Bibliografiya shakllantirish mezonlari bilan tanishish


Download 468.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/26
Sana13.11.2023
Hajmi468.72 Kb.
#1769473
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
O\'zbek tili 3 Mustaqil ish.

bo’yi shamol. Qaldirg’ochlar uchun l a r z a k o r (A.Oripov. Shovilladi tun.), Lekin 
faqirga eng ulug’ tuyulgan fazilatlari - Hazrat Mirning i s t ye ‘ d o d sh u n o s l i k l a r i 
- yu, z a k o v a t p a r v a r l i k l a r i edi (P.Qodirov. Yulduzli tunlar), Ammo samo 
o’g’li ya sh i n v o r, Tashlanmasdan ohuga yovqur, Changalidan ketgandi mador, 
Ko’zlarida so’ngan edi nur (O. Matjon. Aks-sado) kabi. 
Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida 
yozuvning xizmati katta ekanligi shubhasiz. O’zbek davlatchiligining shakllanishi hamda 
xalqimizning dunyo fani va madaniyatida, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan 
o’rni, egallagan mavqyei haqida so’z yuritganda bu xalqning necha ming yillar davomida 
foydalanib kelgan oromiy, yunon, karoshta, sug’d, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, 


suriya, hind, urxun (runik), uyg’ur, arab, lotin, rus (kirillisa) yozuvlarini va yana lotin 
yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan
o’zbek 
adabiy tilining shakllanishi
, o’zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan 
yozuv madaniyatining takomili hamdir. 
Til tadqiqotchilarining tasdiqlashicha, davlatchilik darajasida, ya’ni rasmiy muomalada 
tildan foydalanish uning me’yorlashuvini, binobarin, adabiy tilning shakllanuvini 
tezlashtirgan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, qayerda davlatchilik taraqqiy 
etgan, mustahkamlangan va bu davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatlari yaxshi 
yo’lga qo’yilgan va rivojlangan bo’lsa, shu yerda tilning me’yorlashuvi va 
madaniylashuvi ham tezroq amalga oshgan. 
Darhaqiqat, davlat olib borgan ijtimoiy siyosatning til rivoji va me’yorlashuviga ta’siri 
sezilarli bo’lishi mumkin. Buni sobiq Ittifoq hududida yashovchi xalqlar tillariga bo’lgan 
munosabatdan ham anglasak bo’ladi. «Rus tili – ikkinchi ona tilimiz» degan sun’iy shior 
bir asrga yaqin vaqt mobaynida asta-sekinlik bilan tilimizga rus yoki u orqali boshqa 
tillardan so’z qabul qilish va ularning me’yorlashib borishini ta’minladi. Biz hyech 
ikkilanmasdan, xuddi shunday bo’lishi kerakdek, absolyut, avangard, avantyura, 
avariya, avtobiografiya, avtonom, avtor, agitator, agressiv, agressor, aktiv, aktual, 
alfavit, alyans, amnistiya, anonim, arbitr, aristokrat, aristokratiya, arsenal, arxaik, 
ataka, attestat, auditoriya, aforizm singari so’zlarni qo’llayverdik va shunday qo’llashga 
ko’nikdik. Ularning tilimizda muqobillari yo’qmikan deb o’ylab ko’rmadik. 
To’g’risi, 
bunga imkon ham
, umumiy oqimdan chetga chiqishning iloji ham yo’q edi. 
Loqaydligimiz esa bunga ko’maklashdi. 
Rus tilining tazyiqi kuchayib borgan sari, asta-sekinlik bilan, o’zimiz sezmagan holda o’z 
so’zlarimiz va ifoda usullarimizdan voz kecha boshladik. O’nta sigir, o’nta qo’y deyish 
mumkin bo’lgani holda o’n bosh qo’y, o’n bosh sigir, o’n bosh qoramol deb ishlata 
boshladik. Bu ruscha matnlardagi «desyat golov oves», «desyat golov korova» degan 
birikmalarning aynan tarjimasi edi. Shu darajaga borib yetdikki, tilimizdagi oddiy sovliq, 
qora mol, uloq so’zlarini unuta boshladik. Ularni rus tilidan kalkalab, ona qo’y 
(ovsematok), ona tovuq, ona cho’chqa, ona quyon, ona biya, yirik shoxli qoramol 
(krupnыy rogatыy skot), mayda shoxli mol (melkiy rogatыy skot) tarzida ishlatishdan 
tortinmadik. Achinarlisi shu bo’ldiki, oddiy o’zbek chorvadorlarimizning, cho’ponu 
molboqarlarimizning o’zlari ham gazeta yoki radiodan muxbir kelib suhbatlashganda 
shunday deb gapiradigan bo’ldilar. 
O’zbek tiliga chetdan kirib kelgan birliklarning me’yorlashish sabablarini shu tarzda 
anglaydigan bo’lsak, uning lug’at tarkibidagi grekcha- yunoncha, mo’g’ulcha, ayniqsa, 
arabcha so’zlarining paydo bo’lish omillarini ham to’g’ri tushunamiz. Xayriyatki, 
mustaqilligimizni qo’lga kiritib, biz bu kamchiliklardan qutuldik. Hyech bo’lmaganda, 
asta-sekinlik bilan qutulib borayapmiz. Buni yuqorida tanqid qilganimiz chorvachilik 
sohasida atamalar ishlatishdagi o’zgarishlarda ham kuzatamiz. Masalan, Samarqand 
qishloq xo’jalik institutining 70 yilligiga bag’ishlab nashr etilgan «Qishloq xo’jalik 
korxonalari rahbarlari va fermerlar uchun amaliy qo’llanma va tavsiyalar» (Samarqand, 
1999) kitobining «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi» bo’limida 
yuqorida keltirilgan atamalar o’rnida qoramol, sigir, buzoq, tana, g’unajin, buqa, qo’y, 
qo’chqor, sovliq, qo’zi, echki, uloq so’zlari qo’llanganini kuzatamiz
7



Har qanday til me’yorlarini katta ikkita guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo’lib 
o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi: 
Me’yorga nisbatan qo’llaniladigan umumiylik va xususiylik til me’yorlarining faoliyat 
doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashiladigan 
tushunchalardir. Shu ma’noda o’zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig’indisini 
umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy 
me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin. 
Shunday qilib, bir tomondan, o’zbek tiliga tegishli bo’lgan barcha me’yorlar yig’indisini 
umumiy me’yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qo’llanish doirasi 
chegaralanmagan hamda tilning hamma iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy 
uslublar uchun baravar bo’lgan birliklar majmuini anglaymiz. «Umumiy norma 
tushunchasi o’zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko’rinishlari, nutq tiplari va 
uslublari uchun mushtarak bo’lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi»
8

«O’zbek tili leksikologiyasi» kitobida bu kabi keng iste’moldagi so’zlarning barcha so’z 
turkumlarida uchrashi qayd qilib o’tilgan. Masalan otlarda – daryo, suv, osmon, yer, tosh, 
tog’, bog’, daraxt, uy, devor, ko’cha, vodiy, sahro, qum kabi; sifatlarda – oq, qizil, sariq, 
qora, katta, kichik, keng, tor, uzun, qisqa, chiroyli, aqlli, dono, barno kabi; sonlarda –
bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to’qqiz, o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, oltmish, 
yetmish, sakson, to’qson, yuz, ming, million kabi; olmoshlarda – u, bu, shu, ana, mana, 
siz, biz kabi; fe’llarda – bor, kel, ket, yur, tur, o’tir, uxla, yot, ayt, qo’y, o’t kabi; 
ravishlarda – tez, sekin, oz, kam, ko’p kabi; bog’lovchilarda – va, ham, ammo, lekin, 
biroq, goh, yoki, yoinki kabi; yuklamalarda – -u, -ku, -da, -yu kabi; undovlarda – oh, voh, 
voy, dod, uh, ura kabi
9

Keltirilgan so’zlar adabiy tilda ham, tilning noadabiy shakli – umumxalq tili doirasida 
qaraladigan lahja va so’zlashuv nutqida ham qo’llanilaveradi. Bu esa ana shu til 
vositalarini bir tilning umumiy me’yorlari qurshovida qarashga asos bo’ladi. 

Download 468.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling