Oltin o‘tda bilinadi , odam mehnatda. Arslon izidan qaytmas, yigit so ‘zidan. Birni kessang, o‘nni ek.
Oltin o‘tda bilinadi , odam mehnatda. vositali to’ldiruvchi
Arslon izidan qaytmas, yigit so ‘zidan. vositali to’ldiruvchi
Birni kessang, o‘nni ek. vositasiz to’ldiruvchi
3. Ota-ona oldidagi burchingiz haqida so‘zlab bering.
Ota-ona oldidagi burchlar
Ey farzand, bilginki, aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdir. Chunki ular ota-onadir. Ota-onani nima uchun hurmat qilaman, deb ko‘nglingga keltirma, bilginki, ular sening uchun o‘limga ham tayyor turadilar. Farzand oqil va dono bo‘lsa, hech vaqt ota-onaning mehr haqini ado etishdan bo‘yin tovlamaydi. Otaona aslida seni jon va dil bilan parvarish qiladi. Agar sen ulardan kamchilik qidirsang, hech qachon yaxshi nomga sazovor bo‘lmaysan. O‘z farzanding sen haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘l. Sen ota-onangga nima ish qilsang, farzanding ham sen haqingda shunday ish qilur, chunki odam mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydi.
14-BILET
1.” Sharafli burch” rivoyatini o‘qing va o‘z munosabatingizni bildiring.
Sharafli burch
(Rivoyat)
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayriga ketayotgan ekan. Yo‘l qabriston oralab o‘tar edi. Qabristonga yuz qadam chamasi qolganda mavlono otdan tushibdi, qolganlar uning orqasidan ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgach, yana otlarga minib ketishibdi. Biroz yurishgandan keyin mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushish sababini so‘rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi: – Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasangiz? Buni bilmaslik tiriklikdagi o‘liklikdir. Ota-onalar haqini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir
(o’z fikringizni bildiring)
2. Izohlovchi haqida tushuncha bering. Misollar bilan tushuntiring.
Gapdagi biror shaxs yoki narsa-buyumni boshqa nom orqali ifodalaydigan bo‘lak izohlovchi deyiladi. Izohlovchi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanadi. Izohlovchi kasb, mashg‘ulot, amal, unvon, holat, taxallus, laqab kabi ma’nolarni bildiradi: Shuningdek, izohlovchi geografik nomlar, korxona, muassasa, gazeta va jurnal nomlarini anglatadi. Masalan: Bu kishi sobiq jangchi-oshpaz Ahmad Obidov bo‘ladilar. O‘xshatish va xoslik ma’nolarini bildirgan izohlovchilar bilan izohlanmish o‘rtasiga tire qo‘yiladi. Masalan: Vatan – ona so‘zi naqadar laziz. Dalalarda mehnat – hayot boshlanadi.
3. Transportda yurish qoidalari deganda nimani tushunasiz? Soģzlab bering.
Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang.
Jamoat transportida odob saqlash, tozalikka rioya etish, ozidan kattalarga joy berish hisoblanadi.
15-BILET
1. “Muqaddas ayol” matnini o‘qing. Matndan faylasufning ayolga bergan tavsifini toping va izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |