Bilan tasdiqlangan
Bir va ikki sherengali saf
Download 373.91 Kb. Pdf ko'rish
|
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI
11.
Bir va ikki sherengali saflar jipslashishi yoki yoyilishi mumkin. Tig’iz sherengali safda turgan harbiy xizmatchilarning tirsagi orasidagi masofa bir kaft sig’adigan darajada bo’ladi. Yoyiq sherengali safda turgan harbiy xizmatchilar orasidagi masofa bir qadam yoki komandir ko’rsatma bergan uzunlikda bo’ladi. 12. Kolonna — harbiy xizmatchilar va bo’linma (mashina)lar Nizom yoki komandir belgilab qo’ygan oraliq masofani saqlagan holda oldinma-keyin turadigan saf. Kolonnalar ikki, uch, to’rt nafardan va undan ko’p ham bo’lishi mumkin. 13. Yoyiq saf — unda bo’linmalar bir yoki ikki sherenga (mashinalar liniyasi)ga yoki kolonnalar liniyasiga Nizom yoki komandir belgilab qo’ygan oraliq, masofani saqlagan holda tiziladi. Yoyiq saf tekshirish, hisob-kitob, ko’rik ishlari, parad, shuningdek, boshqa zarur hollarda qo’llaniladi. 14. Yurish safi — unda bo’linma kolonnaga tiziladi yoki bo’linmalar Nizom yoki komandir belgilab qo’ygan oraliq masofani saqlagan holda kolonnalarga tiziladi. Yurish safi bo’linmalarning marshni bajarishi, tantanali marsh va ashula bilan o’tishi kabi bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, shuningdek, boshqa hollarda qo’llaniladi. 15. Yetakchi — ma’lum bir yo’nalish bo’yicha harakat qiluvchi ilk harbiy xizmatchi (bo’linma, mashina). Qolgan harbiy xizmatchilar (bo’linmalar, mashinalar) yetakchiga qarab o’z harakat yo’nalishini belgilab olishadi. Tamomlovchi — kolonnaning oxirida yuruvchi harbiy xizmatchi (bo’linma, mashina). 25. Komandirning majburiyatlari jumlasiga: saf tortish joyi, vaqti, tartibi, harbiy kiyim va aslaha rusumi, shu jumladan qanday qurol- aslaha va harbiy texnika bilan qurollanishni belgilash, zarurat bo‘lsa, ko’zatuvchi tayinlash; o‘z bo‘linmasiga (harbiy qismiga) qarashli bo‘ysunuvchilar, qurol-aslaha, harbiy texnika, o‘q-dori, shaxsiy himoya vositalari va ko‘makchi asbob-uskunalarni tekshirib chiqib, safdagi sonini bilish; bo‘ysunuvchilarning tashqi ko‘rinishi, shuningdek, ularning egnidagi aslaha va anjomlar soni va tanasiga to‘g‘ri moslashtirilganini tekshirish; saf intizomini saqlab borish, bo‘linmalardan komanda va signallar, harbiy xizmatchilardan safdagi majburiyatlar aniq bajarilishini talab qilish; yerda turib komanda berayotganida qaddini rostlab turish; saf tortgan bo‘linmalarning qurol-aslaha va harbiy texnikasini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish, odam tashish uchun mo‘ljallangan texnika soni va uning sozligini, tashiladigan (shatakka olinadigan) moddiy vositalar va mulkning transportga to‘g‘ri taxlanganini tekshirib chiqish, shaxsiy tarkibga xavfsizlik qoidalarini eslatib o‘tib, yurish davomida belgilangan distansiya, harakat tezligi va qoidalariga amal qilish kiradi. Download 373.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling