Bilan tasdiqlangan
Download 373.91 Kb. Pdf ko'rish
|
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI
Tarqatuvchi
170. Tarqatuvchi o’ziga bo’ysunuvchi soqchilarning to’g’ri va xushyor xizmat qilishiga, o’z vaqtida almashuv bo’lishiga va soqchilarning postlarga qo’yilishiga, soqchilarning postlarni to’g’ri topshirishiga va qabul qilib olishiga javob beradi. U qorovul boshlig’iga va uning yordamchisiga bo’ysunadi va faqat ularning buyrug’ini bajaradi. 171. Tarqatuvchi o’zi yoki qorovul tarkibida qo’riqlanayotgan obyektga, soqchiga, navbat almashishga borayotgan yoki navbat almashishdan qorovulxonaga qaytayotgan qorovullarga hujum bo’lganda qurol ishlatish huquqiga ega. 172. U quyidagilarga majburdir: — o’z postlarini, ularning joyini va chegarasini; ularga borish yo’llarini, qo’riqlash va himoya qilish shartlarini (kuzatish, otish, o’rash) va har bir postdagi soqchining asosiy majburiyatlarini bilishga; — eski qorovul tarqatuvchisidan muhr (plomba) nusxasini qabul qilib olishga, soqchilarni postlarga qo’yishda esa postlar raqamiga binoan qo’riqlashda bo’lgan obyektlarni qabul qilib olishga va bu haqida qorovul boshlig’iga axborot berishga; — qorovullarni postlarga jo’natishdan oldin ularni o’z majburiyatlari haqidagi bilimlarini sinab ko’rishga, shuningdek, ular o’zlarining chekadigan va o’t oldiradigan narsalarini qorovulxonada qoldirganligini tekshirib ko’rishga; — qorovullar tomonidan postga jo’nashdan oldin qurolning to’g’ri o’qlagani va postdan qaytgach, to’g’ri o’qsizlantirganini kuzatib turishga (98-, 99-,225-moddalar); — har bir qorovullar almashuvidan qaytgach, almashuv bo’lgani, postlarning ahvoli haqida, barcha kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun ko’rilgan chora-tadbirlar haqida qorovul boshlig’iga axborot berishga; — qorovul boshlig’ining ruxsati bilan o’ziga bo’ysunadigan soqchilarning xizmatini o’tashni tekshirib ko’rishga. Gauptvaxtadagi qorovul tarqatuvchisi yuqoridagilardan tashqari unga bo’ysunadigan soqchi qo’riqlayotgan bandilar sonini ham bilishi keraq 173. Soqchilarni postlarga qo’yishda va ularni almashtirishda tarqatuvchi quyidagilarga majburdir: — almashuv uchun postlarga borayotganda va qaytayotganda postlar joylashuvi sxemasida ko’rsatilgan harakat yo’nalishiga qat’iy amal qilishga; — soqchi va postda turayotgan qorovul postni to’g’ri topshirishini va qabul qilib olishini kuzatishga; shaxsan soqchi va postda turayotgan qorovul bilan yoritish vositalarining, to’siqlarning, eshiklarning (darvozalarning), derazalarning ahvoli, omborlarning devorlari va panjaralari, qulflarning, bog’ichlarning va muhrning mavjudligi va holatini, ularning nusxalariga to’g’ri kelishini yoki qo’riqlashda bo’lgan jangovar mashinalarning (boshqa qurol-aslaha va harbiy texnikaning) sonini, shuningdek, texnik qo’riqlash vositalarining, aloqa, o’t o’chirish vositalarining va post kiyimlarining mavjudligi va holatini tekshirishga; post qo’riqlashga kirishayotgan soqchiga asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozimligini, qo’shni postlar qayerda ekanligini, qo’riqlanayotgan obyektning eng xavfli joylarini ko’rsatishga; post chegarasi o’tgan joylarni va tabel raqamida ko’rsatilganiga binoan begona kishilarni soqchi tomonidan qo’yish mumkin bo’lmagan taqiqlangan chegarani ko’rsatishga, soqchining o’ziga, qo’riqlayotgan obyektiga yoki qo’shni postga hujum bo’lganda, shuningdek, yong’in chiqqanda nima qilishi kerakligini bilish-bilmasligini tekshirib ko’rishga; — soqchining axborot berish tartibi va qorovulxona bilan aloqa o’rnatish bilimini sinab ko’rishga. Download 373.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling