Bilan tasdiqlangan


Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari


Download 373.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana16.04.2023
Hajmi373.91 Kb.
#1358284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI

Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari. 
13. 
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari xizmat faoliyatida 
qonunlar, harbiy nizomlarning talablariga amal qiladilar va siyosiy maqsadlarni koʼzlovchi 
boshqa jamoat tashkilotlari va birlashmalarning faoliyati bilan aloqador bo’lmasliklari 
lozim. 
Harbiy xizmatchi quyidagilarga: 
— Harbiy qasamyodga sodiq qolishga, oʼz xalqiga fidoyilarcha xizmat qilishga, 
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi va hududiy butunligini matonat, mahorat 
bilan, oʼz soʼnggi tomchi qoni va hatto hayotini ayamasdan himoya qilishga, harbiy burchni 
bajarishga; 
— oʼz davlati konstitutsiyasiga va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, harbiy nizomlarning 
talablarini bajarishga; 
— Oʼzbekistan Respublikasini himoya qilish bo’yicha vazifalarni bajarish bilan bogʼliq 
harbiy xizmat mashaqqatlariga sabot bilan chidashga; 
— harbiy kasb bilimlarini muntazam egallashga, oʼz o’quvi va askariy mahoratini 
takomillashtirishga; 
— oʼziga ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikani bilish va ishlatishga doimiy 
shaylikda saqlashga, harbiy mulkni asrashga; 
— halol, intizomli, jasur bo’lishga, harbiy burchni ijro etish chogʼida oqilona tashabbuslar 
koʼrsatishga; 
— komandirlarga (boshliqlarga) soʼzsiz bo’ysunish va ularni jangda himoya qilishga, harbiy 
qism Jangovar Bayrog’ini qo’riqlashga; 


— askariy birodarlikni eʼzozlashga, oʼz hayotini ayamasdan oʼrtoqlarini xavf-xatardan 
qutqarishga, ularga soʼz va ish bilan yordam berishga, har birining or-nomusi va qadr-
qimmatini hurmat qilishga, oʼziga va boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʼpollik va 
tahqirlashlarga yo’l qo’ymaslikka, ularni noloyiq, qilmishlardan tiyib qolishga
— askariy yurish-turish odobi qoidalariga rioya qilishga va harbiycha salom berishni 
bajarishga, har doim rusum bo’yicha, ozoda va saranjom kiyinishga majburdir. 
229. 
Harbiy qismda vaqtning taqsimlanishi uning doimiy jangovar shayligi ta’minlanadigan 
va shaxsiy tarkib jangovar o’quvini uyushgan holda o’tkazish sharoitlari yaratiladigan, 
tartib, harbiy xizmatchilarning harbiy intizomi va tarbiyasi saqlanadigan, ularning 
madaniyat darajasi oshiriladigan, har tomonlama maishiy xizmat ko’rsatiladigan, o’z 
vaqtida xordiq va ovqat beriladigan darajada amalga oshiriladi. 
Ofitserlar, praporshchiklar, shartnoma asosida harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy 
xizmatchilar va harbiy xizmatchi ayollarning haftalik xizmat vaqtining umumiy 
davomiyligi, odatda, qonunlarda belgilab qo’yilgan ish vaqti davomiyligiga muvofiq kelishi 
lozim. Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar xizmat vaqtining davomiyligi harbiy 
qismning kun tartibi bilan belgilanadi. 
Harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishga dam olish va bayram kunlarida jalb etilgan 
ofitserlar, praporshchik va shartnoma asosida harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy 
xizmatchilarga harbiy qism (bo’linma) komandirining xizmat manfaatlari inobatga olingan 
qaroriga ko’ra haftaning boshqa kunlarida dam beriladi. Dam olish davomiyligi dam olish 
va bayram kunlarida xizmatda o’tkazilgan vaqtdan oshmasligi shartdir. 

Download 373.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling