Me’moriy obidalar
Biz yashayotgan ikki daryo oralig‘ida joylashgan zamin O‘zbekistondir. Yurtimizda qadimiy va navqiron shaharlar ko‘p. Ulardan Samarqand, Buxoro, Xiva kabilar dunyoga o‘zining me’moriy obidalari bilan mashhurdir. Samarqanddagi Registon maydoni, Shohi Zinda ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim madrasasi, afsonaviy Buxorodagi Ark qal’asi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor majmualari, Labi hovuz ansambllari, Ko‘hna Xivaning Ichan qal’asi, Juma masjidi, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishan qal’a, Toshhovli va boshqalar bunga misoldir.
Bu muzey-shaharlarga dunyoning barcha burchaklaridan har yili minglab sayyohlar kelib, tarixiy yodgorliklarimizni zavq bilan tomosha qiladilar. Ular aynan mana shu obidalarimizni ko‘rib hayratga tushadilar.
1. O‘zbekistondagi qanday qadimiy shaharlarni bilasiz?
2. Samarqand, Buxoro, Xivadagi qanday me’moriy obidalarni bilasiz?
3. O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanishida me’moriy obidalarning o‘rni qanday?
4. Biz tarixiy obidalarni saqlash uchun nima qilishimiz kerak?
2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklarini ko‘rgani juda ko‘p sayyohlar kelishadi.
Samarqanddagi ko‘p me’moriy obidalar Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan.
(gapni ona tilingizga tarjima qiling)
Многие туристы приезжают посмотреть на древние памятники Узбекистана.
Многие архитектурные памятники в Самарканде были построены Мирзо Улугбеком.
3. Telefondan foydalanish qoidalari haqida gapiring.
1. Telefonda uzoq vaqt gaplashmaslik
2. Jamoat joyda baland ovozda gaplashmaslik
3. Ijtimoiy tarmoqlardan to’gri foydalanish
13-BILET
1. “Odobli bo‘ling” matnini o‘qing va savollar tuzing.
Odobli bo‘ling
O‘zingizdan kattalarga yo‘l bering. Ularga avtobus va boshqa joylarda o‘rin bering. Yoningizdagi kishining biror narsasi yerga tushib ketsa, uni darhol olib bering. Uyda odamlar oldida taltayib yotmang, stul, divanda yastanib o‘tirmang, qo‘lni orqaga qilib yoki cho‘ntakka tiqib, kekkayib turmang. Xushmuomala bo‘ling. Baqirib, jerkib, qo‘lni paxsa qilib yoki birovni qo‘l bilan ko‘rsatib so‘zlashmang, qo‘rslik qilmang. Har kuni ertalab ota-onangizga, aka, opalaringizga salom bering. O‘zingizdan kattalarni ko‘rganingizda, albatta, salom bering. Kattalarning gapiga aralashmang, kattalar qo‘l uzatsalargina ular bilan qo‘l berib ko‘rishing. „Marhamat“, „rahmat“, „ruxsat eting“, „iltimos qilaman“, „kechirasiz“, „uzr“ kabi so‘zlarning qachon aytilishini bilib oling. Yomon,
uyat gaplarni aytmang. Oqsoq, g‘ilay, soqov va boshqa kamchiligi bo‘lgan kishilarni masxara qilmang, boshqalarga laqab qo‘ymang.
1. Odobli bo‘lmoq uchun yana nimalar qilish kerakligini so‘zlab bering.
2. Jamoat joylarida yoshlarning o‘zlarini tutishlari haqida nima deya olasiz?
3. Barkamol inson qanday bo‘lishi kerak?
4. Matn asosida o‘z fikringizni bildiring
2. Berilgan maqollardagi vositali va vositasiz to‘ldiruvchilarni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |