Bibliografiya


Download 46.33 Kb.
bet2/28
Sana28.12.2022
Hajmi46.33 Kb.
#1013634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2)

Koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan boʻlib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, soʻng kitobxonlarga moʻljallab saralash yoʻlga qoʻyilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va gʻoyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoklar) boʻyicha guruxlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda oʻzlarining tarmoklar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash boʻlib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur boʻlganda adadi, narxi va boshqa haqidagi maʼlumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, oʻrnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari — annotatsiya, referat, guruh axborot (obzor).

Ijtimoiy vazifasiga koʻra, davlat B.si, ilmiy yordamchi B. va tavsiya B.siga; mazmuniga koʻra, umumiy, soha va mavzuli B.ga boʻlinadi. B.ning alohida turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs B.si) va oʻlkashunoslik B.si tashkil etadi. Bu boʻlinish nisbiydir. Nashr shakliga koʻra, bibliografik qoʻllanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar koʻrsatkichlari va adabiyotlar roʻyxati kabilar farqlanadi.

Turkistonda bibliografiya ishi 9

Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar)ning asarlarida saroy kutubxonalari tomonidan oʻz jamgʻarmalarining B. ruyxati va ularni tasnif kilish ishlari olib borilganligi haqida maʼlumotlar bor. Jumladan, Beruniy "Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo arRoziy" ("Muhammad ibn Zakariyo arRoziy kitoblarining roʻyxati") nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid B. tuzadi. Koʻrsatkichda Roziyning 184 asarining roʻyxatini berish bilan birga Beruniyning 1036-yilgacha yozgan 113 asarining roʻyxati ham keltiriladi. B. qoʻllanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn Abdullahab Yoqutning "Ismlar lugʻati va fanlar mazmuni" (12-asr); Xoja Xalifaning "Kitob va fan nomlaridagi shubxaning bartaraf etilishi" (18-asr) va boshqa


Download 46.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling