Kirish O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o'rni
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjima pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻquv fanining maqsadi va vazifasi
Kirish O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o'rni Tarjima va tarjimonlik uzoq asrlardan buyon dunyo xalqlari tarixi va madaniyatida shakllanib kelayotgan ko'hna ijodiy faoliyat sohalaridan biridir. Tarjima xalqlar o'rtasidagi madaniy, ijtimoiy, do'stlik-totuvlik, yaxshi qo'shnichilik aloqalari va munosabatlarini yo'lga qo'yish, mustahkamlash, taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Tarjima orqali umuminsoniy qadriyatlar keng va chuqur ildiz otadi, insoniyatni yangi taraqqiyot pog'onalariga olib chiqadi. Tarjima nazariyasi va tarixi kursini o'rganish o'rganilayotgan xorijiy tilni o'ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunib yetishga, o'rganilayotgan xorijiy tilni o'zbek va rus tillari bilan qiyoslab o'rganishga, tarjima faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini anglashga, tarjimaning xalqaro madaniy aloqalardagi o'rnini ko'rsatib berishga yo'l ochib beradi. Oʻquv fanining maqsadi va vazifasi Tarjima nazariyasi fani tarjimaning keng jonli amaliyoti bilan bog'liq bo'lgan qarashlar, nuqtai nazarlar, kuzatishlar, rang-barang tajribalarni ilmiy tanqidiy o'rganadi, tarjima qoidalari va tamoyillarini, ularning chegaralari, me'yorlarini bayon qiladi. Yevropa va O'zbekistonda tarjimachilikning rivojlanish tarixi, talabalarni tarjima jarayoni va tarjimadagi asosiy muammolar bilan tanishtirish asosiy maqsad qilib qo'yilgan. Bu fanni o'rganishda talabalarning quyidagi natijalarga erishishlari asosiy vazifa qilib qo'yildi. Sosiolingvistik, diskursiv (matnni yoza olish va so'zlasha olish), strategik (bilmaganda o'rnini bosa oladigan vositalarni qo'llashi), sosiomadaniy, ijtimoiy va o'qib anglash kompetensiyalarini, ya'ni layoqatlarini o'stirish asosiy vazifa etib qo'yildi. Fanning vazifalari jumlasiga zamonaviy lingvistik tadqiqotlardagi tarjima nazariyasining o'rni, kommunikasiyaning alohida turi sifatida tarjima bilan bog'liq bo'lgan muammolarni tekshirish, tarjima nazariyasining asosiy kategoriyalarini, tarjimashunoslik muammolarini tadqiq etish materiali va uslublarini ko'rib chiqish kiradi. Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yidagi talablar qo'yiladi. Talaba: – Ilmiy-texnik matnlar tarjimasi nazariyasi bilish shuningdek ingliz tilining leksik, grammatik va stilistik xususiyatlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lishi; – Ilmiy-texnik matnlarining o'ziga xos xususiyatlarini bilishi; – talaba ilmiy-texnik matnlarni lug'atdan foydalangan xolda o'zbek va rus tillariga tarjima qila olishi; – matnlarni taxlil qilish usullarini bilish, matnlarning yozma va og'zaki tarjima ko'nikmalariga ega bo'lish. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling