bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon


Download 1.54 Mb.
bet13/45
Sana30.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1411827
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

3-savolga javob:

Loviya urug`i uzunligi

cm

0,9

0,95

1

1,2

1,3

1,4

1,41

Urug`lar soni

dona

1

2

1

1

3

1

1






No`xat urug`i uzunligi

cm

0,5

0,6

0,7

0,8

0,9

Urug`lar soni

dona

3

2

2

2

1



Bug`doy boshoqlari uzunligi

cm

8

9

10

11

12

boshoqlar soni

dona

3

2

2

2

1



9-BILET


1.Hayvonlar dunyosi. Hayvonlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati nimalardan iborat?
2.Oqsil biosintezi. Transkripsiya va translyatsiya jarayonlarini quyidagi rasmdan foydalanib tushuntirib bering.

3. 810 g glyukoza fermentlar ishtirokida anaerob va aerob sharoitda bosqichma bosqich parchalandi. Ushbu jarayonda ATF da to‘plangan energiyani kJ da aniqlang.
1- savol javobi
Hayvonlar o‘simlik va zamburug‘larga o‘xshash hujayraviy tuzilishga ega. Kimyoviy tarkibi va boshqa ko‘pgina xususiyatlarda (moddalar almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik) umumiylik mavjud. Shu bilan birga hayvonlarning o‘simliklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari ham ma’lum. Ulardan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. Ko‘pchilik o‘simlik avtotrof organizmlar hisoblanadi. Hayvonlar esa geterotroflardir. Ba’zi hayvonlar faol harakatlanish xususiyati bilan ham ajralib turadi. o‘simliklar harakati esa odatda ko‘zga tashlanmaydi. Hayvonlar hujayrasi o‘simliklardagi kabi sellulozali qobiq va vakuolalarga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha hayvonlarga taalluqli deb bo‘lmaydi. o‘simlik va hayvonlar o‘rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdodlari umumiy ekanligini bildiradi. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini o‘simliklar ha yotida ko‘rish mumkin. Gulli o‘simliklarning changlanishi yoki urug‘ va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Hayvonlar har-xil ozuqa zanjirlari tarkibida ishtirok etib, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi turlar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat qiladi. Hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar tuproq tuzilmasini shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda tuproqning suv va havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. o‘simlik qoldig‘i va hayvon jasad larini parchalovchi orga nizmlar muhim sanitar ahamiyatga ega. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — biofiltrorganizmlardir. Hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonni har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarning turlari uy hayvon zotlarini yaxshilash uchun xizmat qiluvchi genofondni saqlaydi.
Ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida turli zararkunandalarni yo‘qotishda katta rol o‘ynaydi.Biroq hayvonlarning ayrimlari zararlidir. Masalan, o‘simlik zararkunandalari qishloq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi: ular oziq-ovqat mah sulotlari zaxirasini yemiradi, jun, teri, yog‘ochdan tayyorlangan
materiallarni ishdan chiqaradi. Ko‘pchilik hayvon turlari havf li kasalliklar (bezgak, qichima va boshqalar)ni qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi (chivinlar, burgalar va hokazo) sifatida ishtirok etadi.Hayvonot dunyosi ikkiga ajratiladi:

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling