Билет № 18
1.Atipik pnevmaniyalar. Etiopatogenezi. Tasnifi. Klinik belgilari. Tashxisot mezonlari. Qiyosiy tashxis. Davosi. Profilaktikasi.
2.
Vaziyatli masala
Bemor 6 yosh . Kasalxonaga kindik atrofidagi og’riq, ich ketishi, ich qotishi,ishtahasining buzilganligi va ko’ngil aynashi kabi shikoyatlar bilan murojat qildi. O’zini 2 yildan beri kasal deb xisoblaydi. Tana og’irligi 22 kg. Og’iz burmalarida yorilishlar, tili yaltiroq. Ko’krak qafasi organlari O’zgarishsiz. qorni kattalashgan, qornida g’uldirashlar, kindik atrofida og’riqlar. Jigar 2,0 sm ga kattalashgan.
Topshiriqlar.
1. Sizning taxminiy tashxisingiz.
2.Tekshirish usulari.
3..Davolash taktikasi.
Билет № 19
1.Norevmatik karditlar. Etiopatogenezi. Tasnifi. Davosi. Profilaktikasi.
2.
Vaziyatli masala
11 yoshli qiz bola klinikaga quyidagi shikoyatlar bilan murojaat qildi: tez charchash, holsizlik.Ona so`zidan bola 7 yoshda avtoxalokatdan so`ng reanimasiya bo`limida davolanib chiqqan. 8 yoshligida jigari kattalashgan, qon tahlilida ALAT ASAT 2.5 marta normadan oshgan. Serologik tekshiruvda HBsAg, anti-HB umumiy, anti-HAB IgM xar doim manfiy bo’lgan.Yashagan joyida quyidagi diagnoz bilan surunkali vir. gepatit "A" va ”B” bilan davolangan va quyidagi dorilarini qabul qilgan (essensiale, jelchegon dori vositalari). Kelganda: ahvoli o`rtacha og`irlikda. Yuz va qo`l terisida teleangioektaziyalar bor. Tomog`i toza, o`pka va yurak o`zgarishsiz. Qorni yumshoq, palpasiyada o`t pufagi sohasida yengil og`riq bor. Jigar qattiq, o`ng qovurg`a yoyidan 2,5 sm, taloq - 0,5 sm chikib turibdi.
Bioximik qon tahlilida: umum. bilirubin - 10 mmol/l, bog’langan - 5 mkmol/l, AlAT - 1,7 mmol/l, AsAT - 1,5 mmol/l, oqsil - 65 g/l, timol probasi - 10 yed, sulema probasi- 1,4 yed. Serologik virus markerlar: HBsAg (-), anti-HB umumiy (-), anti-HDB (-), anti-HCB (+).
UTTda: jigar kattalashgan, mayda o’choqli strukturalar xisobiga uning exogenligi oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |