Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish
Download 468.72 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- FRAZEOLOGIYA
- Frazeologiya turlari
- LEKSIKORAFIYA
- Eski o‘zbek tili terminologiyasining ichki imkoniyatlar va o‘zlashmalar
O`zlashgan qatlam
Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibiga tarixiy sabablarga ko`ra boshqa tillardan ko`plab so`zlar kirib kelgan. O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlar o`zlashgan so`zlar (olinma so`zlar) deb yuritiladi. O`zlashgan so`zlar uyg`ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid.O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlarni quyidagi qatlamlarga bo`lish mumkin: FRAZEOLOGIYA Frazeologiya Nutqda ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro ma’no va grammatik jihatdan bog`lanishidan tuzilgan birikmalar qo`llaniladi.Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo`ladi. Ular bir-biridan o`ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Frazeologiya turlari Tilda ikki yoki undan ortiq so`zdan tarkib topib , ko`chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so`zga teng keladigan turg`un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi. Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin: Ishtahasi ochildi. Dili siyoh bo`ldi. Iboralarning barchasi ko`chma ma’no ifodalaydi va ularda emotsionallik so`zga nisbatan kuchli bo`ladi. SHuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va ta’sirchanligini oshiradi. LEKSIKORAFIYA Leksikografiya Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi leksikografiya deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug`ati yaratilgan. Terminlarning yasalish usullari Termin yasalishida morfologik, sintaktik hamda semantik usullar o‘ta mahsuldor va faol bo‘lib, bularning ko‘magida terminologik tarkib muttasil boyib, taraqqiy etmoqda. O‘zbek tili terminlarining aksariyatini motivlangan, ya’ni so‘zterminlar (qo‘shimchalar bilan yasalgan), termin-qo‘shma so‘zlar,termin-birikmalar hamda semantik (asosan metaforik) ko‘chim asosida hosil qilingan terminlar tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda terminlarning salmoqli qismi motivlanmagan , ya’ni o‘zbek tilining o‘z sodda so‘zlari, o‘zlashmalar, termin-kalkalar va antrponimlardan metonimik ko‘chim vositasida voqelangan. So‘z turkumlari nuqtayi nazaridan o‘zbek tili terminologiyasi asosan ot, sifat, ravish va fe’l so‘z turkumlariga oid so‘zlardan iborat. Shakshubhasiz, ot-terminlar o‘zbek terminlogiyasining poydevorini tashkil etadi. Ayni paytda, sifat turkumiga dahldor so‘zlarning terminologik leksika tarkibi taraqqiyotidagi o‘rni salmoqli ekanligini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Fe’l-terminlar ham o‘zbek terminologiyasining sezilarli ulushi sanaladi. O‘zbek tilida morfologik usul bilan termin yasalishi umumadabiy til leksik birliklarini hosil qiluvchi ayni so‘z yasovchi qo‘shimchalar hamda so‘z yasovchi qolip (model)lar yordamida amalga oshiriladi. Affiksal termin yasalishi umumadabiy so‘zlarning hosil qilinishi singari juda qadimdan yetakchi va sermahsul usul hisoblanadi. O‘z vaqtida Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Ibn Muhanna lug‘atlarida, XIII-XIV asrlarda turkiy til grammatikasiga doir arab tilida yaratilgan risolalarda, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘zbek (turkiy) tili so‘z yasalishi vositalari va yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan edi. Hozirgi paytda o‘zbek tili so‘z yasalishi masalasiga tegishli ilmiy adabiyotlarda so‘z yasovchi affikslarining to‘la tarkibi ma’lum darajada tartibga solingan. 11. Eski o‘zbek tili terminologiyasining ichki imkoniyatlar va o‘zlashmalar Download 468.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling