Bilan qurollantirishdan iboratdir
Download 67.42 Kb. Pdf ko'rish
|
1.08 Педагогик-компетентлик
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIK KOMPETENTLIK FAN DASTURI Bilim sohasi 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 140000 – Pedagogika Ixtisoslik: 70110501 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlangʻich ta’lim) NUKUS – 2021 Roʻyxatga olindi: № MD-70110501 – 1.08 2021 yil “28” ____08____ 2 Fan, modul kodi PKM2004 Oʻquv yili 2021-2022 Semestr 1 ECTS – Kreditlar 4 Fan/Modul` turi: Majburiy Ta`lim tili qoraqalpoq Xaftadagi dars soatlari 1 Fanning nomi Auditoriya mashg`ulotlari (soat) Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama Pedagogik kompetentlik 60 60 120 I. Fanning mazmuni Fanning asosiy maqsadi: bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini kasbiy kompetentligi va uning ilmiy-nazariy asoslari bilan tanishtirish, fan texnika yutuqlariga asoslangan o`qitish metodlarining eng samarali hisoblangan innovatsion megodlaridan foydalanish, boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish yo`nalishida zaruriy bilim, ko`nikma va malakalarni va kasbiy ahamiyatga ega bo`lgan shaxsiy sifatlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi: talabalarda pedagogik kompetentlik fanining mazmuni, mohiyati, to`zilishi, asosiy tushunchalari, komponentlari haqida bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. II. Asosiy nazariy qism (Ma`ruza mashg`ulotlari) 11.1. Fan tarkibiga qo`yidagi mavzular kiradi. 1-mavzu. Pedagogik kompetentlikning to`zilishi va mohiyati. Pedagogik kompetentlik fanining mazmuni, mohiyati va to`zilishi. Fanning maqsadi, vazifasi va asosiy tushunchalari. 2-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish funktsiyalari Pedagogik kompetentlik fanining rivojlanish bosqichlari. Fanni o`qitishning o`ziga xos hususiyatlari. Pedagogik kompetentlik fanining fanlararo alokadorligi. Pedagogning o`z ustida ishlash bosqichlari. Pedagogning kasbiy kompetentligi. Pedagogik kompetentlikning asosiy komponentlari. 3-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda motivatsiya Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishni motivlashtirish. Motiv haqida umumiy tushuncha. Motivning turlari. SHaxsning rivojlanishiga ta`sir etuvchi motivlar. 4-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy vositalarning nazariy asoslari Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish imkoniyatlari. Pedagogik dasturiy vositalarning mazmuni va mohiyati, to`zilishi. 5-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda fan va ta`limning ijtimoiy- iqtisodiy uygunlashuvi Pedagogik kompetentlik fanini fan sifatida shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy ma`umotlardan foydalanish. Fan va ta`limning ijtimoiy-iqtisodiy uygunligi. 3 6-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish omillari Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishga ta`sir etuvchi omillar. 7-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda ta`lim texnologiyasini tadbigi Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda ta`lim texnologiyalaridan unumli foydalanish. Ta`lim samaradorligi va sifat darajasini oshirish. Ilg`or texnologiyalarni joriy etish. 8-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo`llari Ta`lim vositalari - ta`lim texnologiyasining tarkibini o`rganish, pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyixalashtirish va rejalashtirish, ta`lim vositalari - ta`lim texnologiyasining tarkibini o`rganish. 9-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlarni mustaxkamlash, AKTdan dars jarayonida keng foydalanish, bilim, ko`nikma va malakalarni mustaxkamlash. 10-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o`qitish texnologiyalari Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o`qitish texnologiyalaridan foydalanish. Masofaviy ta`lim tushunchasi, mazmuni va mohiyatini ilmiy asoslash. Faoliyat jarayonida masofaviy ta`lim texnologiyasidan foydalanish va uning amaliy axamiyatini o`rganish. 11-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda innovatsiya Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda innovatsiyalarni ta`lim jarayoniga tadbik etish. Ta`lim jarayonini texnologiyalashtirish. Ta`lim samaradorligiga erishish. 12-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish orqali kasbiy maxoratni oshirish. Kasbiy kompetentlik to`zilmasida loyixalash faoliyatini ahamiyatini ilmiy asoslash. Ilgor tajribalarni o`rganish va amaliyotda kullash. Kognitivlik qobiliyatini rivojlantirish IV. Seminar mashg`ulotlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Fan bo`yicha rejalashtirilgan seminar mashg`ulotlarini bajarish jarayonida nazariy bilimlar mustahkamlanadi. Seminar mashgulotlarida tadbiqlar keng qo`llanilayotgan asosiy usullarni o`rgatishga e`tiborni kuchaytirish lozim. Ma`lum sabablarga ko`ra ma`ruzaga kirmagan va murakkab bo`lgan tushunchalarni seminar mashg`ulotlarida qarab chiqish maqsadga muvofiqdir. Seminar mashgulotlarni o`tkazishda kuyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi: - seminar mashgulotlarining maqsadini aniq belgilab olish; - o`qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo`yicha bilimlarni chukurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish o`yg`otish; - talabada natijani mustaqil ravishda qo`lga kiritish imkoniyatni ta`minlash; - talabani nazariy-metodik jixatdan tayyorlash; - seminar mashgulotlarida nafakat aniq mavzu bo`yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai jamdir. 4 Seminar mashgulotlariga tavsiya etiladigan mavzular: 1. Pedagogik kompetentlikning to`zilishi va mohiyati 2. Pedagogik kompetentiikni shakllantirish va rivojlantirish funktsiyalari 3. Pedagogning o`z ustida ishlash bosqichlari 4. Pedagogik kompetentlikni shakllantiriщ va rivojlantirishda motivatsiya 5. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda ta`lim texnologiyasini tadbigi. b. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyixalashtirish va rejalashtirish yo`llari, ta`lim vositalari - ta`lim texnologiyasining tarkibini o`rganish. 7. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi 8. Pedagogik kompetentlikni shakllantiriщda pedagogik dasturiy vositalarning nazariy asoslari 9. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda fan va ta`limining ijtimoiy-iqtisodiy uyg`unlashuvi 10. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o`qitish texnologiyalari 11. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda integratsiyalashgan ta`lim mazmuni 12. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda innovatsiya 13. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish omillari 14. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishning samaradorligi 15. Pedagogik kompetentlikni shakllantiriщda pedagogik maxoratning o`rni V. Mustaqil ta`lim topshiriqlari bo`yicha tavsiyalar Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Magistr talabaga mustaqil ta`limning mavzulari berilshi, bu mavzular bo`yicha egallanishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko`rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko`riladi, test eki savol-javob o`tkaziladi. Mustaqil ishni tashkil etishda: - unga mo`ljallangan xar bir bo`lim bo`yicha adabiyotlar talaba tomonidan o`rganilishi, - mustaqil ish uchun mo`ljallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini o`zlashtirish, - har bir bo`lim bo`yicha berilgan topshirikdarning mos varianti talaba tomonidan bajarilishi, - PowerPoint, Maple dasturlaridan foydalanib, ularni takdimot ko`rinishida tayyorlab topshirishi talab qilinadi. Jarayon o`qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi. Magistr mustaqil ta`limni tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlarini hisobga olgan xolda kuyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzulari bilan ishlash; Tavsiya etilayotgan mustaqil ta`limning mavzulari 1. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda zamonaviy ta`lim texnologiyasining konseptual asoslari. 2. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishida ta`lim texnologiyasini tadbig`i Z. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo`llari, ta`lim vositalari - ta`lim texnologiyasining tarkibini o`rganish 4. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi 5, Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy vositalarning 5 amaliyotga tadbigg`i 6. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda fan va ta`limining ijtimoiy- iqtisodiy uyg`unlashuvi 7. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda o`qitishning takomillashtirilgan o`quv -metodik ta`minotini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish 8. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o`qitish texnologiyalari 9. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda elektron darsliklar yaratish texnologiyasi. 10. Masofadan o`qitishning dasturi va texnik vositalari 11. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda internet imkoniyatlari. Internetga kirish va unda ishlash. Internet tarmoqlarida axborot makoni elektron pochtalar bilan ishlash 12. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda ta`limning keys texnologiyasiga kirish: keyslarni ishlab chiqish qoidalari 13. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda aniq va tabiiy matematika fanlari doirasida integrallashgan ta`lim mazmuni 14. Internet tarmoqlarida axborot makoni elektron pochtalar bilan ishlashda axborot xavsizligi 15. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda integratsiyalashgan ta`lim mazmuni 16. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda integratsiyalashgan ta`lim mazmuni 17. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda o`qituvchi elektron portfoliosi to`zilmasi va pedagogik texnologiyalar 18. Mul`timedia tizimlari va texnologiyalari 19. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda DTS va o`quv dasturlarini tahlili. 20. Variativ o`quv dasturlar tahlili 21. Pedagoglarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish metodlari 22. Pedagogik jarayonni shaxsga yo`naltirish asosidagi mualliflik texnologiyalari 23. Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda uyinli texnologiyalardan foydalanish 24. Pedagogik jaraenni loyixalash texnologiyasi 25. Ta`lim va tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv. 26. Tarbiya texnologiyalari 27. Pedagogik maxorat va kompetentlikni rivojlantirish jarayonlari 28. Interfaol metodlar va ularning tasnifi 29. Ta`lim jarayonida pedagogning boshqaruv usullari 30. Pedagogning kasbiy kompetentligi va uning komponentlari Ta`lim natijalari: O`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr: - bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini pedagogik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini o`zlashtirishi to`g`risida bilimga; - pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish; - bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari bilan tanishtirish; - bo`lajak o`qituvchilarda yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni madernizatsiyalash uchun zaruriy kasbiy maxoratni shakllantirishi xamda ko`nikmaga; - zamonaviy innovatsion texnologiyalar, yangi pedagogik yo`nalishlar bilan tanishtirishi; pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to`g`ri tashkil etishga tayyorlikni 6 shakllantirish; - - mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o`zini tarbiyalash va o`zining mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish; - pedagogik jaraenni insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etish malakasini shakllantirish; - pedagogik faoliyatda tashabbuskorlik va faollik malakasiga ega bo`lishi kerak. Ta`lim texnologiyalari va metodlari: Ma`ruzalar, Keys materiallari Seminarlar Amaliy mashqlar (tahlillar) Taqdimotlar Individual loyihalar Jamoa bo`lib ishlash Kreditlarni olish uchun magistrlar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni tula o`zlashtirish, taxlil natijalarini to`g`ri aks ettira olish, o`rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriklarni bajarish, yakuniy nazorat bo`yicha yozma ishni topshirish. Asosiy adabiyotlar 1. Micheal Uljens. Sch001 Didacticc and learning: А School Didactis Model 2. Жоҳн Деуей, Ҳоу уе тҳинк (1910) , Мартин, Жай.Тҳе эдусатион оф Жоҳн Деүей (2003) 3. Мавлонова Р.А., Тўраева О.Т., Холиқбердиев К.М. Педагогика. Дарслик. – Т.; Ўқитувчи, 2008-йил 4. Мавлонова Р.А., Вохидова Н.Х., Рахмонкулова Н.Х. Педагогика назарияси ва тарихи. Дарслик Т:. Фан ва технологиялар. 2010-йил 5. Хошимов К., Очилов С. Ўзбек педагогикаси антологияси. Ўқув қўлланма.- Т:. Ўқитувчи, - 2010-йил Qoʻshimcha adabiyotlar Миpзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Реcпубликacи Вазирлар маҳкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисисдаги Ўзбекистон Президенти нутқи. //Халқ сўзи газетаси, 2017. 16 январ, №11. Миpзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб ҳалқимиз билан бирга қурамиз. “Ўзбекистон”, 2017 Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Реcпубликacи Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 йил, 6-сон, 70-модда. Миpзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараққиёти ва ҳалқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”, 2017 Мавлонова Р.А., Абдураҳмонова Д. Педагогик маҳорат (Ўқув қўлланма), - Т.; «Фан ва технология» - 2012 й. Нишонова С., Имомова М., Хасанов Р. Педагогика тарихи (Дарслик), - Т.; «Ўқитувчи» - 1996 й. Очилов М. Муаллим қалб меъмори. Ўқув қўлланма. - Т.; «Ўқитувчи», - 2004 й. Эгамбердиева Н., Ижтимоий педагогика. (Дарслик)- Т.; «Алишер Навоий номидаги ЎзМКН», - 2009 й. Мусурманова О, Палўанова Х., Рискулова К., Курбаниязова З. Педагогик атамалар луғати: ўзбек, рус, инглиз тилларида. – Т. “ТУРОН-ИҚБОЛ”, 2019 Убайдуллаев К., Курбаниязова З., Хабибуллаев Б. Жоқары оқыў орынлары педагог кадрларының кәсиплик компетентлиги ҳәм педагогикалық шеберлигин жетилистириў. 7 (Оқыў-методикалық қолланба), Нөкис, 2018ж. Axborot manbalari https://Ziyonet. Uz www. natilib. uz https://edu.uz https://teori.uz Taqrizchilar: N.M.Nagmetova – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi dotsenti v.v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. N.T.Tosheva - Buxoro davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Turdosh OTM) Download 67.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling