Bilan tasdiqlangan
Download 373.91 Kb. Pdf ko'rish
|
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat-o’tish joyi bo’yicha navbatchi. 297.
Navbatchi bo’linmalar.
274. Navbatchi bo’linmalar qorovullarni kuchaytirish yoxud o’t o’chirish paytidagi shoshilinch chaqiriq, tabiiy ofat yoxud boshqa falokat paytlarida tayinlanadi. Navbatchi bo’linmadan brigada qarorgohidan tashqarida xo’jalik ishlarini bajarish uchun foydalanish man etiladi. Navbatchi bo’linma brigada bo’yicha navbatchiga bo’ysunadi. 275. Navbatchi bo’linma uchun trevoga e’lon qilinganda (chaqiriq bo’yicha) u o’ziga belgilangan joyda saf tortadi va brigada bo’yicha navbatchining ko’rsatmasi bo’yicha ish ko’radi. Navbatchi bo’linmaga o’qlar faqat brigada bo’yicha navbatchining buyurishi bo’yicha beriladi. 276. Navbatchi bo’linma bilan mashgulotlar brigada qarorgohi yaqinida o’tkaziladi. Navbatchi bo’linma turgan joy va uni chaqirib olish tartibi brigada bo’yicha navbatchiga ma’lum bo’lishi shart. Nazorat-o’tish joyi bo’yicha navbatchi. 297. Nazorat-o’tish joyi bo’yicha navbatchi praporshchiklar yoxud serjantlardan tayinlanadi. U yetib kelayotgan (jo’nab ketayotgan) shaxslarning to’g’ri o’tkazib yuborilishi uchun, shuningdek, u yoki bu mulkning to’g’ri olib chiqilishi (olib kirilishi) yoxud tashib chiqilishi (tashib kirilishi) uchun javob beradi. Nazorat-o’tish joyi bo’yicha navbatchi brigada bo’yicha navbatchiga va uning yordamchisiga bo’ysunadi. Unga nazorat-o’tish joyi bo’yicha navbatchining yordamchilari bo’ysunadi. Eski va yangi navbatchilar navbatchilikni topshirish va qabul qilish to’g’risida brigada bo’yicha navbatchiga bildiruv beradilar. 298. Nazorat-o’tish joyi bo’yicha navbatchi: — tarqatishdan so’ng hujjatlar, uskunalar va jihozlarni (11-ilova) ro’yxatlar bo’yicha qabul qilishga; — brigadaga keluvchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish, brigada komandiri tomonidan ro’yxati tasdiqlangan shaxslarning ruxsati bilan va brigada bo’yicha navbatchining ko’rsatmalariga ko’ra bir martalik ruxsatnomalar berishga; — o’zi hujjatlarining to’g’riligiga shubhalangan kishilar to’g’risida brigada bo’yicha navbatchiga bildiruvga; — muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarning chiqishiga huquq beruvchi hujjatsiz, rusum bo’yicha kiyinmaganlarga va tashqi ko’rinishi isqirt bo’lganlarga, piyoda yo’sinda yurayotgan saflarga, tunda esa safning boshi va oxirida signal chirog’isiz, kundo’zi signal bayroqchalarisiz guruhlarga harbiy qism qarorgohidan chiqishga ruxsat bermaslikka; — nazorat-o’tish joyida bo’lish; brigada bo’yicha navbatchining ijozati bilan xizmat ishlari bo’yicha birrov chiqib ketayotganda o’z o’rnida yordamchisini qoldirishga; — o’z yordamchilari xizmatni to’g’ri o’tayotganini inspeksiya qilishga; — brigada komandiri va uning o’rinbosarlari yetib kelishi bilan ularni qarshi olish va ularga o’zini tanishtirishga majburdir. 299. Nazorat-o’tish joyi bo’yicha navbatchi o’z qismidan bo’lmagan ofitserlarni qarshi oladi va ularga o’zini tanishtiradi. M a s a l a n: «O’rtoq general-mayor, nazorat-o’tish joyi bo’yicha navbatchi serjant Yusupov». Shundan so’ng kelganlar haqida brigada bo’yicha navbatchiga zudlik bilan bildiradi. Download 373.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling