Bilet – 1, 8, 21 Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


Ishchi biznes reja qanday vazifani bajarishga qaratilgan?


Download 45.42 Kb.
bet17/17
Sana06.02.2023
Hajmi45.42 Kb.
#1171085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
biznes rejalawtiriw

5.Ishchi biznes reja qanday vazifani bajarishga qaratilgan?
Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy biznes-reja kabi tartibda va xuddi shu bo’lim va nomlardan iborat bo’lib, tavsiya qiluvchilarning fikricha, quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:
1. Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.
2. Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi hatti-harakatlar dasturini aniqlash.
3. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar variantlarini detalli ko’rib chiqish.
4. Ichki va tashqi tavakkalchiliklarni baholash.
5. Bozor muhitidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda ish holati nazoratini amalga oshirish.
Bugungi kunda korxonalar turli xil hisobot, reja, statistika, normativ va boshqa materiallardan foydalanadilar. Agar «bitta hujjat kam, bitta hujjat ko’p» tamoyiliga rioya qilinadigan bo’lsa berilayotgan tavsiya e’tiroz uyg’otmasligi mumkin. Biroq ma’lumki, gap sonda emas, balki biznes-rejalarning amalga oshishi, ularning real voqelikka mos kelishidadir. Korxona ikkita (rasmiy va ishchi) biznes-rejaga ega bo’lsada, biroq muvaffaqiyatga erishmasligi ham mumkin. Bitta, lekin korxona faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini hisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanish va kutilayotgan miqdorda foyda (daromad) olishga yo’naltirilgan real biznes-reja ko’proq muvaffqaiyatga erishishi mumkin


Download 45.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling