Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish
Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi
Download 468.72 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.
Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo'linadi:
1) sof ilmiy uslub ; 2) ilmiy-ommabop uslub; Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilarga nisbatangina qo'llaniladi. Shuning uchun bu uslubda fanning ma'lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi. Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma'lum fan sohasiga doir atamalar qo’llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun izohlanadi. Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish , turli xil formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo'ladi. TIL VA TERMINOLOGIYA Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi. Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik , ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,- deydi. R.Doniyorov bu fikrga e`tirozan, “Bunday qat`iy da’vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim “olim”larning qarashlari davomidir desak , xatoga yo‘l qo‘ymasmiz” deya munosabat bildiradi. H.Jamolxonov terminga munosabatda bo‘lar ekan quyidagicha yozadi: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi ”. Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Terminalogiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya , omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, Terminalogiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling