Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish


Download 468.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana13.11.2023
Hajmi468.72 Kb.
#1769473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.

Himoya nutqi bu - himoyaning mustaqil va muhim vositasi bolib uning yordamida ish 
bo‘yicha haqiqiy holatlari chuqur analiz qilinadi, sudlanuvchining shaxshi baholanadi va 
bu asoslarda ish boyicha xulosa qilinadi. Himoya nutqida aniq jinoyat ishining ijtimoiy-
siyosiy ahamiyati tavsiflanadi ayblov asosiga qo’yilgan dalillar tahlil, sodir etilgan 
qilmish huquqiy tahlil va kvalifikatsiya qilinadi, sudlanuvchining shaxsi tavsiflanadi, 
shuningdek jazoga oid masalar ko’rib chiqiladi va hokazo. Himoya nutqini tuzishda 
himoyachi protsessiual va moddiy qonun talablaridan ish holatlaridagi dalillarning tahlili 
va baholanishi ichki ishonchiga asoslanadi. Himoyachi jinoyat protsessida ishtirok etar 
ekan u muhim davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy funksiyani bajarayotganligini 
unutmasligi kerak. Sodir etilgan qilmishni prinspial jihatdan baholash va ayni paytda 
sudlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini effektiv himoya qilish uchun u juda 
yaxshi ham siyosiy ham huquqiy tayyorgarlik ko’rishi kerak. Nutqning boshlang’ich 
qismi muhim ahamiyat kasb etib himoya davolarini rivojlantirishga asoslantirishga zamin 
yaratadi. Chunki bunda jinoyat xodisasi va mazmuni, ishning ijtimoiy siyosiy ahamiyati, 
dalillarning o’ziga xosligi ayblovning asosiy faktlari va va hokazolarni bayon etadi. 
Himoya nutqining boshlang’ich qismini to’g’ri tanlab himoyachi ish bo’yicha 
tekshirilgan dalillarni himoya nuqtai nazaridan tahlil qilinadigan qism, ya’ni nutqning 
markaziy qismiga o’z etiborini qaratib dalillarni tahlil qilish asosida o’z himoyasi 


ostidagi shaxsning aybsizligi yoki ayblilik darajasini asoslantiradi jinoyatni kvalifikatsiya 
qilish va tayinlanishi mumkin bo’lgan jazo choralari haqida o’z fikrini bildiradi. Himoya 
nutqi mazmunan va shaklan bir xil bo’lishi, bir xil pozitsiyaga ega bo’lib, himoya 
tezislarini ketma- ketlik asosida rivojlantirishi lozim20 . Himoya nutqidagi har bir savol, 
muammo, ish bo’yicha kompleks tadqiq etilayotgan masala bo’yicha joylashishi lozim. 
Bizningcha ikkinchi darajali holatlar ishning asosiy mazmun mohiyatiga xalaqit (tasir) 
qilmasligi kerak. Himoya nutqini yuzishda himoyachi qonuniy va mantiqiy qoidalarga 
asoslanishi, faktlarni, o’z etirozlarini mantiqiy nuqtai nazaridan bildirishi, ishonchli 
harakat qilishi kerak. Mantiq qonun-qoidalariga rioya etilib tuzilgan nutq o’zida ketma-
ketlik, asoslantirilganlik, qarama qarshiliklarning yo’qligi, muayyan holatlarning 
spetsifik bog’liqligi va himoya faktlarining ishonchliligini aks ettiradi. Bundan tashqari
himoya nutqini tuzishda himoyachi o’z himoyasi ostidagi shaxsning pozitsiyasi (nuqtai 
nazari) bilan nutq o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi kerak. Chunki amaliyotda 
ba’zi sudlanuvchilar aybiga iqror bo’lishi, aybni to’liq yoki qisman tan olmasligi 
mumkin. Bunday holatlarga etibor bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi. Himoyachi 
nutqining samaradorligi dastlab, uning asosiga qo’yilgan dalillarning qanchalik 
ishonchliliga bog’liqdir. Jinoyat protsessida dalillar nazariyasi va isbotlash amaliyoti 
muammolarini chuqur tahlil etmay, shuni ta’kidlab o’tish lozimki, himoya nutqida ish 
bo’yicha to’plangan har qanday dalillar va ularning manbaalarini tahlil qilish imkoniyati 
mavjuddir. Aynan shu maqsadda ham nutq tezislangan bo’lishi lozim. Himoya nutqini 
tuzishda himoyachi dalillarni tahlil etar ekan quyidagilarga asosiy e’tiborini qaratishi 
lozim: - sudlanuvchi xatti-harakatlarini to’g’ri baholash(aniqlashi); - jinoyat 
ishtirokchilarini aniqlashi; - ayb shaklini aniqlashi; - javobgarlikni istisno etuvchi yoki 
еngillashtiruvchi holatlarni aniqlashi; - umuman ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan-
etilmaganligini aniqlashi; - agar u yoki bu qilmish muayyan sudlanuvchi tomonidan sodir 
etilgan bo’lsa ushbu qilmishda jinoyat tarkibi bor-yo’qligini aniqlash. Shuni ham 
ta’kidlab o’tish kerakki himoyachi muayyan bir nutqni tuzar ekan va uning asosiga u yoki 
bu dalillarni qo’yib tahlil qilar ekan, har doim ham konkret jinoyat ishidan kelib chiqib 
bu masalalarni hal qiladi. Himoyachining sudlanuvchini oqlash yoki aybini 
еngillashtirish haqidagi xulosasi asoslangan bo’lishi lozim. Chunki, faqat shundagina 
himoyachining ish bo’yicha xulosasi to’g’ri taminlanishi mumkin. Bu еrda, keyinchalik 
himoyachining har qanday taxminlar, fikrnomalar, umumiy va yagona bayonotlar sud 
tomonidan mustahkamlansa, tan olinsa ishonchli bo’lishi mumkin hamda ularning 
yordamida ayblovning har qanday holatlarini inkor etishi va ayblov faktlarining 
ishonchliliga shubha tug’diradigan masalalar ko’tarilishi mumkin. Bundan tashqari, ish 
bo’yicha to’plangan va sudda mazmunan tekshirilgan ishonchli dalillarga suyangan holda 
himoyachi o’z himoyasi ostidagi shaxs xatti-harakatlarining huquqiy kvalifikatsiyasini 
himoya pozitsiyasidan asoslantirib beradi21 . R.R.Shakurovning ta’kidlashicha, advokat 
himoya nutqi orqali sud muzokara ishtirokchilariga ijobiy ta’sir o‘tkaza bilishi, ularda 
ayblovga nisbatan shubha uyg‘ota olishi uchun notiqlik mahoratini puxta egallashi uchun 
doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, jumladan, ochiq sudlarda ishtirok etib, mahoratli 
advokatlarning himoya nutqlarini eshitishi, advokatlar uchun tashkil etilgan turli seminar-
treninglarda faol qatnashishi, ushbu yo‘nalishda muntazam malakasini oshirib borishi 
maqsadga muvofiqdir22 . Shuni ham takidlab o’tish kerakki, jinoyat ishi bo’yicha 
himoya nutqini tuzishda jinoyatning ob’yekti va ob’yektiv tomoni, sub’yekti va 
sub’yektiv tomonini aniqlash juda murakkab masala hisoblanadi. Chunki ular ish 
bo’yicha to’plangan barcha dalillarning kompleks tadqiqi natijasida tahlil qilinadi va 
bular bo’yicha ob’yektiv xulosa chiqarilishi lozim. Jinoyat ishini har tomonlama tekshirib 


chiqish uchun jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul va ish holatlarini tiklash uchun boshqa 
holatlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu o’z navbatida har bir holatni himoya 
nutqining markazida bo’lishini talab qiladi. Himoya nutqida ba’zan jinoyatning ob’yektiv 
tomonlari aniq chegaralar bilan ajratilmaydi va oqibatda bitta jinoiy xatti-harakati uchun 
bir necha jinoyat belgilarini ko’rsatishga urinishib odil sudlovni chalg’itib qo’yadi. Bu 
himoyachining jinoyat ob’yekti haqida aniq tushunchaga ega bo’lmasligidan kelib 
chiqadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mantiq qonun-qoidalariga asoslanib 
tuzilgan himoya nutqi har doim ham ijobiy samarasini beradi 
 
O‘zbek tilining leksik qatlamlari 
Leksika (yun. lexis — soʻzga oid, lugʻaviy) — tildagi barcha soʻzlar va iboralar 
yigʻindisi, tilning lugʻat tarkibi. L. maʼlum qonun-qoidaga boʻysunuvchi izchil va 
murakkab tizimdan iborat. Til L.si toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Bu narsa lugʻat tarkibida 
yangi soʻzlarning paydo boʻlishi, mavjud soʻzlardan 
ayrimlarining eskirib
, isteʼmoldan 
chiqishi, leksik maʼnosini uzgartirib, yangi maʼno kasb etishi kabi jarayonlarda koʻrinadi. 
Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning oʻzgarishi bilan uzviy bogʻlangan holda L. 
boyib boradi. 

Download 468.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling