Bilan tasdiqlangan
Texnik qo’riqlash vositalari bo’yicha qorovul boshlig’ining yordamchisi (operatori)
Download 373.91 Kb. Pdf ko'rish
|
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI
Texnik qo’riqlash vositalari bo’yicha qorovul boshlig’ining yordamchisi (operatori)
Texnik qo’riqlash vositalari bo’yicha qorovul boshlig’ining yordamchisi (operatori) qorovul boshlig’iga (operatori, bundan tashqari qorovul boshlig’i yordamchisiga) bo’ysunadi va texnik qo’riqlash vositalarining belgilangan tartib asosida ishlashini ta’minlashga, texnik qo’riqlash vositalari to’g’ri ishlayotgani to’g’risida xabarni o’z vaqtida qorovul boshlig’iga yetkazib turishga, texnik qo’riqlash vositalari bilan jihozlangan obyektlarni qo’riqlashni to’g’ri tashkil qilishga, qorovulxonada joylashgan apparatlarning to’g’ri saqlanishiga javob beradi. U quyidagilarga majburdir: — texnik qo’riqlash vositalari bilan jihozlangan obyektlarni qo’riqlashning o’ziga xos tomonlarini bilishga va bu vositalarning belgilangan tartib asosida ishlashini ta’minlashga; — qorovullar almashuvi paytida hujjatlarni qabul kilib olishga, texnik qo’riqlash vositalarining ishga yaroqliligini, zarur bo’lsa, ishlayotganini tekshirishga va bu haqida qorovul boshlig’iga axborot berishga; — navbatchilik paytida doimiy ravishda texnik qo’riqlash vositalari singallarini qabul qiluvchi apparatni kuzatib turishga va ularning ishini nazorat kilib, jurnalga yozib borishga; texnik qo’riqlash vositalari ishlamay qolganda yoki butunlay ishdan chiqqanda bu haqida zudlik bilan qorovul boshlig’iga xabar berishga; — o’rnatilgan tartibga asosan va qorovul boshlig’ining ruxsati bilan nazorat-qo’riqlash guruhi safida texnik qo’riqlash vositalarining holatini tekshirishga; soqchi qo’yish yo’li bilan qo’riqlanayotgan obyektlarni tekshirish qorovul boshlig’ining yordamchisi yoki tegishli tarqatuvchi kuzatuvida amalga oshiriladi. — nazorat-qo’riqlash guruhi qaytgach postlarning, texnik qo’riqlash vositalarining holati haqida, kamchiliklar va ularni tuzatish yo’llari haqida qorovul boshlig’iga axborot berishga; — elektr xavfsizligi talablarini bajarishga. 169. Qorovul boshlig’ining texnik qo’riqlash vositalari bo’yicha yordamchisi (operatori)ning signal qabul qiluvchi apparatlar oldidagi navbatchiligi o’zining ahamiyati va mas’uliyati jihatidan soqchining postdagi xizmati bilan tengdir. Navbatchilik paytida unga apparatlarni kuzatuvsiz qoldirish va xizmatni o’tashdan chalg’ish taqiqlanadi. Download 373.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling