Big data tahlili


Download 1.27 Mb.
bet26/71
Sana25.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1229835
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
A.X.Ruzmetov Qollanma

Nazorat savollari:

  1. Strukturalangan ma’lumotlarga nimalar kiradi?

  2. Ma’lumot manbalari nechta toifaga boʻlinadi va ular haqida ma’lumot bering?

  3. Inson tomonidan yaratilgan strukturalangan ma’lumotlar qaysilar va ularga izox bering?

  4. Ma’lumotlarning doimiyligi deganda nimani tushinsiz?

  5. Relyatsion model nechanchi yilda kim tomonidan ixtiro qilingan va qaysi kompaniyalarda ishlatilgan?

  6. Relyatsion modelda ma’lumotlar qanday saqlanadi va ular qanday koʻrinishda boʻlishi kerak?

  7. Sun’iy yoʻldosh tasvirlar asosan nimalarni oʻz ichiga olgan?

  8. Katta ma’lumotlarni boshqarishda CMSning roʻli?

  9. Strukturalangan va strukturalanmagan ma’lumotlarni bir-biridan farqu qanday?

  10. Metama’lumot izox bering?



3-BOB

TAQSIMLANGAN HISOBLASH


Ushbu bobda



  • Yillar kesimida taqsimlangan hisoblashga nazar;

  • Taqsimlangan hisoblash elementlar;

  • Apparat va dasturiy ta’minot taraqqiyoti bilan taqsimlangan hisoblashlarni birga qoʻllash.

Taqsimlangan hisoblash yangi texnologiya tushunchasi emas. Bu deyarli 50 yildan beri mavjud. Dastlab, bu texnologiya kompyuter fanlarini tadqiq qilishda hisoblash muammolarini masshtablash va ulkan hisoblash tizimlari xarajatlarisiz murakkab muammolarni hal qilish usuli sifatida ishlatilgan. Taqsimlangan hisoblash uchun eng muvaffaqiyatli dastlabki urinishlardan biri AQSh mudofaasining ilgʻor tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA) tomonidan moliyalashtirilgan loyihadir. Tashkilot tadqiqotlari natijasi birinchi taqsimlangan hisoblash tarmogʻi Internetning rivojlanishi boʻldi. Aytishingiz mumkinki, u inqilobni boshlab berdi, bu tijoratdan tortib sogʻliqni saqlashga, transportga, odamdan odamga va mashinadan mashinaga aloqaga oʻtishga olib keldi. Ushbu bobda biz taqsimlangan hisoblash nima ekanligini va nima uchun bu katta ma’lumotlar uchun asos boʻlganligini tasvirlaymiz.

Taqsimlangan hisoblashning qisqacha tarixi


Xizmatga yoʻnaltirish, bulutli hisoblash, virtualizatsiya va katta ma’lumotlar kabi soʻnggi oʻn yillikdagi barcha muhim tendentsiyalar ortida taqsimlangan hisoblash deb nomlangan poydevor texnologiyasi yotadi. Oddiy qilib aytganda, hisoblashlarni taqsimlamasdan, ushbu oʻshishlarning hech biriga erishishning imkoni boʻlmaydi. Taqsimlangan hisoblash - bu 3.1-rasmda koʻrsatilgandek, alohida kompyuterlarni xuddi bitta muhit kabi goʻyo geografik hududlar boʻylab birlashtirishga imkon beradigan usuldir. Taqsimlangan hisoblashning turli xil qoʻllanishini topish mumkin. Ba’zi topologiyalarda individual hisoblash sub’ektlari bir-birlariga shunchaki xabar yuborishadi. Boshqa holatlarda taqsimlangan hisoblash muhiti xotiradan tortib tarmoqlarga va saqlash joylariga qadar boʻlgan resurslarni almashishi mumkin. Barcha taqsimlangan hisoblash modellari umumiy atributga ega: Ular yuklanishlar yoki jarayonni bajarish uchun birgalikda ishlaydigan tarmoq kompyuterlari guruhidir.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling