1. Yaxshilik, jamiyat, sha’n, , ziyon, haqgo‘y, kamtar, vijdonli, taqdir ; so’zlarini o’z ona tilingizga tarjima qiling va ta’rif bering.
2. Matndan donolar fikrlarini topib, sharhlang
2. Berilgan gapda harakatning bajaruvchisini toping.
Gulnoza a’lo baholarga o‘qiydi. Navoiy yozgan asarlar butun dunyoga mashhur.
Nima qilmoq? Nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, shaxsi yoki narsaning harakati, holatini bildirgan so’z turkumi fe’l deyiladi. Masalan: Ishni bajarmoq, hovliga qirmoq.
Fe’llardan anglashilgan harakat-holat ma’lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi.
3. “Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma” maqolini qanday tushunasiz?
Inson qo’lidan yaxshi ishlarni qilish kelmasa o’zgalarga yomonlik qilmasligi darkor. Chunki yomonlik qilmagan inson ham, yaxshilik qilgan inson bilan barobardir!...
(o’quvchining shaxsiy fikri)
5-BILET
1. “Burch” matnini o’qing, mazmunini so’zlab bering va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
Burch
Burch har bir kishining o‘z vazifalarini to‘liq bajarish, odamlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni ifoda etadi. Burch shaxsning jamiyatga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi.
Aql-zakovat, tafakkur asosida va ularga tayanib o‘z burchini bajarish faqat insongagina xos. Burch shaxsning axloqiy faoliyatini ifodalovchi mas’uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘z burchiga sodiqlik har bir kishiga obro‘ hamda shon-sharaf keltiradi. Har bir insonning o‘z burchiga sodiqligi o‘ziga, jamiyatga, Vatanga, oilaga, farzandlariga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Burch – muqaddas. Burchga sodiqlik Vatanga sodiqlikdir. O‘z burchiga sodiqlik har bir kishining odobi, axloqini ifodalaydi, ammo o‘z burchini bajarmagan kishilar xalq orasida hurmat topmaydi. Burch o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, balki tarbiya jarayonida kamol topadi. Burchni tarbiyalash jarayonida o‘z-o‘ziga talabchanlik rivojlanadi. Natijada har bir kishida o‘z ishiga, bilimiga va kuchquvvatiga ishonch qaror topadi. O‘z burchini bilgan kishi o‘zining to‘g‘riligi bilan ishdagi kamchiliklarni ochib tashlaydi hamda nojo‘ya harakat qilayotgan kishilarga murosasiz bo‘ladi. Burchiga sodiq kishi birovlarni ranjitmaydi, boshqalarni xafa qilmaydi va sabr-toqatli bo‘ladi.
1. Aql-zakovat, tafakkur so‘zlarini qanday tushunasiz?
2. Burch nima? U qanday namoyon bo‘ladi?
3. Kishiga nima sharaf keltiradi?
4. Qanday kishilar hurmat topmaydi?
5. Burch qanday shakllanadi?
6. Burchiga sodiq kishilar qanday bo‘ladi?
2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling va hollarni toping.
Bizning oilamiz Toshkentda yashaydi. Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik bo‘lsin. (o’z ona tilingizga tarjima qiling / o’rin holi)
3. N. Hasanovaning “O‘zbekiston askari” she’rini yoddan ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |