Odob ziynati
Odob – inson ziynati. Bu ziynat insonning axloqiy xislatlarida namoyon bo‘ladi. Kamtarlik – insonning o‘z atrofidagilarga va o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatda ortiqcha izzat-ikrom, alohida ehtirom talab qilmaydigan axloqiy xislat. Kamtar inson boshqalarni hurmat qiladi, izzattalab
bo‘lmaydi, muvaffaqiyatlaridan kibr-u havoga berilmaydi, maqtanchoqlik qilmaydi. Xalqimiz hamisha kamtarlikni ulug‘lab kelishgan, „Kamtarga kamol – manmanga zavol“ maqoli bekorga aytilmagan. Kibr-u havo – kamtarlikning aksi bo‘lib, insonning o‘ziga, o‘z qobiliyatiga ortiqcha
baho berishi natijasida namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘rinda Kaykovusning „Qobusnoma“ asarida o‘g‘li Gilonshohga aytgan pand-nasihatlari beqiyos ahamiyatga egadir: „Men dunyoda nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat-ikrom ko‘rgizgaysan va insonga nomunosib hayvoniy-hirsiy ishlarni qilmagaysan, padaringga la’nat keltirmagaysan”.
1. Odob, kamtarlik so‘zlarini qanday tushunasiz.
2. Kaykovusning „Qobusnoma“ asarida aytilgan pand-nasihatlarni izohlang.
3. Matndan kamtarlik so‘zining qarama-qarshi ma’nosini bildiruvchi so‘zni topib izohlang.
2. Aniqlovchi qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi. Misollar bilan tushuntirib bering
Aniqlovchi gapning biror bo‘lagini aniqlab, narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashliligini bildiradi. Aniqlovchi ega, to‘ldiruvchi, kesim va holga bog‘lanadi. Aniq lovchilar qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, kimning?, nimaning?, qayerning? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan: Bizning qudratli binolarimizga nazar tashlang
3. Maqol va hikmatlarni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Yaxshilik qilsang, yashir - Yaxshilik ko‘rsang, oshir.
(o’quvchining shaxsiy fikrini bilish)
12-BILET
1. “Me’moriy obidalar” matnini oģqing, matn yuzasidan savollar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |