Bilan tasdiqlangan
Download 373.91 Kb. Pdf ko'rish
|
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI
Soqchi
178. Soqchi dahlsiz shaxsdir. Uning dahlsizligi quyidagilarda ko’rinadi: — uning huquqlari va insoniy qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinishida; — uning qat’iy ma’lum shaxslarga — qorovul boshlig’iga, uning yordamchisiga va o’zining tarqatuvchisigagina bo’ysunishida; — xizmati bo’yicha barcha shaxslar uning talablarini so’zsiz bajarishlarida; — ushbu Nizomda ko’rsatilgan hollarda qurol ishlatish huquqi berilishida. 179. Faqat qorovul boshlig’i, qorovul boshlig’i yordamchisi va soqchi bo’ysunadigan tarqatuvchi soqchini postdan almashtirish va olish huquqiga ega. Qorovul boshlig’i, uning yordamchisi va tarqatuvchi vafot etsa yoki jismoniy jihatdan o’z vazifasini bajara olmay qolsa, qorovullarni postdan olish va almashtirishni garnizon (harbiy qism) bo’yicha navbatchi o’z rotasi (batareyasi) yoki bataloni (divizioni) komandiri ishtirokida amalga oshiradi. 181. Soqchi quyidagilarga majburdir: — o’z postini sergaklik bilan qo’riqlashga va tik turgancha himoya qilishga; — sergak xizmat qilishga, hech narsaga chalg’itmaslikka, qurolini qo’lidan qo’ymaslikka va hech kimga, hatto o’zi bo’ysunadigan shaxslarga ham bermaslikka; — ko’rsatilgan yo’nalish bo’yicha harakat qilib yoki kuzatuv minorasida turib postga keladigan yo’llarni, to’siqlarni diqqat bilan kuzatishga va post raqamida ko’rsatilgan vaqtlarda xizmatning borishi haqida aloqa vositalari orqali xabar qilib turishga; — navbat almashmasa yoki uni postdan olishmasa, hayotiga xavf tug’ilgan paytda ham postni tashlab ketmaslikka; postni o’zboshimchalik bilan tashlab ketish harbiy jinoyat hisoblanadi; — postda 99-moddaga binoan, doimo o’qlangan qurol olib turishga va doimo hamma narsaga tayyor bo’lib turishga; — post raqamida ko’rsatilgan va maxfiy chegara ko’rsatkichlari bilan ajratilgan joydan ichkariga, post yaqiniga qorovul boshlig’i, uning yordamchisi va o’zining tarqatuvchisi va ular boshlab kelgan shaxslardan boshqa hech kimni qo’ymaslikka; — qorovul transport vositalari harakat yo’nalishini va tashish, shuningdek, uning tanitish belgi va signallarini bilishga; — postdagi o’t o’chirish vositasini ishlata olishga; — obyekt (post) to’siqlarida biror buzilgan joy, o’z posti yaqinida yoki qo’shni postda tartib buzilganini sezsa, qorovul boshlig’ini chaqirishga; — qo’riqchi itning xurganini eshitgan zahoti bu haqida qorovulxonaga xabar beradi. 182. Soqchi postda nayza ulangan qurol bilan turishi kerak (buklanadigan qo’ndoqli avtomat pichoq-nayzasiz bo’ladi, uning pichoq-nayzasi kamardagi qinda turadi); tunda tik turib otishga tayyor turgan holda; kunduz — «tasma yelkaga» yoki tik turib otishga tayyor turgan holda (9-ilova); ichki postlarda va Jangovar Bayroq qo’riqlanayotgan postda yog’och qo’ndoqli avtomat «tasma-yelkaga», buklanadigan qo’ndoqli avtomat «ko’krakka», karabin «oyoqq» holatida ushlanishi lozim; o’q to’ldirilgan o’qdan (oboyma) solingan sumka tugmalangan bo’lishi kerak. To’pponchalar og’zi yopilgan g’ilofda bel kamariga osib qo’yiladi. Yong’inni o’chirish yoki tabiiy ofat oqibatlarini tugatish paytida soqchiga qurolni «qurol orqaga» holatida olib yurishiga ruxsat beriladi. 183. Soqchiga quyidagilar taqiqlanadi: uxlash, o’tirish, biror narsaga enkayish, yeyish, o’qish, gaplashish, yeyish, ichish, chekish, tabiiy ehtiyojlarga borish, kimligidan qat’iy nazar birovga bir narsa berish va birovdan bir narsa olish, keraksiz paytda patronnikka patronni junatish. Soqchi faqat qorovul boshlig’ining, uning yordamchisining, o’z tarqatuvchisining va tekshirish uchun kelgan shaxsning savollariga javob berishi kerak. Download 373.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling