bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon


Download 1.54 Mb.
bet7/45
Sana30.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1411827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

2-savol javobi: rasmga izoh:
Yopiq urug‘li o‘simlik (gulli o‘simlik)larda urug‘lanish va urug‘ning rivojlanishini ko‘rib chiqamiz. Yopiq urug‘li o‘simliklarda erkak gametalari chang donachasida yetiladi. Chang donachasi ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi vegetativ hujayra, maydasi esa generativ hujayra deyiladi. Vegetativ
hujayra o‘sib uzun, ingichka naychani vujudga keltiradi. Generativ hujayra vegetativ naycha ichida ikkiga bo‘linib, ikkita spermiy hosil qiladi. Chang naychalari tez o‘sib, urug‘chidagi tumshuqcha hamda ustuncha
ichiga kiradi va tuguncha tomon yo‘naladi. Chang naychalari turli tezlikda o‘sadi. Lekin shulardan faqat bittasi boshqalaridan o‘zib ketib, tuguncha ichidagi urug‘kurtakka yetib boradi va uning ichiga kiradi. Spermiyning biri tuxum hujayra bilan qo‘shilib, diploid zigota hosil qiladi, undan murtak rivojlanadi. Ikkinchi spermiy markaziy diploid hujayra bilan qo‘shiladi va natijada yad rositriploid, ya’ni uchta gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan yadro li yangi hujayra bunyodga keladi. Undan endosperm rivojlanadi. Gulli o‘simliklardagi qo‘sh urug‘lanish hodi sasini 1898- yilda akademik S.G. Navashin kashf etgan, endospermning triploid tabiatini esa uning o‘g‘li M.S. Navashin 1915- yilda ochgan.
3-savolga javob:
O‘simlik bargida organik moddalarning hosil bo‘lishini o‘rganish.
Ma’lumki, o‘simlik barglarida hosil bo‘ladigan asosiy organik modda kraxmaldir. U quyosh nuri ta’sirida hosil bo‘ladi. Agar biron-bir usul bilan bargning ma’lum qismiga quyosh nurining ta’siri to‘sib qo‘yilsa, o‘sha joyda kraxmal hosil bo‘lmaydi. Bu hodisani quyidagi tajribada tekshirib ko‘rish mumkin.

  • Asbob va materiallar: etil spirti, yodning 1 % li eritmasi, yorongul xona o‘simligi, ochiq joyda o‘sayotgan barg sathi katta birorta o‘simlik (otquloq yoki chinor daraxti).

  • Ish tartibi:

1. O‘simlik bargini ostki va ustki tomonini to‘sadigan qora qog‘oz olib, har ikkala tomonidan bir xil ko‘rinishga ega shakl (uchburchak, to‘rtburchak) kesib olinadi va u bilan bargga qistirg‘ichlar yordamida biriktirib qo‘yiladi.
2. Oradan 2 soat o‘tgandan keyin barg kesib olinadi, qog‘oz olib tashlanadi va qaynab turgan suvda 2–3 daqiqa ushlanadi, so‘ngra pigmentlardan tozalash uchun spirtga solinadi, keyin spirtdan olib suvda yuviladi.
3. So‘ngra bargni yod eritmasi solingan idishga olamiz. Shisha tayoqcha yordamida barg tekislansa bargning ochiq joyida ko‘k rangli dog‘ hosil bo‘lganini ko‘ramiz. Bargni yopib qo‘yilgan joylari rangsiz bo‘ladi, chunki kraxmal hosil bo‘lmaydi.
Quyosh nuri ta’sirida o‘simliklarning yashil barglarida karbonat angidrid bilan suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo‘lishi fotosintez deb ataladi. o‘simliklarning fotosintez jarayoni Yer yuzida quyosh energiyasini organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantiruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi. o‘simliklarning kosmik ahamiyati ham ana shundadir. Bu jarayonda hosil bo‘ladigan organik birikmalar tirik organizmlar uchun ozuqa va energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga fotosintez jarayoni atmosferani erkin kislorod bilan ham boyitadi. Fotosintez jarayonini o‘rganish qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olishga ham imkon yaratadi.


6-BILET
1. Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari va tiriklikning tuzilish darajalarini tushuntirib bering.
2. Odam genetikasini o‘rganish usullari va odamda uchraydigan irsiy kasalliklar haqida ma’lumot bering.
3. Hujayrani kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar haqida ma’lumot bering. Mikroskopni ishchi holatiga keltiring. O‘simlik to‘qimasidan vaqtinchalik preparat tayyorlang va uni mikroskopda kuzating.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling