18-BILET
1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini oģqing va munosabatingizni bildiring.
Yaxshilik yerda qolmas
Ari suv ustida uchib yurib, birdan suvga tushib ketdi. Qanotlari ho‘l bo‘ldi. Arining uchishga kuchi yetmadi. Shu payt arini kabutar ko‘rib qoldi. Unga rahmi keldi. Kabutar cho‘pni tishlab, suvga tashladi. Ari cho‘pni kema qilib, halokatdan qutuldi. Bir bola tuzoq qo‘yib, kabutarni tutmoqchi bo‘ldi. Ari buni ko‘rib qoldi. U shu zahoti kelib, bolaning qulog‘ini chaqdi. Bola og‘riqqa
chidolmay tuzoqni tashlab, qulog‘ini ushladi. Kabutar uchib ketib, falokatdan qutuldi.
1. Matnda qanday fazilat aks etgan.
2. Bola, kabutar obrazlariga tavsif bering.
3. Hayotda shunga o‘xshash voqealarni kuzatganmisiz.
4. Yaxshilik haqida yana qanday asarlarni o‘qigansiz
|
(savollardan kelib chiqib o’z shaxsiy fikringizni bildiring)
2. Uyushiq bo‘laklarning qo‘llanilishi va ularning imlosi haqida ma’lumotlarni misollar bilan tushuntiring
Har bir gap bo‘lagi gapda birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, gapdagi bir bo‘lakka bog‘langan bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari deb ataladi. Bu bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog‘lanadi: Bola goh menga, goh unga qarar edi.
Gapning barcha bo‘laklari uyushib kelishi mumkin. Masalan: U kitobni, daftarni, qalamni oldi. U asta joyiga o‘tirdi va gapira boshlad.
3.Quyidagi hikmatlarni tushuntirib bering:
Aql- yoshdan, odob boshdan. Yoshlik bahori tez o‘tar bilgin, Keksalar so‘zlarin quloqqa ilgin
Aql- yoshdan, odob boshdan. Bu maqolning ma'nosi shuki inson Yoshi ulug' bo'lib borgan sari aqli ziyoda bo'ladi, odob boshdan degani esa -Menimcha. bu yerda yosh boladagi ota-ona tomonidan berilgan tarviya nazarda tutilyapti. Hayotimizda ko'p uchraydigan holatda ko'pincha kattalar yosh bolalami o'zlarini tutishini ko'rish —Bu bola bo'ladigan bola aql odobi chiroyli ekan deyishadi menimcha odob boshdan deb shu nazarda tutiladi.
Yoshlik bahori tez o‘tar bilgin. Keksalar so‘zlarin quloqqa ilgin bu hikmatli so‘ž zamirida katta ma'no bor. ko'pincha biz yoshlar yoshlik qilib kattalar gapiga kirmasdan hayotda qiyinchiliklarga uchrab qolamiz va afsuslanamiz agar kattalar gapiga quloq tutganimizda edi hayotdagi qiyinchiliklami yengillik bilan o 'tqazar edik shuning uchun kattalar gapiga bepisand bo‘Imasdan o‘zboshimchalik qilmasligimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |