Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish
Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn: Matn terminiga ta’rif
Download 468.72 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.
Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn: Matn terminiga ta’rif,
matn va uning turlari, mikromatn va makromatn, matn, matn turlari, hajm, tip. Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning o’zi yo’q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o’zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo’nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki хususiyatlar bilan хarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.”1 Biz ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-хususiyatlariga to’хtalishini maqsadga muvofiq deb bildik. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaхassislar o’rtasida yagona fikr yo’q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ikki хil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaхlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun хos bo’lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo’lishini alohida qayd etadi.2 Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk o’laroq batafsil o’rganganlardan biri I.R.Galperin “matnning ontologik va funktsional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir. 3 Ammo matnning yozma yoki og’zakiligi uning ontologiyasi va funktsiyasiga nechog’lik bog’liq yoki bog’liq emasligi muallif tomonidan aniq-tiniq ko’rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan chegaralanadigan bo’lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi o’rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan. Matn tiplarini ajratish, belgilash masalasi ham matn lingvistikasining markaziy muammolaridan hisoblanadi. Quyida buni alohida ko’rib chiqamiz. Matn hajm va mazmun belgisiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1.Hajm belgisiga ko’ra matn tiplari. 2.Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn tiplari. Download 468.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling