bilet “Bu yurt barchamizninki” matnini o’qing va mazmunini ochib beradigan ta savollar tuzing


Download 89.71 Kb.
bet1/28
Sana03.01.2023
Hajmi89.71 Kb.
#1076432
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
9 sinf imtihon javoblari o\'zbek tili kkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk






1-BILET
1. “Bu yurt barchamizninki” matnini o’qing va mazmunini ochib beradigan 5 ta savollar tuzing.
Bu yurt – barchamizniki
O‘zbekiston tuprog‘ida qadimdan turli elat va qabilalar, millatlar yashagan. Bular sak, massaget, eroniy (forslar), turk, qipchoq, qarluq, qo‘ng‘irot, mang‘it, uyg‘ur, tatar kabi yuzga yaqin nomlar bilan yuritilgan. Ular birgalikda mehnat qilishgan, yurt ozodligi uchun kurashganlar. Tarixdan bunga ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yashovchi millatlar o‘rtasida do‘stlik yanada mustahkamlandi. Yurtimizda turli millat vakillari ahil va inoq yashashmoqda. O‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik,turkman, tatar, koreys kabi turli millat vakillari bir jamoada ishlashsa, bir-birlariga mehribon bo‘lishsa, qanday yaxshi! Millatlar, xalqlar do‘stligi yengilmas kuchdir. Bu tinchlik va farovonlik ramzi hamdir.
O‘zbekistonda tug‘ilgan, unda yashayotgan har qaysi millat vakili shu yurtning farzandi hisoblanadi. Demak, bu yurt barchamiznikidir. Shuning uchun uning istiqboli, yer-u mulki, obodligi ham barchamizga birday daxldor.
1. Qadimda shu zaminimizda qanday elat va qabilalar, millatlar yashagan?
2. Turli millat vakillari bo’lib vatani ucun nima qilishgan?
3. Bugungi kunda yurtimizda qanday millatlar yashamoqda?
4. Ko’p millatli yurtimizning ramzi nimada?
5. Yurtimiz diyorida barcha millat vakillari uchun shu Vatan qanchalik daxldor?


2. O‘rin holi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? O‘rin holi ishtirokida gap tuzing
Ish harakatning o’rnini bildirib, qayerga? qayerdan? qayerda? Kabi so’roqlaridan biriga javob bo’lgan gap bo’lagi o’rin holi deyiladi.

  • Tog’ yon bag’rida qo’ylar o’tlab yurishibdi. Soy tomonga chopib ketdi.



3. “O‘zbekiston askari” she’rini yoddan aytib bering


Download 89.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling