Tavakkalchilik nima va uning biznesga ta’siri
tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarining mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin
tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik;
ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik;
mahsulotlarni tashish va asrash jarayoni bilan bog‘liq tavakkalchilik;
tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik;
moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik;
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hususiyatdagi tavakkalchilik.
Tavakkalchilikni tug‘diradigan xavflarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning ba’zi birlari subyektning o‘z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi turlari unga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillarning ta’sirida yuzaga keladi.
5. Iqtisodiy tahlilning vazifalari
Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar
hisoblanadi:
• O‘rganilayotgan predmetga to‘g‘ri va xolisona baho berish. • Biznes-rejalar va me’yorlarni ilmiy-iqtisodiy asoslash va ularni
uzluksiz takomillashtira borish. • Biznes-rejalarning bajarilishini hamda me’yorlarga amal qilinishiga rioya etilganligini har tomonlama obyektiv o‘rganish. • Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanganlikka (ham alohida, ham birgalikda) baho berish.
• Korxonaning xo‘jalik va boshqa faoliyatlarini uzluksiz kuzatib borish va ular ustidan nazorat ishlarini (ham faoliyat davomida, ham
faoliyat yakunlangandan so‘ng) amalga oshirish. • Xo‘jalik faoliyatidagi foydalanilmagan tashqi va ichki omillarni
aniqlash va ularni miqdor jihatdan hisoblash. • Korxonalarni rivojlantirishga asos bo‘ladigan innovatsion
g‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash. • Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosini aniqlash.
• Qabul qilingan boshqaruv qarorlarining maqbulligini o‘rganish (Boshqaruvning ierarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo‘yicha).
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi samarali ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga olib
Do'stlaringiz bilan baham: |