Bilet – 15 Materialni suruvchi mexanizm


Kiyim razmerlarini belgilash. Bolalar razmeri. Tipologiyasini tuzish


Download 1.72 Mb.
bet2/5
Sana16.10.2020
Hajmi1.72 Mb.
#134047
1   2   3   4   5
Bog'liq
MASHARIPOVA NARGIZA AMINOVNA


2. Kiyim razmerlarini belgilash. Bolalar razmeri. Tipologiyasini tuzish

Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalashda esa gavdadan aniq olingan o'lchovlar ishiatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib, kiyim tikmoqchi bo'lgan kishi gavdasini o'lchashi kerak.

Bu ishni bajarayotganda odam tovonlarini juftlab, ikkala oyog'ida, gavdani tabiiy holatda bo'sh qo'yib, qo'llarini tushirib tinch turishi kerak. O’lchayotganda tor futbolka ustidan emas, balki gavdaga yopishib turmaydigan ich kiyim, masalan, kombinasiya ustidan o'lchanadi. O'lchashni boshlashdan oldin gavdada asosiy hisoblash nuqtalari - bel chizig'i va boshqalar belgilab olinadi. Buning uchun belga 70-90 sm uzunlikdagi rezinka belga gorizontal qilib ilgak yordamida biriktiriladi. O'lchayotganda santimetrli lentani tortmay va bo’shashtirmay, old tomondan tutashtiriladi. Yelka, qo'l, yubka uzunligi va boshqa o'lchamlarni gavdaning o'ng tomonidan o'lchash kerak. Agar yelka, bo'ksa va hokazolar simmetrik bo'lmasa, ikkala tomon ham o'lchanib, natijalar alohida yoziladi.

Aylana o'lchamlari to'la o'lchanadi, lyokin bu o’lchamning yarmi (elka, bilak, yelka qiyamasining kengligidan tashqari) yoziladi. Uzunlik o'lchamlari to'la yoziladi.

Razmer belgilari qisqartirib: aylana — A, yarim aylana — YaA, uzunlik— U, kenglik — K, balandlik — B deb yoziladi.

Gavdani o'lchashdan oldin hech narsani esdan chiqarmay to'g'ri o'lchash uchun o'lchash belgilari ro'yxati yozilgan qog'oz tayyorlab olishni maslahat beramiz.



Gavdani to'g'ri o'lchash usullari 22-rasmda ko'rsatilgan. Ularni razmer belgilarini shartli belgilanishi esa quyida yozilgan:

  1. Bo'yin ayianasi (BnA). Santimetrli lenta bo'yin nuqtasi va
    bo'yin asosidagi nuqta orqali o'mrov nuqtasigacha aylanib o'tadi.

  2. Ko'krakning birinchi ayianasi (KA,). Santimetrli lenta gavda
    on qismi bo'ylab, gorizontal qo'ltiq chuqurligining oldingi va ortki
    burchaklariga tegib, oldinda ko’krak bezlari asosining ustidan o'tadi.

  3. Ko'krakning ikkinchi aylanasi (KA2).Santimetrli lenta
    kuraklarning turtib chiqqan nuqtaiari bo'ylab, qoltiq chuqurligining
    oldingi va ortki burchaklariga tegib, oldinda ko'krakning turtib chiqqan
    nuqtaiari bo'ylab o'tadi.

1. Ko'krakning uchinchi aylanasi (KA3). Santimetrli lenta kurakning turtib chiqqan nuqtalari orqali tana atrofidan qat'iyan gorizontal o'tadi.

2. Bel aylanasi (B1A). Santimetrli lenta bel chizig'i darajasida eng
ingichka joydan tanani aylanib o'tadi.

3. Bo'ksa aylanasi (BkA). Santimetrli lenta tana atrofidan
gorizontal aylanib, lyokin qorinning turtib chiqqanini hisobga olib,
dumbaning turtib chiqqan nuqtaiari orqali o'tadi.

4. Bilak aylanasi (BA). Panja bilakka ulanadigan joyidan aylantirib
o'lchanadi.

5. Son aylanasi (SA). Sonning eng yuqori -qismidan dumba chiziqlaridan gorizontal ravishda aylantirib o'lchanadi.

6.Tizza aylanasi (TA). Oyoqni 90° bukilgan holatda tizza atrofidan
aylantirib o'lchanadi.

7.Gavdaning ort qismining kengligi (OrK). Gavda ort qismi bo'ylab
qo’
ltiq chuqurligining ortki burchaklari orasi gorizontal o'lchanadi.

8. Ko'krak kengligi 1 (KK1). Ko'krak bezlarining asosida ustidan
qo'ltiq chuqurligining oldingi burchaklari orasi gorizontal o'lchanadi
Bu nazorat qilish oichovidir.

9. Ko'krak kengligi 2 (KK2). Santimetrli lenta ko'krak bezlarining
uchlaridan qo'ltiq chuqurligining oldingi burchaklaridan hayolan
pastga tomon o'tkazilgan vertikal chiziqlar orasidan o'tadi.


10. Ko'krak markazi (KM). Ko'krakni turtib chiqqan
nuqtalarining orasi o'lchanadi.

11Yelka kengligi (YelK). Bo'yin asosining nuqtasidan yelka
nuqtasigacha o'lchanadi.

12Yelka aylanasi (YelA). Qo'lning yuqori qismidan aylantirib,
qo'ltiq chuqurliklarining burchaklariga taqab gorizontal o'lchanadi.

  1. Yeng uzunligi (YeU). Santimetrli lenta yordarnida yelka
    nuqtasidan qo'lini bir oz bukilgan tirsak nuqtasi orqali bilakgacha
    o'ichanadi. Bir vaqtda yengning tirsakkacha uzunligini ham belgilab
    olish kerak.

  2. Gavda ort qismining belgacha uzunligi (OrbU). Santimetrli
    lenta bo'yin asosidan kurak nuqtasi orqali belgacha umurtqa
    pog'onasigacha parallel ravishda o'tadi.

  3. Yelka qiyamasi uzunligi (YeQU). Bel chizig'i umurtqa chizig'i
    bilan kesishgan nuqtasidan yelka nuqtasigacha o'lchanadi.

  4. Gavdaning old qismi belgacha uzunligi (OlbU). Santimetrli
    lenta bo'yin asosi nuqtasidan ko'krak bezlarining uchlari orqali
    belgacha vertikal ravishda o'tadi.


17Ko'krak balandligi (KB). Santimetrli lenta bo'yin asosi
nuqtasidan ko'krak bezlarining uchlarigacha o'tadi.

18Yeng o'mizi uzunligi (Yeo'U). Bo'yin asosi yonida
loyihalanadigan yelka chokining eng yuqori nuqtasidan, qo'ltiq
chuqurligining ort tomon burchaklari darajasida o'tadigan
gorizontalgacha vertikal o'lchanadi.

  1. Kiyim uzunligi (KU). yettinchi bo'yin umurtqasidan istalgan
    uzunlik darajasigacha umurtqa bo'ylab, belga yopishib turadigan
    kiyimlarda bel buqilishini hisobga olib o'lchanadi (kiyim uzunligi
    ikkita o'lchamdan ham iborat bo'lishi mumkin KU=OrbU+YuUj.

  2. Yubka uzunligi (YuU). Beldan yon tomondan istalgan uzunlikgacha vertikal ravishda o'lchanadi.

21. Shim uzunligi (ShU). Beldan yon tomondan istalgan uzunlik darajasigacha vertikal ravishda o’lchanadi.

22 Bo'ksa balandligi (BkB). O'tirgan holatda bel darajasidan stulgacha yon tomon bo'ylab vertikal o'lchanadi.

O'lcham KYaA,, ga binoan kiyim razmeri (o'Ichami) aniqlanadi, razmerlar orasidagi farq - 2 sm bo'ladi (42, 44, 46 va hokazo). Rost (bo'y) lar orasidagi farq - 6 sm bo'ladi (146, 152, 158, 164, 170).

Gavdadan olingan o'lchovlar asosida chizma chizishdan oldin bu o"lchovlarning to'g'ri olinganligini tekshirib olish kerak.. Ko'krak yarim aylanasi - 2 orqa bo'lak kengligining yarmi, yeng o'mizi kengligi va old bo'lak kengligining yarmisi yig'indilariga teng bo'lishi kerak, ya'ni:

KYaAn = OrK + Yeo'K + OIK

Orqa bo'lak kengligining yarmi gavdadan olingan o'lchovdan olinadi.

Eng o'mizi kengligi yelka aylanasini 1/3 qismiga teng:

Eo'K = YelA:3

Old boiak kengligining yarmi gavdadan olingan o'lchovdan olinadi. Agar tenglik 1 sm va undan ko'pga farq qilib chiqsa, olchovlarni qaytadan olish kerak.

3. Oshxonada jixozlarning joylashtirishga qo`yiladigan talablar

Pechene qoliplari va hamirkeskichlar. Yoyilgan hamirni, har xil shaklda kesish uchun oq tunuka, alyuminiy va plastmassadan yasalgan hamirkeskichlardan foydalaniladi. Mexanik hamirkeskichlar ham keng tarqalgan. Ular turli aylanadigan g’ildirakcha yoki disk (turli shakllarda)lar yig’indisi va yog’och ruchkali sim romchadan iboratdir (8-rasm). G’ildirakchalar olinadi va osongina romcha o’qiga o’rnatiladi. Yoyilgan hamirni kontur shakllarda kesish uchun maxsus qoliplardan foydalanish ham qulay (9-rasm). 



Pechene uchun tayyorlangan hamir maxsus moslamali go’sht qiymalag’ichlano’tkaziladi. Go’sht qiymalag’ichdan chiqarilayotgan figurali tasmalardan mo’ljallangan shakllar hosil qilinadi.

Hamirni hozirda mexanizm va mashinalar yordamida tayyorlash mumkin. Buning uchun hamirni tayyorlash jarayonini ma’lum harakat manbayi orqali ishlaydigan va hamir qorgich ishchi organiga ega bo’lgan mashinalardan non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalanida tuliq foydalanilmoqda. Rasmda hamir tayyorlash jarayonida foydalaniladigan hamir qorish mashinasini tuzilishi va ishlash prinsipi ko’rsatilgan. 
Muzlatgichlar, sovitkichlar (ro’zg’orda ishlatiladigan). kamerasidagi zarur harorat + 6°S da 180 S gacha bo’lgan turli hajmdagi muzlatgichlar ishlab chiqariladi. Muzlatgichlar kompressnoy (bir yoki ikki kamerali), absorbsion, tormozlektrik xillari bor. Tashqi ko’rinishiga ko’ra polga va stolga o’rnatiladigan, osma, ko’chma (xaltatermos), kombinasiyalangan (shkaf ko’rinishida, shuningdek oshxona mebeliga o’rnatilgan) bo’ladi.

Muzlatgich oziq-ovqat yoki boshqa mahsulotlar atrofdagi muhit haroratdan past haroratda saqlanadigan inshoot yoki qurilma. Ro’zg’or va sanoat muzlatgichlari bor. ro’zg’or muzlatgichi tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari, taomlarni qisqa vaqt saqlash, sun’iy muz tayyorlash uchun ishlatiladi. U, asosan, korpus, shkaf va sovitish mashinasidan iborat. Sovitish mashinasining tipiga qarab, muzlatgichlar kompressorlik va absorbsion xillarga bo’linadi. Kompressorli muzlatgichlarda harakatlanuvchi mexanizmlar bo’ladi. Elektr energiyasi elektr dvigatelni ishlatishga sarflanadi, u esa kompressorni harakatlantiradi. Absorbsion muzlatgichda harakatlanuvchi mexanizmlar bo’lmaydi. Unda elektr qizdirgich yoki gaz gorelkasidan foydalaniladi. Bunday muzlatgich ancha noqulay bo’lgani uchun, asosan, kompressorli muzlatgichlar ishlatiladi. Muzlatgich har xil sig’imli qilib ishlab chiqariladi, Muzlatgich sig’imi uning geometrik hajmi bilann belgilanadi va l da o’lchanadi.

Ishlab chiqarishda ishlatiladigan muzlatgich oziq-ovqat korxonasi (g’o’sht, baliq, konserva kombinatlari, sut-yog’ zavodi) sostaviga kiradi va shu korxonaning ehtiyojini qondiradi. Taqsimlaydigan muzlatgich oziq-ovqat mahsulotlari zapaslarini saqlash va umumiy ovqatlanish korxonalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan. Sovitish kameralari, kuchli sovitish qurilmalari, trubo-prvvodlar, haroratni nazorat qilish va avtomatik rostlab turish asboblari bilann ta’minlanadi. Mahsulotlar sovitish va saqlash kameralarida harorat 0°S atrofida, muzlatish kameralarida esa -18°Sdan-23°S gacha bo’ladi. Muzlatilgan mahsulotlar-18°S da saqlanadi.

Kompression muzlatgichlarda kamera germetik sovitish agregati bilan sovitiladi. Unda sovitish agenti (freon) elektr dvigateli yordamida xarakatlanuvchi kompressor bilan sirkulyasiyalanadi. Freon zararsiz, alangalanmaydi va hidi yo’q. Sovitish agregati ixcham bo’lib, kam shovqin bilan ishlaydi, ishlatish vaqtida ishqalanuvchi detallarni almashtirish va moylash talab etilmaydi. Muzlatish kamerasida past harorat sovitish agregatining muntazam ravishda qisqa vaqt ishlashi natijasida hosil bo’ladi; bu esa elektr energiyani tejashga imkon beradi. Sovitish agregatini ishga tushirish va to’xtatish, kameradagi kerakli haroratni saqlab turish ko’p pozisiyali avtomatik termorostlag’ich vositasida amalga oshiriladi. Kompressor elektr dvigateli ortiqcha nagruzkadan avtomatik ishlaydigan issiqlik relesi bilan saqlanadi. Absorbsion muzlatgichlarda sovitish agenti sifatida elektr qizdirtichdan yoki gaz gorelkasidan ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga sirkulyasiyalanuvchi ammiak ishlatiladi. Bunda harakatlanuvchi mexanizmlarning bo’lmasligi muzlatgichlarning shovqinsiz ishlashini ta’minlaydi. Muzlatish kamerasining hajmi kichik bo’lganligi uchun unda mahsulotlarni muzlag’an holda saqlashga imkoniyat yuq. Gaz bilan ishlovchi muzlatgichlar foydalaiishda iqtisodiy jihatdan ancha qulay ishlaydi. Ular alanga bo’lmaganda gorelkaga berilddigan gazni avtomatik o’chiradigan qurilmaga ega. Termoelektrik (yarimo’tkazgichli) muzlatgichlarda yarimo’tkazgichli termoelementlar ishlatiladi. Ularda sovitish agregati va sovitish agenti bo’lmaydi. Ular shovqinsiz, ancha uzoq muddat ishlashi bilan boshqalaridan farq qiladi.

Xo’jalikda foydalaniladigan muzlatgichlar bilan bir qatorda avtomobillar uchun ularning akkumulyatorlari tokidan ta’minlanuvchi ko’chma muzlatgichlar ham ishlab chiqariladi. Ro’zg’or termostatlari (xalta-termoslar) da sovitilgan mahsulotlar saqlanadi. Termostatda harorat 10-12 soat davomida +10°S atrofida bo’ladi. Bunda issiqlik sig’imi katta bo’lgan maxsus suyuqlik bilai to’ldirilgan plastmassa xaltacha ko’rinishdagi sovuqlik akkumulyatorlari ishlatiladi. Termostatga mahsulot solishdan oldin akkumulyator 2-4 soat ro’zg’orda foydalaniladigan muzlatgichning muzlatish kamerasiga qo’yiladi. Bunday muzlatgichlar yozda shahar atroflariga dam olishga chiqishda qulay bo’lishi uchun so’mka (xalta) ko’rinishida ishlab chiqariladi. Ro’zg’orda ishlatiladigan muzlatgichlarning xizmat muddati 15 yil va undan ortiq.

Elektr muzlatgichlar do’kondan kelgan muxandistlar tomonidan, gazlisi esa gaz jihozlaridan foydalanish va ta’mirlash tuman idorasi muxandistlari tomonidan o’rnatiladi. Ishlab chiqarilgan muzlatgichlarga ishonchlilik belgisi qo’yiladi.

Sotib olingan muzlatgichlarlar haqidagi ma’lumotlarni uning pasporti va foydalanish bo’yicha yo’riqnomasidan olish mumkin.

4. Dazmollar va ulaming turlari.

Bir qarashda dazmolda murakkab va g‘aroyib xususiyatlar yo‘qdek. To‘g‘ri-da, kiyimni silliqlashda ishlatiladigan issiq temirga oid qanday yangiliklar bo‘lishi mumkin? Ammo bugungi dazmollar kechagidek emas. Matoni tekislovchi bir parcha yaltiroq temirga qanchadan-qancha qo‘shimcha funksiyalar qo‘shilgan. Bu gal oddiy, ammo turmushimizda o‘rni beqiyos ushbu buyum haqida hikoya qilamiz va maslahatlar beramiz.



Taxlanadigan dazmol



  1. Download 1.72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling