Bilan tasdiqlangan
Download 373.91 Kb. Pdf ko'rish
|
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI
SAF NIZOMI.
1. Saf — harbiy xizmatchilar, kichik bo’linmalar va qismlarning Nizomga ko’ra piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joylashuvi. 2. Sherenga (yonma-yon qator) — harbiy xizmatchilarning belgilangan oraliq masofani saqlagan holda bir chiziqda yonma-yon saf tortishi. Mashinalarning bir chiziqda yonma-yon saf tortishi. 3. Qanot — safning o’ng (chap) chekkasi. Saf bir tomondan ikkinchi tomonga burilgan vaqtda qanotlar nomi o’zgarmaydi. 4. Old — safning harbiy xizmatchilar yuzlanib turgan (mashinalarning old) tomoni. 5. Orqa — oldga qarama-qarshi tomon. 6. Interval — safda yonma-yon turgan harbiy xizmatchilar (mashinalar), bo’linmalar va qismlar o’rtasidagi oraliq masofa. 7. Distansiya — safda oldinma-keyin turgan harbiy xizmatchilar (mashinalar), bo’linmalar va qismlar o’rtasidagi oraliq masofa. 8. Safning eni — qanotlar o’rtasidagi masofa. 9. Safning buyi — birinchi sherenga (oldinda turgan harbiy xizmatchi)dan so’nggi sherenga (oxirida turgan harbiy xizmatchi) orasidagi, mashinalar bilan turganda esa birinchi chiziqda (oldinda) turgan mashinalar bilan so’nggi (orqada) chiziqda turgan mashinalar o’rtasidagi masofa. 10. Ikki sherengali saf — unda bir sherengada turgan harbiy xizmatchilar ikkinchi sherengada turgan harbiy xizmatchilar o’rtasidagi (orqada turgan harbiy xizmatchining kafti oldinda turgan harbiy xizmatchining yelkasiga qo’yiladigan) masofa bir qadam uzunligida bo’ladi. Sherengalar birinchi va ikkinchi deb ataladi. Saf burilgan vaqtda sherengalarning nomi o’zgarmaydi. Qator — ikki harbiy xizmatchining ikki sherengada oldinma-keyin turishi. Agar birinchi sherengada turgan harbiy xizmatchining orqasida ikkinchi sherengada hech kim turmasa, bunday qator to’liqsiz hisoblanadi. Ikki sherenga orqaga burilgan vaqtda to’liqsiz qatorda turgan harbiy xizmatchi oldingi sherengaga o’tadi. Download 373.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling