Y oqub Ahmedov
Yoqub Ahmedov Namangan shahrida tavallud topgan. Yoqub
Ahmedovni keng san’at muxlislariga ilk bor tanitgan obrazi Turob
To‘laning „Furqat“ badiiy filmidagi Furqat obrazi bo‘ldi. Shundan
keyin Yoqub Ahmedov ellikka yaqin obrazlar yaratdi. Yoqub Ahmedov
o‘zi yaratgan obrazlarning ichki dunyosini, o‘ziga xos xususiyatlarini
ko‘z qarashlar, imo-ishoralarda, yurish-turish orqali yorqin ko‘rsata
oladigan mohir aktyorlardandir. Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy,
Bobur, Furqat, Ali Qushchi, Abay kabi o‘tmishda o‘tgan buyuk olim-u
fozil kishilarning obrazlarini yaratish Yoqub Ahmedovga nasib etgan.
Shuningdek, „O‘zbekfilm“ kinostudiyasida dublyaj qilingan besh
yuzdan ortiq filmlarga ovoz berdi. Aktyor O‘zbekiston radiosida tayyorlangan qator radiospektakllarda faol qatnashdi, ayniqsa, uning „G‘azalxonlik“ eshittirishidagi chiqishlari, o‘zbek adabiyoti namoyandalarining o‘lmas g‘azallarini ajoyib ovozi bilan yoqimli tarzda o‘qishi, Yuneskoning Buyuk ipak yo‘li asosida yaratilgan „Har dardning davosi bor“ radiopostanovkasi tinglovchilarni maftun etib kelmoqda. Yoqub Ahmedov O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, „Do‘stlik“ ordeni va „Mehnat – shuhrat ordeni“ bilan taqdirlangan.
1. Yoqub Ahmedovning qanday filmlarini ko’rgansiz?
2. Aktyorlik san’atidan tashqari yana qanday ishlari bilan mashxur?
3. Qanday ordenlari bilan mashxur?
2. Ot-kesimlar qaysi so‘z turkumlari bilan hosil bo‘ladi. Misollar bilan tushuntiring
Ot kesim. Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov va b.) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalanadigan kesim ot kesim deyiladi. Kesimning ot bilan ifodalanishi. Ot kesim vazifasida ko‘pincha bosh kelishikdagi ot, ba’zan esa o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklardagi ot yoki ko‘makchi bilan qo‘llangan ot kelishi mumkin: Yoshning hurmati - qarz, qarining hurmati – farz. (Maqol).
So‘z ko‘rki - maqol. O‘sha kuni Norboy ota dalada edi.. Safaviylar ham o‘zimizning turkiy ulusdan. Ot bilan ifodalangan kesim nafaqat bosh kelishik shaklida, ba’zan jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklar shaklida bo‘lishi mumkin, hatto ko‘makchi orqali shakllangan bo‘lishi mumkin. Masalan: Ilmu hunar erga emas, elga. Haqiqat kuchda emas, kuch haqiqatda. Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun
3. Epidimiologik holat haqida nimalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |