Bilan qurollantirishdan iboratdir


Download 67.42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2024
Hajmi67.42 Kb.
#1829953
Bog'liq
1.08 Педагогик-компетентлик



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIK KOMPETENTLIK 
FAN DASTURI 
Bilim sohasi 
100000 
– Gumanitar 
Ta’lim sohasi: 
140000 
– Pedagogika 
Ixtisoslik: 
70110501 
– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va
metodikasi (Boshlangʻich ta’lim) 
NUKUS – 2021 
Roʻyxatga olindi: 
№ MD-70110501 – 1.08 
2021 yil “28” ____08____ 



Fan, modul kodi 
PKM2004 
Oʻquv yili 
2021-2022 
Semestr 

ECTS – Kreditlar 

Fan/Modul` 
turi: Majburiy 
Ta`lim tili 
qoraqalpoq 
Xaftadagi dars soatlari 

Fanning nomi 
Auditoriya 
mashg`ulotlari 
(soat) 
Mustaqil 
ta’lim 
(soat) 
Jami 
yuklama 
Pedagogik kompetentlik 
60 
60 
120 
I. 
Fanning mazmuni 
Fanning asosiy maqsadi: bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini kasbiy 
kompetentligi va uning ilmiy-nazariy asoslari bilan tanishtirish, fan texnika 
yutuqlariga asoslangan o`qitish metodlarining eng samarali hisoblangan innovatsion 
megodlaridan foydalanish, boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan pedagogik jarayonlarni 
ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish yo`nalishida zaruriy bilim, ko`nikma va 
malakalarni va kasbiy ahamiyatga ega bo`lgan shaxsiy sifatlarni shakllantirishdan 
iborat. 
Fanning vazifasi: talabalarda pedagogik kompetentlik fanining mazmuni, mohiyati, 
to`zilishi, asosiy tushunchalari, komponentlari haqida bilim, ko`nikma va malakalar 
bilan qurollantirishdan iboratdir. 
II. Asosiy nazariy qism (Ma`ruza mashg`ulotlari) 
11.1. Fan tarkibiga qo`yidagi mavzular kiradi. 
1-mavzu. Pedagogik kompetentlikning to`zilishi va mohiyati. 
Pedagogik kompetentlik fanining mazmuni, mohiyati va to`zilishi. Fanning 
maqsadi, vazifasi va asosiy tushunchalari. 
2-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish 
funktsiyalari 
Pedagogik kompetentlik fanining rivojlanish bosqichlari. Fanni o`qitishning o`ziga 
xos hususiyatlari. Pedagogik kompetentlik fanining fanlararo alokadorligi. Pedagogning 
o`z ustida ishlash bosqichlari. Pedagogning kasbiy kompetentligi. Pedagogik 
kompetentlikning asosiy komponentlari. 
3-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda 
motivatsiya 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishni motivlashtirish. Motiv 
haqida umumiy tushuncha. Motivning turlari. SHaxsning rivojlanishiga ta`sir etuvchi 
motivlar.
4-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy 
vositalarning nazariy asoslari 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy vositalardan 
foydalanish imkoniyatlari. Pedagogik dasturiy vositalarning mazmuni va mohiyati, 
to`zilishi. 
5-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda fan va ta`limning ijtimoiy-
iqtisodiy uygunlashuvi 
Pedagogik kompetentlik fanini fan sifatida shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy 
ma`umotlardan foydalanish. Fan va ta`limning ijtimoiy-iqtisodiy uygunligi. 



6-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish omillari 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish. Pedagogik kompetentlikni 
shakllantirishga ta`sir etuvchi omillar. 
7-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda ta`lim texnologiyasini 
tadbigi 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda ta`lim texnologiyalaridan unumli 
foydalanish. Ta`lim samaradorligi va sifat darajasini oshirish. Ilg`or texnologiyalarni 
joriy etish. 
8-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani 
loyihalashtirish va rejalashtirish yo`llari 
Ta`lim vositalari - ta`lim texnologiyasining tarkibini o`rganish, pedagogik 
kompetentlikni 
shakllantirishda 
pedagogik 
texnologiyani 
loyixalashtirish 
va 
rejalashtirish, ta`lim vositalari - ta`lim texnologiyasining tarkibini o`rganish. 
9-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda axborot texnologiyasi 
tushunchasi va klassifikatsiyasi 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda axborot texnologiyasi tushunchasi va 
klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlarni mustaxkamlash, AKTdan dars jarayonida keng 
foydalanish, bilim, ko`nikma va malakalarni mustaxkamlash. 
10-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o`qitish 
texnologiyalari 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o`qitish texnologiyalaridan 
foydalanish. Masofaviy ta`lim tushunchasi, mazmuni va mohiyatini ilmiy asoslash. 
Faoliyat jarayonida masofaviy ta`lim texnologiyasidan foydalanish va uning amaliy 
axamiyatini o`rganish. 
11-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda innovatsiya 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda innovatsiyalarni ta`lim jarayoniga tadbik 
etish. Ta`lim jarayonini texnologiyalashtirish. Ta`lim samaradorligiga erishish. 
12-mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish orqali 
kasbiy maxoratni oshirish. 
Kasbiy kompetentlik to`zilmasida loyixalash faoliyatini ahamiyatini ilmiy asoslash. 
Ilgor tajribalarni o`rganish va amaliyotda kullash. Kognitivlik qobiliyatini rivojlantirish
IV. Seminar mashg`ulotlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
Fan bo`yicha rejalashtirilgan seminar mashg`ulotlarini bajarish jarayonida nazariy 
bilimlar mustahkamlanadi. Seminar mashgulotlarida tadbiqlar keng qo`llanilayotgan 
asosiy usullarni o`rgatishga e`tiborni kuchaytirish lozim. Ma`lum sabablarga ko`ra
ma`ruzaga kirmagan va murakkab bo`lgan tushunchalarni seminar mashg`ulotlarida qarab 
chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Seminar mashgulotlarni o`tkazishda kuyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi: 
- seminar mashgulotlarining maqsadini aniq belgilab olish; 
- o`qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo`yicha bilimlarni chukurlashtirish 
imkoniyatlariga talabalarda qiziqish o`yg`otish;
- talabada natijani mustaqil ravishda qo`lga kiritish imkoniyatni ta`minlash; 
- talabani nazariy-metodik jixatdan tayyorlash;
- seminar mashgulotlarida nafakat aniq mavzu bo`yicha bilimlarni yakunlash, balki 
talabalarni tarbiyalash manbai jamdir. 



Seminar mashgulotlariga tavsiya etiladigan mavzular: 
1. Pedagogik kompetentlikning to`zilishi va mohiyati 
2. Pedagogik kompetentiikni shakllantirish va rivojlantirish funktsiyalari 
3. Pedagogning o`z ustida ishlash bosqichlari 
4. Pedagogik kompetentlikni shakllantiriщ va rivojlantirishda motivatsiya 
5. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda ta`lim texnologiyasini tadbigi. 
b. 
Pedagogik 
kompetentlikni 
shakllantirishda 
pedagogik 
texnologiyani 
loyixalashtirish va rejalashtirish yo`llari, ta`lim vositalari - ta`lim texnologiyasining 
tarkibini o`rganish. 
7. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda axborot texnologiyasi tushunchasi va 
klassifikatsiyasi 
8. Pedagogik kompetentlikni shakllantiriщda pedagogik dasturiy vositalarning 
nazariy asoslari 
9. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda fan va ta`limining ijtimoiy-iqtisodiy 
uyg`unlashuvi 
10. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o`qitish texnologiyalari 
11. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda integratsiyalashgan ta`lim mazmuni 
12. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda innovatsiya 
13. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish omillari 
14. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishning samaradorligi 
15. Pedagogik kompetentlikni shakllantiriщda pedagogik maxoratning o`rni 
V. 
Mustaqil ta`lim topshiriqlari bo`yicha tavsiyalar 
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni 
Magistr talabaga mustaqil ta`limning mavzulari berilshi, bu mavzular bo`yicha 
egallanishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli 
aytiladi. Ko`rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko`riladi, test eki 
savol-javob o`tkaziladi. 
Mustaqil ishni tashkil etishda: 
- unga mo`ljallangan xar bir bo`lim bo`yicha adabiyotlar talaba tomonidan 
o`rganilishi, 
- mustaqil ish uchun mo`ljallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini o`zlashtirish, 
- har bir bo`lim bo`yicha berilgan topshirikdarning mos varianti talaba tomonidan 
bajarilishi,
- PowerPoint, Maple dasturlaridan foydalanib, ularni takdimot ko`rinishida tayyorlab 
topshirishi talab qilinadi.
Jarayon o`qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi. Magistr mustaqil ta`limni 
tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlarini hisobga olgan xolda kuyidagi shakllardan 
foydalanish tavsiya etiladi: darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va 
mavzulari bilan ishlash; 
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta`limning mavzulari 
1. 
Pedagogik 
kompetentlikni 
shakllantirishda 
zamonaviy 
ta`lim 
texnologiyasining konseptual asoslari. 
2. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishida ta`lim texnologiyasini tadbig`i 
Z. 
Pedagogik 
kompetentlikni 
shakllantirishda 
pedagogik 
texnologiyani 
loyihalashtirish va rejalashtirish yo`llari, ta`lim vositalari - ta`lim texnologiyasining 
tarkibini o`rganish 
4. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda axborot texnologiyasi tushunchasi va 
klassifikatsiyasi 
5, Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy vositalarning 



amaliyotga tadbigg`i 
6. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda fan va ta`limining ijtimoiy-
iqtisodiy uyg`unlashuvi 
7. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda o`qitishning takomillashtirilgan 
o`quv -metodik ta`minotini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish 
8. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o`qitish texnologiyalari 
9. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda elektron darsliklar yaratish 
texnologiyasi. 
10. 
Masofadan o`qitishning dasturi va texnik vositalari 
11. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda internet imkoniyatlari. Internetga 
kirish va unda ishlash. Internet tarmoqlarida axborot makoni elektron pochtalar bilan 
ishlash 
12. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda ta`limning keys texnologiyasiga 
kirish: keyslarni ishlab chiqish qoidalari 
13. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda aniq va tabiiy matematika fanlari 
doirasida integrallashgan ta`lim mazmuni 
14. 
Internet tarmoqlarida axborot makoni elektron pochtalar bilan ishlashda 
axborot xavsizligi 
15. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda integratsiyalashgan ta`lim 
mazmuni
16. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda integratsiyalashgan ta`lim 
mazmuni 
17. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda o`qituvchi elektron portfoliosi 
to`zilmasi va pedagogik texnologiyalar 
18. 
Mul`timedia tizimlari va texnologiyalari 
19. 
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda DTS va o`quv dasturlarini tahlili. 
20. 
Variativ o`quv dasturlar tahlili 
21. 
Pedagoglarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish metodlari
22. 
Pedagogik jarayonni shaxsga yo`naltirish asosidagi mualliflik texnologiyalari 
23. 
Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda uyinli texnologiyalardan 
foydalanish 
24. 
Pedagogik jaraenni loyixalash texnologiyasi 
25. 
Ta`lim va tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv. 
26. 
Tarbiya texnologiyalari 
27. 
Pedagogik maxorat va kompetentlikni rivojlantirish jarayonlari 
28. 
Interfaol metodlar va ularning tasnifi 
29. 
Ta`lim jarayonida pedagogning boshqaruv usullari 
30. 
Pedagogning kasbiy kompetentligi va uning komponentlari 
Ta`lim natijalari: 
O`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr: 

bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini pedagogik kompetentligini 
rivojlantirishning ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini 
o`zlashtirishi to`g`risida bilimga;

pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga innovatsion yondashuv
texnologiyalarini joriy etish; 

bo`lajak 
boshlang`ich 
sinf 
o`qituvchilarini 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalarning nazariy asoslari bilan tanishtirish;

bo`lajak o`qituvchilarda yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni 
madernizatsiyalash uchun zaruriy kasbiy maxoratni shakllantirishi xamda ko`nikmaga;

zamonaviy innovatsion texnologiyalar, yangi pedagogik yo`nalishlar bilan 
tanishtirishi; pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to`g`ri tashkil etishga tayyorlikni 



shakllantirish;

- mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o`zini tarbiyalash va o`zining 
mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish; 

pedagogik jaraenni insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etish malakasini 
shakllantirish; 

pedagogik faoliyatda tashabbuskorlik va faollik malakasiga ega bo`lishi kerak.
Ta`lim texnologiyalari va metodlari: 
Ma`ruzalar, 
Keys materiallari 
Seminarlar 
Amaliy mashqlar (tahlillar) 
Taqdimotlar 
Individual loyihalar 
Jamoa bo`lib ishlash
Kreditlarni olish uchun magistrlar: 
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni tula o`zlashtirish, taxlil natijalarini to`g`ri 
aks ettira olish, o`rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, 
oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriklarni bajarish, yakuniy nazorat 
bo`yicha yozma ishni topshirish. 
Asosiy adabiyotlar 
1. Micheal Uljens. Sch001 Didacticc and learning: А School Didactis Model 
2.
Жоҳн Деуей, Ҳоу уе тҳинк (1910) , Мартин, Жай.Тҳе эдусатион оф Жоҳн Деүей
(2003)
3. 
Мавлонова Р.А., Тўраева О.Т., Холиқбердиев К.М. 
Педагогика. Дарслик. – Т.;
Ўқитувчи, 2008-йил 
4. Мавлонова Р.А., Вохидова Н.Х., Рахмонкулова Н.Х. Педагогика назарияси 
ва тарихи. Дарслик Т:. Фан ва технологиялар. 2010-йил 
5. Хошимов К., Очилов С. Ўзбек педагогикаси антологияси. Ўқув қўлланма.- 
Т:. Ўқитувчи, - 2010-йил 
Qoʻshimcha adabiyotlar 
Миpзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – 
ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Реcпубликacи 
Вазирлар маҳкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган 
мажлисисдаги Ўзбекистон Президенти нутқи. //Халқ сўзи газетаси, 2017. 16 январ, №11. 
Миpзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб ҳалқимиз билан бирга 
қурамиз. “Ўзбекистон”, 2017 
Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси. 
Ўзбекистон Реcпубликacи Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун 
ҳужжатлари тўплами, 2017 йил, 6-сон, 70-модда. 
Миpзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараққиёти 
ва ҳалқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”, 2017 
Мавлонова Р.А., Абдураҳмонова Д. Педагогик маҳорат (Ўқув қўлланма), - Т.; «Фан 
ва технология» - 2012 й. 
Нишонова С., Имомова М., Хасанов Р. Педагогика тарихи (Дарслик), - Т.; 
«Ўқитувчи» - 1996 й. 
Очилов М. Муаллим қалб меъмори. Ўқув қўлланма. - Т.; «Ўқитувчи», - 2004 й. 
Эгамбердиева Н., Ижтимоий педагогика. (Дарслик)- Т.; «Алишер Навоий номидаги 
ЎзМКН», - 2009 й. 
Мусурманова О, Палўанова Х., Рискулова К., Курбаниязова З. Педагогик атамалар 
луғати: ўзбек, рус, инглиз тилларида. – Т. “ТУРОН-ИҚБОЛ”, 2019
Убайдуллаев К., Курбаниязова З., Хабибуллаев Б. Жоқары оқыў орынлары педагог 
кадрларының кәсиплик компетентлиги ҳәм педагогикалық шеберлигин жетилистириў. 



(Оқыў-методикалық қолланба), Нөкис, 2018ж. 
Axborot manbalari 
https://Ziyonet. Uz 
www. natilib. uz 
https://edu.uz 
https://teori.uz 
Taqrizchilar: 
N.M.Nagmetova – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi dotsenti v.v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa 
doktori. 
N.T.Tosheva - Buxoro davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi dotsenti, 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Turdosh OTM) 

Download 67.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling