Bilan tasdiqlangan
GARNIZON VA QOROVULLIK XIZMATLARI NIZOMI
Download 373.91 Kb. Pdf ko'rish
|
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI
GARNIZON VA QOROVULLIK XIZMATLARI NIZOMI.
89. Qorovullik xizmatini o’tash jangovar vazifani bajarish hisoblanadi va shaxsiy tarkibdan ushbu Nizomning barcha qoidalariga to’la amal qilishni, yuksak xushyorlik, bukilmas matonat va tashabbuskorlikni talab etadi. Qorovullik xizmati talablarini buzgan aybdorlar ahlok tuzatishga va jinoiy javobgarlikka tortiladi. 90. Qorovullik xizmatini o’tash uchun qorovullar tayinlanadi. Jangovar Bayroqni, harbiy va davlat obyektlarini qo’riqlash va himoya qilish bo’yicha jangovar vazifani bajarayotgan, shuningdek, gauptvaxta va axloq tuzatish batal’onlarida saqlanayotgan shaxslarni qo’riqlayotgan qurollangan bo’linma qorovul deb ataladi. Qorovullar garnizon qorovuli va ichki qorovul turlariga bo’linadi; ular doimiy va vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Garnizon qorovuli korpusga va markazga bo’ysunadigan obyektlarni qo’riqlash va himoya qilish, o’zining qo’riqlash bo’linmasiga ega bo’lmagan umumgarnizon ahamiyatiga molik obyektlarni, bir-biriga yaqin joylashgan harbiy qismlar va bo’linmalar obyektlarini, shuningdek, garnizon gauptvaxtasida saqlanayotgan shaxslarni qo’riqlash uchun tashkil qilinadi. Ichki qorovul har bir harbiy qism obyektlarini qo’riqlash va himoya qilish uchun tayinlanadi. Samolyotlar (vertolyotlar) va aerodromdagi aviatsiya qismining boshqa obyektlari aviatsiya-texnika qismidan tayinlangan ichki qorovul tomonidan qoriklanadi va himoya qilinadi. Doimiy qorovullar qorovullar jadvalida bo’ladi. Vaqtinchalik qorovullar qorovullar jadvaliga yozilmaydi; ular ortilayotgan va tushirilayotgan yoki vaqtincha omborda turgan harbiy mollarni qo’riqlash va himoya qilish, turli transport vositalarida tashilayotgan harbiy mulklarni kuzatish, shuningdek, bandilar va mahbuslarni qo’riqlash uchun garnizon boshlig’’i yoki harbiy qism boshlig’’ining buyrugi bilan tayinlanadi. 92. Qorovul tarkibi quyidagilardan iborat bo’ladi: qorovul boshlig’’i, post va almashuv soni bo’yicha qorovullar, tarqatuvchi, zarurat tug’ilsa qorovul boshlig’’i yordamchisi, qorovul boshlig’’ining texnik vositalar bilan qo’riqlash bo’yicha yordamchisi (operator) yoki operatorlar smenasi (uch to’rt kishi, ulardan bittasini qorovul boshlig’’ining texnik vositalar bilan qo’riqlash bo’yicha yordamchisi etib tayinlashi mumkin), qorovul boshlig’’ining qo’riqchi itlar xizmati bo’yicha yordamchisi va transport vositalari haydovchilari. Birlashmalar va undan yuqorining shtab va boshqarma punktlarini qo’riqlash, shuningdek, muassasalarni qo’riqlash bo’yicha qorovullar safida yuqorida sanalgan shaxslardan tashqari nazorat-o’tkazish postlari qorovullari, gauptvaxtadagi qorovul safida esa tashqariga chiqaruvchi bo’ladi. 93. Obyektlarni bevosita qo’riqlash va himoya qilish uchun qorovullar safidan soqchilar chiqariladi. O’ziga topshirilgan postni qo’riqlash va himoya qilish bo’yicha jangovar vazifani bajaruvchi qurollangan qorovul soqchi deb ataladi. Qo’riqlash va himoya qilish uchun soqchiga topshirilgan barcha narsa, shuningdek, u o’z vazifasini bajarayotgan joy yoki yer uchastkasi post deb ataladi, texnik himoya vositalari yordamida qorovul qo’riqlayotgan obyektlar va bu himoya vositalari o’rnatilgan yer uchastkasi ham postga qaraydi. Soqchi obyektlar himoyasini obyekt atrofida ichki va tashqi devor o’rtasida, agar obyekt bitta devor bilan o’ralgan bo’lsa, devorning ichki tomoni bo’ylab patrullik qilish yo’li bilan amalga oshiradi. Shuningdek, soqchilikni minoradan turib amalga oshirsa ham bo’ladi. Ayrim postlarni soqchilar joyida turib qo’riqlashlari ham mumkin. Muhim ahamiyatga molik davlat va harbiy obyektlar qo’riqlanganda soqchilar o’z vazifasini kuzatuv minorasida turib amalga oshirishi mumkin. Bunday hollarda ular uzoqligi 500 metrgacha bo’lgan obyektlarni qo’riqlashi va himoya qilishi mumkin. 95. Obyektlarni patrullik yo’li bilan qo’riqlashni tashkil qilishda obyektlarning o’ralishi va yerning shart-sharoitlariga qarab qo’riqlash va himoya qilish uchun soqchiga quyidagicha qo’shimcha uchastkalar beriladi: Kunduzi — 1000 metrgacha, kechasi — 500 metrgacha, texnik himoya vositalari bilan jihozlangan obyektlarda esa kunduzi — 2 kilometrgacha, kechasi — 1 kilometrgacha. Noqulay ob-havo (qalin tuman, yomg’ir, qor yog’ganda) obyektlar himoyasini kuchaytirish uchun garnizon boshlig’’ining (harbiy qism boshlig’’ining) buyrug’iga ko’ra qo’shimcha qorovul yoki transport vositasida yuruvchi patrul tayinlanishi mumkin. Bunday hollarda qo’shimcha qorovullar xizmat tartibi va patrullik tartibi garnizon boshlig’’i (harbiy qism boshlig’’i) tomonidan belgilanadi. Obyektni mustahkam qo’riqlashni ta’minlash uchun harakat yo’nalishi bo’yicha zudlik bilan yurib ketayotgan soqchi atrofi va devorlarni kuzatish uchun, shuningdek, xizmatining borishi hakida aloqa vositasi orqali qorovul boshlig’’iga xabar berish uchun bir oz to’xtab oladi. Atrof yaxshi ko’ringanda va joy sharoiti yo’l qo’ysa, soqchi xizmatini kuzatuv minorasida o’tashi ham mumkin. 98. Qurollarni o’qlash tergovchi yoki dastlabki tergov organlari tomonidan qamalgan va ushlangan harbiy xizmatchilarni, sudlanganlarni va mahbuslarni qo’riqlash uchun, shuningdek, qorovullarni tekshirgani kelgan shaxslarga hamrohlik qilish uchun postlarga chiqish oldidan amalga oshiriladi. Qurollarni o’qlash va o’qsizlantirish qorovul boshlig’’i va uning yordamchisi (tarqatuvchi) buyrug’i bilan va ularning bevosita kuzatuvi ostida qorovulxonada, o’qtutgich o’rnatilgan, maxsus jihozlangan yorug’ joyda, qorovullarni almashtirish uchun mashinada yo’lga chiqqan paytlarda esa qorovul boshlig’’i yo’riqnomasida ko’rsatilgan, zarurat bo’lsa o’qtutgich bilan jihozlangan joylarda amalga oshiriladi. O’qlash va o’qsizlantirish paytida qurol stvolining holati atrofdagi uy-joy binolari va qo’riqlanayotgan obyektlarga qaratilmagan holda 45—60 gradusli burchakni tashkil etishi keraq Agar qorovulxona atrofida uy-joylar va xizmat binolari joylashgan bo’lsa, qurollarni o’qlash va o’qsizlantirish qorovulxonaning o’qtutgich o’rnatilgan maxsus joyida amalga oshiriladi. Qurollarni o’qsizlantirish va ko’zdan kechirish qorovulxonaga yoki qorovul boshlig’’i yo’riqnomasida ko’rsatilgan joyga qaytgan zahoti amalga oshiriladi. To’pponchalarni o’qlash bo’linmalar patron olgandan so’ng, o’qsizlantirish esa qorovul almashuvidan so’ng bo’linmaga yetib kelgach amalga oshiriladi. 99. Qurollar har bir qurol uchun belgilangan ko’rsatmalarga amal qilingan holda o’qlanadi. Bunda o’q solinmaydi. Avtomat o’q solingan o’qdon bilan o’qlanadi. O’qlashsan oldin u ko’zdan kechiriladi (tepki tushiriladi) va saqlagichga qo’yiladi. O’qdon o’rnatilgan zatvor ramasini orqaga tortmaslik keraq Karabin o’q to’la o’qdon bilan o’qlanadi. Karabin o’qlangandan so’ng zatvor silliq yopiladi (bunda o’q solinmaydi), saqlagich ochiladi, tepki qo’yib yuboriladi va karabin saqlagichga qo’yiladi. To’pponcha o’q solingan o’qdon bilan o’qlanadi, o’qlanganda zatvor orqaga qaytarilmaydi. To’pponcha o’qlashdan oldin saqlagichga qo’yiladi. To’pponcha ishlatishdan oldin o’qlanadi. 100. Garnizon boshlig’’ining (harbiy qism komandirining) buyrug’iga binoan qorovulxonada quyidagi miqdorda jangovar o’qlar zaxirasi tashkil qilinadi har bir avtomat yoki karabinga 150 tadan o’q, har bir to’pponchaga esa 16 tadan o’q. Ular sinkada, temir qutida saqlanadi. Granatalar alohida metall qutilarda saqlanadi, piltasi esa granatadan alohida suv o’tmaydigan maxsus qutilarda saqlanadi. Qorovulning jangovar o’q zaxirasi (7-ilova) hisobga olinadigan daftar, qo’lda otiladigan granatalar va ularning piltalari hisobga olinadigan daftar, olingan o’q-dorilar dalolatnomalari va to’ldirilmagan blankalar, shuningdek, sinkalarni ochadigan pichoq ham o’sha qutilarda saqlanadi. Qutilar qulflanadi, garnizon harbiy komendanti (harbiy qism shtabi boshlig’i) tomonidan muhrlanadi va qorovulxonada joylashgan qorovulning anjomlari va jihozlari ro’yxatiga kiritiladi. O’q- dorilar solingan qutining kaliti, surg’uchli muhr qorovul boshlig’ining seyfida (qulflanadigan qutida) saqlanadi. Kalitni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Qorovul boshlig’i jangovar oq’-dori zaxirasi, granata va piltalari solingan qutilarning saqlanishiga shaxsan javobgardir. 131. Qorovul boshlig’i qorovulga topshirilgan obyektlarni qo’riqlash va himoya qilishga, qorovul shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligiga, ularning to’g’ri xizmat qilishiga, texnik qo’riqlash vositalari, to’siqlar, aloqa vositalari va postlardagi hamda qorovulxonalardagi o’t o’chirish vositalari, transport vositalarining, shuningdek, ro’yxat bo’yicha qorovulxonada saqlanayotgan qurol va o’q-dorilarning saqlanishi va to’g’ri ishlashiga javob beradi. 132. Qorovul boshlig’i o’zi yoki qorovul tarkibida qo’riqlanayotgan obyektlarga, soqchiga, qorovul navbatchilariga (nazorat qo’riqlash guruhiga) yoki qorovulxonaga hujum bo’lganda, shuningdek, bandilar o’rtasidagi tartibsizliklarni to’xtatish yoki qochmoqchi bo’lgan bandiga nisbatan qurol ishlatishi mumkin. Qurolni ishlatishdan oldin qurolni ishlatish to’g’risida ogohlantirishi keraq Kutilmaganda yoki qurolli hujum bo’lganda, harbiy texnika, transport vositalari, uchuvchi apparatlar, daryo va dengiz kemalaridan hujum bo’lganda, shuningdek, qorovul qurol bilan yoki harakatda transport vositasidan qochganda ogohlantirishsiz qurol ishlatish mumkin. 133. Qorovul boshlig’i quyidagilarga majburdir: — qorovulning vazifasini, qorovul boshlig’iga yo’riqnomani va barcha qorovullarning majburiyatlarini bilishga; — qorovul shaxsiy tarkibidan o’tkir bilim va o’z vazifasini to’la bajarishni, yuksak xushyorlik va intizom talab qilishga; — ro’yxat bo’yicha eski qorovul boshlig’idan hujjatlarni, o’q-dori solingan yashiklarni, ularga bosiladigan muhr va kalitni, shuningdek, aloqa va o’t o’chirish vositalarini qabul qilib olishga; — shaxsan ko’zdan kechirish yo’li bilan eski qorovul ikkalasi yo’riqnomada ko’rsatilgan qo’riqlanayotgan muhim obyektlarning ahvolini, ularning yoritilishini, to’siqlar va okoplarni, shuningdek, qorovulxona va gauptvaxtaning ahvolini, tarqatuvchi yoki o’zining yordamchisi orqali qolgan qo’riqlanayotgan obyektlarning ahvolini tekshirishga; postlarda, obyektlarning devorlarida ko’zga tashlangan kamchiliklarni post ro’yxatiga yozib qo’yishga; — postlardagi almashuvlarni o’z vaqtida o’tkazishga, shu bilan birga o’z tarqatuvchisi va qorovullarining vazifasiga layoqadini tekshirib ko’rishga, har bir postda xizmat o’tashning o’ziga xos tomonlari borligini ularning esiga solib turishga; — zaxiradagi (nazorat-qo’riqlash) guruhining doimiy jangovar holatini, transport vositalaridagi aloqa vositalarining ishga yaroqliligini, qorovul shaxsiy tarkibi tomonidan qurol va jangovar o’qlarning to’g’ri saqlanayotganligini, o’qlash va o’qsizlantirish qoidalariga amal qilishni, xavfsizlik talablarini bajarishni, shuningdek, postga borgan har bir qorovul qorovulxonada yoqadigan va chekadigan narsalarini qoldirib ketishini kuzatishga; — qorovullikda ichki tartibni saqlashga (7-ilova) — postdan qaytgan har bir almashuv guruhidan qorovul shaxsiy tarkibi jangovar guruhini tuzishga, ularga yuriqnomada ko’rsatilgan holda qo’riqlanayotgan obyektga yoki qorovulxonaga hujum bo’lsa yoki yong’in chiqsa qilinadigan ishlar bo’yicha vazifalar belgilashga; — shaxsan o’zi kunda kamida ikki marta (bir martasi tunda) soqchining xizmatini, qo’riqlanayotgan obyektlarning va to’siqlarning ahvolini, o’t o’chirish va aloqa vositalarining ishlashini post ro’yxatiga tegishli yozuvlar yozgan holda tekshirishga; bu ishga o’z yordamchisini va tarqatuvchisini tez-tez yuborib turishga; — soqchi chaqirgan paytda yoki belgilangan vaqtda u xizmat o’tayotgani hakida xabar kelmasa postga tarqatuvchini (o’z yordamchisini) yuborishga yoki shaxsan o’zi borishga; — 142, 143-moddalarga suyangan holda qorovulxonaga, kirish huquqiga ega bo’lganlardan tashqari, hech kimni kiritmaslikka; — qo’lga tushgan shubhali shaxslar va o’tkazish tartibini buzgan holda obyektlarga kirmoqchi bo’lganlarning shaxsini aniqlashga, qisqa so’roq o’tkazishga, zarurat tug’ilsa, tekshirib ko’rishga va bu haqida garnizon bo’yicha (harbiy qism bo’yicha) navbatchiga axborot berishga; — garnizon bo’yicha (harbiy qism bo’yicha) navbatchi xonasida joylashgan ofitserlarning shaxsiy qurollari saqlanadigan javonning signalizatsiyasi ishdan chiqishining sabablarini aniqlashga, zarurat tug’ilsa bu ishga o’z yordamchisini (tarqatuvchini) yuborishga; — garnizon bo’yicha (harbiy qism bo’yicha) navbatchining yoki uning yordamchisining ruxsati bilan qorovul takibidagi kasal bo’lib qolgan harbiy xizmatchini harbiy qismga (bo’linmaga) yoki yaqin o’rtadagi davolash muassasasiga jo’natishga va garnizon bo’yicha (harbiy qism bo’yicha) navbatchidan uning o’rniga odam so’rashga; shaxsiy tarkibning yozda isib ketmasligi va qishda sovuq qotmasligi uchun tadbirlar belgilashga; — soqchi qurol ishlatgan har bir hodisani tahlil qilishga va bu haqida garnizon bo’yicha (harbiy qism bo’yicha) navbatchiga axborot berishga. 165. Qorovul boshlig’ining yordamchisi qorovul boshlig’iga bo’ysunadi. U quyidagilarga majburdir: — qorovulning vazifasini, qorovul boshlig’i ko’rsatmasini va barcha qorovullarning vazifasini bilishga; — qorovul almashuvi paytida qorovulxonaga va unda saqlanayotgan jihozlar, asbob- anjomlar va buyumlarni ro’yxat bilan qabul qilib olishga; — qorovul boshlig’i yo’q paytda yoki dam olayotganda uning vazifasini bajarishga; — qorovul boshlig’ining buyrugiga binoan navbatdagi soqchilarni postlarga jo’natish va soqchilar xizmatini tekshirishga; qorovulxonadan chiqishda soqchilar almashuvi ro’yxatini tuzish va ularni almashuvga olib borishga; — qorovul shaxsiy tarkibining o’z vaqtida ovqatlanishini, buyumlar, asbob-anjomlar va jihozlarning to’g’ri, joy-joyida turishini, qorovulxona va uning atrofidagi hududda tozalik va tartib o’rnatilishini, shuningdek, pechkalarning o’z vaqtida yoqilishini va qorovulxonaning o’z vaqtida yoritilishini kuzatishga; —soqchilarning xizmatini tekshirsh uchun kelgan shaxslarga qorovul boshlig’ining buyrug’iga binoan hamrohlik qilishga. 166. Qorovul boshlig’ining gauptvaxtadagi yordamchisi sutkada kamida to’rt marta (shulardan ikki martasi tunda) kameralarning ahvolini, texnik qo’riqlash vositalarining to’g’ri ishlayotganini va bandilarning ular uchun o’rnatilgan tartibni (14-ilova) bajarayotganini tekshirib turishga majbur. 167. Qorovul boshlig’i qattiq kasal bo’lib qolsa (qattiq jaroxat olsa) yoki vafot etsa, qorovul boshlig’i yordamchisi uning vazifasini bajarishga kirishadi va bu haqida garnizon bo’yicha (harbiy qism bo’yicha) navbatchiga axborot beradi. Download 373.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling