo‘llanmalar
Òavsiya bibliografik qo‘llanmalar aniq kitobxonlar guruhiga
mo‘ljallangan bo‘lib, tanlangan mavzu va sifat mezoniga ko‘ra
ajratilgan hujjatlarni aks ettiradi. Òavsiya qo‘llanmalari turli xil
kitobxonlarning ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Ularning
maqsadi bir-biri bilan bog‘liq axborot berish, ma’naviy va tarbi-
yaviy bilim berishdan iborat. Davrning xususiyatiga ko‘ra ulardan
biri birinchi o‘ringa chiqadi. Òavsiya ko‘rsatkichi o‘qishga rahbarlik
qilish vositasi sifatida qo‘llanilgan paytda birinchi o‘ringa
tarbiyaviy vazifasi chiqqan edi. 1990- yillarda ularning axborot
berish, bilim berish, ma’rifiy va tarbiyaviy vazifasi birlashib
keldi, shuning uchun ular faqat keng kitobxonlar ommasiga


117
emas, talabalarga, maktab o‘quvchilariga ham mo‘ljallana
boshlangan. Òarbiyaviy ahamiyati shunda ko‘rinadiki, ular
kitobxonda o‘qish madaniyatini tarbiyalash va takomillashtirishga
ta’sir etadi, keng ma’noda olib qarasak, kitobxonning ma’naviy,
siyosiy, iqtisodiy, ekologik, badiiy va jismoniy, madaniy dunyo-
qarashini kengaytiradi. Axborot olami kengaygan va iste’mol-
chilarning axborotga bo‘lgan ehtiyoji o‘sgan hozirgi paytda uning
axborot berish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi, bunga jamiyat-
ning tobora axborotlashib borishi, ommaviy axborot vosita-
larining kengayib, ko‘proq o‘rin egallashi, iste’molchilar bo‘sh
vaqtining qisqarib borishi ham ta’sir etadi. Keyingi yillardagi
tavsiya ko‘rsatkichlari o‘zining sermazmunligi va yangilikka
boyligi bilan ajralib turadi. Endilikda tuzuvchilar titul varag‘i
orqasida emas, muqovada muallif o‘rnida berila boshlandi. Bu
tuzuvchilar mas’uliyatini oshiradi.
XX asrda uzoq yillar davomida tavsiya bibliografiyasining
nazariyasi va metodikasi ishlab chiqildi, amaliyotga keng tatbiq
etildi. Òavsiya bibliografik qo‘llanmalarda hujjatlarning bibliografik
tavsifi bilan birga annotatsiya ham beriladi. Bibliografik yozuvlar
monografik yoki analitik bo‘ladi. E’tibor hujjat mazmunini qisqa,
lo‘nda va tushunarli uslubda yoritishga qaratiladi. Mazmuniga ko‘ra
quyidagi turlarda tavsiya qo‘llanmalari tayyorlanadi va tarqatiladi:
— ko‘ptarmoqli;
— tarmoqli;
— mavzuli;
— shaxsga oid;
— mamlakatshunoslik;
— o‘lkashunoslik va h. k.
Hozirgi kunda bu bibliografik qo‘llanmalarning mashinada
o‘qiladigan shakllarini yaratish muammosi hal etilmoqda. Milliy
kitob palatasi matbuot solnomasining elektron shaklini tayyorlab,
bosma shakli bilan birgalikda tarqatmoqda.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling