Bilan tasdiqlangan


Download 373.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana16.04.2023
Hajmi373.91 Kb.
#1358284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI

BILAN KUCHGA KIRITILGAN. 
(YANGISI) 


ICHKI XIZMAT NIZOMI. 
Harbiy xizmatchilarning huquqlari. 
8.
Harbiy xichmatchilarning huquqlari va ulardan harbiy xizmatning xususiyatlarini hisobga 
olgan holda foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. 
Biror kishi harbiy xizmatchilarni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
qonunlari bilan kafolatlangan huquqlarda cheklash huquqiga ega emas. 
9.
Harbiy xizmatchilarniig oʼz huquqlaridan foydalanishi jamiyatning, davlatning 
huquqlariga va qonuniy manfaatlariga, harbiy xizmatga, boshqa harbiy xizmatchilar va turli 
fuqarolarning huquqlariga putur yetkazmasligi lozim. 
10. 
Davlat harbiy xizmatchilariing ijtimoiy va huquqiy muhofazasini kafolatlaydi, ularga 
yetarli va munosib turmush darajasini yaratish, xizmat va maishiy sharoitini yaxshilash 
bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 
Harbiy xizmatchilarning huquqlarini taʼminlash va qo’riqlash davlat hokimiyati va mahalliy 
oʼzini-oʼzi boshqaruv organlarining, sudlarning, huquqni muhofaza qilish organlarining, 
harbiy boshqaruv organlari va komandirlarning (boshliqlarning) zimmasiga yo’qlatiladi. 
Harbiy xizmatchi Harbiy qasamyodni qabul qilmagunga qadar harbiy lavozimga 
tayinlanishi, jangovar topshiriqlarni bajarishga (jangovar harakatlarda ishtirok etishga
jangovar navbatchilikka, jangovar xizmatga, qorovullik xizmatini oʼtashga) jalb etilishi 
mumkin emas; harbiy xizmatchiga qurol-aslaha va harbiy texnika biriktirilishi mumkin 
emas, unga bandi qilish tarzida intizomiy taʼzir berilishi mumkin emas. 
Harbiy xizmatchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlaridan foydalanishi bo’yicha 
majburiyatlarni bajarmaslikda aybdor bo’lgan komandirlar (boshliqlar) buning uchun 
qonunlarda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. 
11.
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish chog’ida, zarur bo’lgan 
hollarda esa xizmatdan tashqari vaqtda ham qurol saqlash, taqib yurish, qo’llash va 
foydalanish huquqiga egadirlar. 
Harbiy xizmatchilarning qurol saqlash qoidalari va qo’llash tartibi mazkur Nizom bilan 
belgilanadi. 
Harbiy xizmatchilar: 
— agar boshqacha yo’llar va vositalar bilan muhofaza qilish mumkin boʼlmasa, 
qo’riqlanadigan harbiy va davlat inshootlariga, shuningdek, harbiy qism va bo’linmalar 
qarorgohlariga, harbiy qism imoratlari va inshootlariga, harbiy eshelonga, mashinalar 
kolonnalariga, yakka transport vositalariga va qorovulga to’da bo’lib yoxud qurolli hujumni 
qaytarish uchun; 
— agar boshqacha yo’llar va vositalar bilan muhofaza qilish mumkin bo’lmasa, qurol va 
harbiy texnikani zo’ravonlik bilan egallab olishga urinishlarning oldini olish uchun; 
— agar boshqacha yo’llar va vositalar bilan muhofaza qilishning iloji boʼlmasa, harbiy 
xizmatchilarni va fuqarolarni ularning hayotiga va sogʼligiga tajovo’z qiladigan 
hujumlardan muhofaza qilish uchun; 
— agar boshqacha yo’llar va vositalar bilan qarshilikni bostirish, jinoyatchini ushlash yoxud 
qurolni tortib olishning iloji boʼlmasa, jinoyat sodir qilgan yoxud ogʼir va xavfli jinoyat 
sodir qilish ustida qo’lga tushganda qurolli qarshilik ko’rsatgan shaxsni, shuningdek, 
qurolni topshirish toʼgʼrisidagi qonuniy talabni bajarishdan bo’yin tovlagan qurollangan 
shaxsni ushlash uchun eng so’nggi chora sifatida qurolni shaxsan yoxud bo’linma tarkibida 
qo’llash huquqiga egadirlar. 


Qorovul tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi qurolni Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomida belgilangan hollarda va tartibda 
qoʼllash huquqiga egadir. 
Komandir (boshliq), bundan tashqari, bo’ysunuvchining bo’yin tovlashi Vatanga xiyonat 
qilishga yoxud jangovar sharoitlarda jangovar topshiriqlar bajarilishini barbod etishga 
qaratilgan ochiq-oydin xatti-harakatlarda namoyon bo’lganda intizom va tartibni tiklash 
uchun qurol ishlatish yoxud qurol ishlatishga buyruq berish huquqiga egadir. 
12.
Qurol ishlatishdan oldin uni ishlatish ahdi toʼgʼrisida ogohlantirish yo’z berishi lozim. 
Qurol toʼsatdan yoxud qurolli hujum chogʼida, jangovar texnika, transport vositalari, uchish 
apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalanilgan hujum chogʼida, qamoqdan qurol 
bilan yoxud transport vositalaridan foydalanib qochish paytida, shuningdek, transport 
vositalaridan ularning harakatlanishi chogʼida, tunda yoxud koʼrinish cheklangan boshqa 
sharoitlarda tashlab qochish paytida ogohlantirishsiz ishlatilishi mumkin. 
Harbiy xizmatchilar trevoga yoxud yordam chaqirigʼi signali berish, shuningdek, odamlar 
hayotiga yoxud sogʼligiga tajovo’z qiluvchi hayvonlarga qarshi qurol ishlatish huquqiga 
ega. 
Qurol ishlatish va foydalanish chogʼida harbiy xizmatchi atrofdagi fuqarolarning 
xavfsizligini taʼminlash uchun iloji boʼlgan barcha choralarni koʼrishga, zarur hollarda esa 
jabrlanuvchilarga tez tibbiy yordam ko’rsatishga majburdir. 
Аyollar va balogʼat yoshiga yetmaganlarga nisbatan, agar boshqa yoʼllar va vositalar bilan 
bunday hujum yoxud qarshilikni qaytarishning iloji boʼlmasa, ularning harbiy xizmatchi va 
boshqa fuqarolarning hayotiga xavf soluvchi qurolli hujumlari, qurolli qarshilik ko’rsatishi 
yoxud to’da boʼlib hujum qilishi hollari bundan istisno, qurol ishlatish mumkin emas. 
Harbiy xizmatchi har bir qurol ishlatilishi yoxud foydalanilishi toʼgʼrisida komandirga 
(boshliqqa) bildiruv beradi. 

Download 373.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling