bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon


Download 1.54 Mb.
bet12/45
Sana30.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1411827
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

1-savolga javob:
Paleontologiya dalillariga ko‘ra prokariot hujayralar bundan 3,5 mlrd. yil avval paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Birmuncha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan eukariot hujayralar proka riot lardan kelib chiqqan deb faraz qilinadi. Bu taxminlarni tushuntiruvchi bir qator gipotezalar mavjud.Simbioz gipotezasi.Simbioz ikki va undan ortiq turlarning birgalikda yashashidir. Bunda ular bir-birlari bilan hamkorlik qilib yashaydi. Hujayralar va hujayra ichida ham simbiotik munosabatlar mavjud. Xlorella deb ataluvchi yashil suv o‘ti, ayrim infuzoriyalar sitoplazmasida fotosintez jarayonini amalga oshiradi va xo‘jayin hujayrani ozuqa moddalar bilan ta’minlaydi. Simbioz gipotezasiga ko‘ra eukariot hujayra bir-biri bilan simbiot holda yashovchi, har xil tiplarga mansub, ko‘p hujayralardan hosil bo‘ladi. Gipotezada ta’kidlanishicha mitoxondriya va xloroplastlar mustaqil kelib chiqishga ega va prokariot hujayra sifatida paydo bo‘lgan. Masalan, mitoxondriyalar aerob prokariotlardan kelib chiqqan deyiladi. Yadroning paydo bo‘lishini xo‘jayin hujayraning DNKsi bilan bog‘liq degan taxmin mavjud. Yadro hosil bo‘lgandan so‘ng, uning membranalaridan endoplazmatik to‘r, Golji majmuasi va undan esa lizosoma hamda vakuola hosil bo‘lgan deyiladi. Bu taxminlarni isbotlovchi bir qator dalillar ham mavjud. Bularga mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNKning mavjudligi, ularning bo‘linishini prokariot hujayrani bo‘linishiga o‘xshashligi va boshqalar.Invaginatsiya gipotezasi. Bu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayraning ba’zi organellalari hujayraning tashqi membranasini invaginatsiyasi (sitoplazmaga botib kirishi) natijasida hosil bo‘lgan. Invaginatsiya gipotezasi eukariot hujayra ko‘p hujayralardan emas, balki bitta hujayradan kelib chiqqan deb tushuntiradi. Bu gipoteza xloroplast, mitoxondriya va yadroning qo‘sh membranalarining kelib chiqishini oson tushuntirib beradi. Boshqa yana bir gipotezaga ko‘ra eukariot hujayralar genomning ayrim elementlarini to‘planishi tufayli paydo bo‘lgan deyiladi. Bu gipotezaning asosida ham qandaydir prokariot hujayra bo‘lib, uning ko‘p genomlari ayrim pufakchalarga bo‘linib, hosil bo‘lgan qismlar ma’lum funksiyalarni bajarishga moslashgan. Ko‘p genomli taxmin haqiqatga yaqin bo‘lib, yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarni o‘xshashligi bilan isbotlanadi.

2-savolga javob:



“Nuklein kislotalar” degan atama lotincha “nukleus”, ya’ni yadro so‘zidan olingan. Nuklein kislotalar birinchi marta 1869- yilda shvetsariyalik vrach F.Misher tomonidan leykotsitlar yadrosidan topilgan. Nuklein kislotalar ikki xil bo‘ladi: DNk— dezoksiribonuklein kislota va RNk— ribonuklein kislota. DNkasosan hujayraning yadrosida, shuningdek mitoxondriya va plastidalar tarkibida uchraydi. RNkesa yadro, sitoplazma, mitoxondriya, plastida va ribosomalar tarkibida uchraydi. DNK.Barcha hujayralar – hayvon va o‘simliklar hujayralarida irsiy axborotni saqlovchi tuzilma rolini DNk bajaradi. DNk organik birikmalar ichida strukturasi jihatidan o‘ziga xos tuzilgan birikmadir. DNK qo‘sh spiral. DNK molekulasi bir-birining atrofida spiral bo‘lib buralgan ikkita zanjirdan iborat ekanligi ko‘rinib turibdi. DNK qo‘sh spirali o‘rtasidagi masofa 2 nm atrofida
bo‘ladi. uning uzunligi esa bir necha o‘n ming hatto bir necha yuz ming nanometrga yetishi mumkin. DNkspiralidagi qo‘shni nukleotidlar orasida masofa 0,34 nm ga teng bo‘ladi. har bir DNk molekulasi polimer bo‘lib, uning monomerlari nukleotidlardir. Nukleotid tarkibi uchta modda azotli asos, uglevod (dezoksiriboza) va fosfat kislotasi qoldig‘idan iborat kimyoviy birikmadir. DNkmolekulasi to‘rt xil nukleotidlarni birikishidan
hosil bo‘lgan. Nukleotidlar bir-biridan faqat azotli asosi bilan farq qiladi. RNK. RNk molekulasi ham DNkmolekulasi kabi polinukleotid zanjirdir, lekin DNkdan farq qilib, RNkmolekulasi bir zanjirli bo‘ladi. Xuddi DNkdagidek, RNkstrukturasi ham to‘rt xil nukleotidlarning navbatlashib borishi bilan yuzaga keladi, lekin RNknukleotidlarining tarkibi DNknukleotidlaridan bir oz farq qiladi, ya’ni RNkdagi uglevod dezoksiriboza emas, balki ribozadir, ribonuklein kislota degan so‘z ham RNkuglevodidan kelib chiqqan. RNk tarkibida ham azotli asoslar A,G,C bo‘ladi lekin azotli asos timin bo‘lmaydi uning o‘rniga tuzilishi jihatidan yaqin turadigan uratsil (u) bo‘ladi. hujayrada RNkning bir necha xili bo‘ladi. ularning hammasi oqsil sintezida ishtirok etadi. Birinchi xili – transport RNk(t-RNk) dir. t-RNkaminokislotalarni o‘ziga biriktirib olib, oqsil sintezlanadigan joyga tashib beradi. Ikkinchi xili – informatsion RNk(i-RNk)dir. i-RNk ning vazifasi DNkdagi oqsilning birlamchi strukturasi to‘g‘risidagi axborotni oqsil sintezlanadigan joyga – ribosomaga yetkazib beradi. Uchinchi xili – ribosom RNk(r-RNk)dir. r-RNkribosoma tarkibida bo‘lib, uning vazifasi oqsil molekulasini yig‘ishdir.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling