Bilan tasdiqlangan


  Soqchi o’ziga yoki qo’riqlanayotgan obyektiga aniq hujum bo’lgan hollarda  ogohlantirishsiz qurol ishlatishga majbur.  185


Download 373.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana16.04.2023
Hajmi373.91 Kb.
#1358284
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI

184. 
Soqchi o’ziga yoki qo’riqlanayotgan obyektiga aniq hujum bo’lgan hollarda 
ogohlantirishsiz qurol ishlatishga majbur. 
185. 
U qorovul boshlig’i, qorovul boshlig’i yordamchisi, o’zining tarqatuvchisi va ular 
kuzatuvida kelgan shaxslardan boshqa postga yoki taqiqlangan chegaraga yaqinlashgan 
barchani baqirib «To’xta, orqaga» yoki «To’xta, o’ngdan (chapdan) aylanib o’t» deb 
to’xtatishga haqli. 
Agar postga yoki taqiqlangan chegaraga yaqinlashayotgan tartibbuzar uning bu talabini 
bajarmasa, soqchi uni «To’xta, otaman» deb ogohlantiradi va zudlik bilan qorovul 
boshlig’ini yoki tarqatuvchini chaqiradi. Agar tartibbuzar shunda ham post va taqiqlangan 
chegaraga yaqinlashishda davom etsa, soqchi patronnikka patron yuboradi, osmonga qarab 
ogohlantiruvchi o’q uzadi. Tartibbuzar shunda ham uning talabini bajarmasa va postga 
kirishga (taqiqlangan chegarani kesib o’tishga) harakat qilsa yoki qochishga urinsa, soqchi 
unga nisbatan qurol ishlatadi. 
186. 
Ko’rinish yomon bo’lganda post raqamida ko’rsatilgan masofadan postga va 
taqiqlangan chegaraga yaqinlashganlar ko’rinmay qolganda soqchi ularni «To’xta, kim 
kelayapti» deb baqirib To’xtatadi. Agar javob bo’lmasa, soqchi uni «To’xta, otaman» deb 
ogohlantiradi va ushlaydi. Ushlangan tartibbuzar haqida qorovulxonaga xabar beradi, uning 
o’zini tutishini kuzatadi, shu bilan birga diqqatini bo’lmay, o’ziga biriktirilgan postni 
qo’riqlashda davom etadi. 
Soqchi baqirganda «qorovul boshlig’i (qorovul boshlig’ining yordamchisi, tarqatuvchi) 
kelayapti» degan javob bo’lsa, soqchi quyidagicha buyruq beradi: «Qorovul boshlig’i 
(qorovul boshlining yordamchisi, tarqatuvchi) mening oldimga, qolganlar joyida qolsin». 
Zarurat bo’lsa soqchi o’ziga yaqinlashayotgan shaxsdan yuzini yoritishni talab qiladi. 
Soqchi o’ziga yaqinlashayotgan shaxs haqiqatdan ham qorovul boshlig’i (qorovul 
boshlig’ining yordamchisi, tarqatuvchi) ekanligiga ishonch hosil qilgach, qolganlarni ham 
o’z oldiga qo’yadi. 
Agar o’zini qorovul boshlig’i (qorovul boshlig’i yordamchisi, tarqatuvchi deb tanishtirgan 
shaxs boshqa kishi bo’lsa va u bilan birga kelganlar soqchining «qolganlar joyida qolsin» 
degan talabini bajarmasa, soqchi baqirib «To’xta, otaman» deya ogohlantiradi. 
Tartibbuzarlar soqchining bu talabini bajarmasa, ularga nisbatan qurol ishlatadi. 
187. 
Qo’riqlanayotgan obyektni va o’zini himoya qilish uchun qo’l jangiga kirishga to’g’ri 
kelsa, soqchi qo’ndoq va nayza bilan bemalol harakat qilishi kerak. 
188. 
Postda yong’in chiqqanda soqchi bu haqda zudlik bilan qorovulxonaga xabar beradi va 
o’zi qo’riqlayotgan obyektlarni kuzatishda davom etgan holda yong’inni o’chirish 
choralarini ko’radi. Qo’riqlanayotgan obyektning texnik hududida yoki ichki va tashqi 
devorlar bilan o’ralgan obyektlarda, shuningdek, post yaqinida yong’in bo’lsa, u bu haqda 
qorovulxonaga xabar beradi va postdagi xizmatini davom ettiradi. 



Download 373.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling