Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish
Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlash
Download 468.72 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.
Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlash.
Himoya nutqi Ilmiy tadqiq, jumladan, lingvistik ilmiy tadqiq, voqelikdagi biror narsa- hodisa haqida uning bevosita kuzatishda berilgan, hissiy ( fahmiy) usul bilan qabul qilinadigan xususiyliklarini ( voqelanishlarini) kuzatish asosida narsa- hodisaning mavjudlik, yashash va rivojlanish qonuniyatlari haqida idrokiy usul bilan umumlashma hosil qilish jarayoni bo'lib, u ijtimoiy, sof insoniy, aqliy faoliyatdir. Shuning uchun ilmiy tadqiq, bir tomondan, obyektiv, ya'ni tadqiqotchidan tashqarida turgan, unga bog`liq bo`lmagan haqqonly ( real) borliq bilan, ikkinchi tomondan esa, shu borliqning shaxs ( subyekt, tadqiqotchi) ongida in`ikosi, uning tafakkuri, dunyoqarashi, ichki olami, saviyasi v.b. shaxsiy xislatlari bilan bog'liq bo'lgan subyektivlikka aloqador murakkab jarayondir. Uning shaxs bilan, subyektivlik bilan bog'liqligi Sharq- u G'arbda mashhur Juda qadimgi" hamma qaraydi, lekin hamma ham ko'rolmaydi" matalida o'z aksini topgan, zeroki," ko'ra olish" maxsus tayyorgarlikka ega bo`lgan, o'ziga xos tadqiq qurollari bilan ( metodologiya bilan) qurollangan, ulardan foydalanish ko`nikmalariga ega bo`lgan n) qurollangan, ulardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lgan shaxslarga, mutaxassislarga xosdir. Qarash esa tabily ( bollogik) qobiliyat bo`lib, har qanday ko'zi bor mavjudot uchun xos harakatdir Ilmiy tadqiqning muhim tarkibiy qismlaridan biri tadqiq manbayi ( o`rganish obyekti) dir. Tadqiq manbayi deganda voqelikda mavjud bo`lgan, o`rganilishi kerak bo'lgan narsa- hodisa, ularning orasidagi munosabat- aloqalar, qonuniyatlaming xilma- xil ko`rinishlarda, shakl va turlarda yuzaga chiqishi tushuniladi. Nimada biror narsa- hodisani tavsiflash, aniqlash, sharhlash, ochish maqsad qilib qo`yilgan bo'lsa, o'shа narsa ilmiy tadqiq manbayidir. Tilshunoslik fanining tadqiq manbayi inson tili, fikrini shakllantirish va uni ifodalashning eng asosiy vositasidir. Tilning tilshunoslik fanining asosiy tadqiq manbayi ekanligi muammosi A. С. Чикобавaning" Проблема языка как предмета языкознания ( На материале зарубежного языкознания) Москва.: Учпедгиз. 1969. 179 стр" o'quv qo'llanmasida butun murakkabligida qo`yilgan." Umumiy tilshunoslik kursidan sizga ma'lumki, til Juda serqirra, ko`p aspektli ijtimoiy- ruhiy- fiziologik hodisa va jarayondir. Shuning ushun fanimizning butun tarixi davomida tilning alohida- alohida qirralarini o`rganuvchi tilshunoslikning komparativistika, naturalizm, diaxronik ( tarixiy) tilshunoslik, sinxronik ( tavsifiy) tilshunoslik, strukturalizm, statistik lingvistika, psiХОlingvistika, sotsiolingvistika, areal lingvistika, lingvistik tipologiya, amaliy tilshunoslik kabi oqim ( maktab, yo`nalish) lari, tilning turli sath birliklarini o'rganishga ixtisoslashgan fonetika, fonologiya, leksikologiya, leksikografiya, grammatika, morfemika, so`z yasalishi ( derivatsiya), uslubiyat ( stilistika), semantika v. h. kabi bo`limlari yonma- yon yashab kelmoqda. Oqim- yo'nalishlar yaxlitlik sifatida olingan serqirra tilning ayrim- ayrim qirralarini alohida olib chuqurroq o`rganishga xizmat qilsa, tilshunoslik bo'limlari tilning turli xildagi ( katta- kichiklikdagi) birliklarini o`rganishga ixtisoslashgandir. Tilshunoslikning barchа oqim va yo'nalishlari fanimizning asosiy tadqiq manbayi- til haqidagi bilimlarimizni ( ayrim hollarda ayni bir narsa haqida bir yo'nalishning hukmi ikkinshi oqim xulosasini inkor etsa- da) muttasil to'ldirib boradi. Shuning ushun lingvistik ilmiy tadqiqotlarda tadqiq manbayi va tadqiq predmeti farqlanadi. Download 468.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling