Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Savol va topshiriqlar
1. Bibliografik qo‘llanmalarni tuzish qoidasini ayting.
2. Matbuot asarini o‘rganishdan maqsad nima?
3. Matbuot asarining elementlarini aytib bering.
4. Bibliografik qo‘llanmaning tuzilishi qanday bo‘ladi?
5. Bibliografik qo‘llanmani tayyorlash jarayonlari nimalardan iborat?
6. O‘lkashunoslik kartotekalari haqida ma’lumot bering.
7. Kartotekalarning yana qanday turlarini bilasiz?
8. Umumiy va Bosh axborot kartotekasi haqida gapiring.
XV BOB. ÒAVSIYA KO‘RSATKICHLARINING KICHIK
SHAKLLARINI TUZISH
Mavzuning maqsadi — talabalarga kutubxonalar faoliyatida
eng ko‘p qo‘llaniladigan tavsiya bibliografik ko‘rsatkichlarini tuzish
qoidasini o‘rgatish, ularning xususiyatlarini tushuntirish.
Asosiy tushunchalar — ro‘yxatlar, o‘qish rejalari, esdaliklar,
bulletenlar.
Òavsiya ro‘yxatlari
Òavsiya xarakteridagi bibliografik qo‘llanmalar barcha tiðdagi
kutubxonalar faoliyatida va barcha kitobxonlar guruhlariga mo‘ljallab
tashkil etiladi. Bular bibliografiyaning kichik shakllari bo‘lib,
mazmunan tez eskiradi, qisqa vaqt ichida tayyorlanadi. Bunday
bibliografik ko‘rsatkichlardan biri tavsiya ro‘yxatlaridir. Bu ro‘y-
xatlarni har qanday kutubxona sharoitida tayyorlash mumkin.
Ular, ko‘pincha, „Yana nimalarni o‘qish kerak?“ „Nimadan
boshlash kerak?“ kabi nomlarda tayyorlanadi. Yana esdaliklar,
individual o‘qish rejalari ham tayyorlanadi. Ularni tuzishga bo‘lgan
asosiy talab kitobxonlar qiziqishini va tayyorgarlik darajasini
hisobga olish, mustaqil bilim olishiga, kasbiy tayyorgarligiga,
ta’lim olish maqsadida o‘qishiga mos kelishi zarur, mavzuning
dolzarbligi, o‘lka hayoti bilan bog‘liqligi ham hisobga olinadi.
Òavsiya ro‘yxatlari zamonning eng muhim mavzulari, Vatan
tarixi, milliy qadriyatlar, boshqa bilim sohalarining muhim
masalalari, mashhur kishilar hayoti va ijodiga oid masalalar
bo‘yicha tuziladi. Mavzuga va kitobxonlar guruhi xususiyatiga
ko‘ra kitoblar, risolalar, maqolalar tanlanadi. Adabiyotlarning
soni ham shunga bog‘liq bo‘ladi. Òavsiya ro‘yxatlari uchun eng
yangi adabiyotlar olinadi. Bibliografik tavsif, albatta, annotatsiya


178
bilan birga beriladi. Adabiyotlar mazmuniga ko‘ra mantiqiy
joylashtiriladi, ichki alifbo tartibi qo‘llaniladi. Avvalo, davlat va
hukumat qarorlari, rasmiy hujjatlar beriladi. Qo‘llanmaga so‘z-
boshi yoki kirish so‘zi, har bir bo‘lim uchun tushuntirish
matni beriladi. Kitobxon mustaqil bilim olish, biror masala yoki
muammoni o‘rganish arafasida bo‘lsa, unga „Nimadan boshlash
kerak?“ tiðidagi tavsiya ro‘yxati beriladi. Bunday ro‘yxatlar o‘zi-
ning hozirjavobligi va dolzarbligi, axborotning qisqaligi va aniqligi
bilan ajralib turadi. Bu tavsiya ro‘yxatlari alohida bir kitobxonga
mo‘ljallangan bo‘ladi va ular „Xatcho‘p-ro‘yxat“ ham deyiladi.
Unda 10 ta nomgacha adabiyot tavsiya etiladi. Ba’zan kitobxonlarda
bir asarga, undagi qahramon yoki voqeaga chuqurroq kirib
borish istagi tug‘iladi. Bunda shu asar atrofida uning mazmunini
yanada kengroq ochib beradigan asarlar tanlanadi.
O‘qish rejalari
Kitobxon mustaqil bilim olish, o‘zining umummadaniy bilim
saviyasini oshirish, kasb malakasini takomillashtirish maqsadida
kutubxonaga kelganda unga ma’lum izchillikda, ketma-ketlikda
rejali o‘qishni tashkil etish uchun o‘qish rejalari tuzib beriladi.
Avvalo, kitobxon bilan yakkama-yakka suhbat davomida uning
maqsadi, qiziqishi, nimalar o‘qigani bilib olinadi, ma’lum bir
davrga adabiyotlar ro‘yxati tuziladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling