26-BILET
1. “Ona – ulug’ zot” matnini o’qing va munosabatingizni bildiring.
Ona – ulug‘ zot
Azaldan xalqimiz onalarni „uy bekasi“, „xonadon farishtasi“, deb ulug‘lab kelishgan. Oilada bolaning yaxshi inson bo‘lib yetishishida onaning o‘rni kattadir.
Ona o‘z bolasini: „O‘qitay, qornini to‘q tutay, katta odam qilay“, – deb o‘z rohatidan ham voz kechadi. Bolani jismonan sog‘lom bo‘lib yetishishi uchun uni chiniqtirish, badantarbiya bilan shug‘ullantirish kerak bo‘ladi.
Onalarimiz kechirimli bo‘ladilar. Ular o‘z bolalari bilib-bilmay qilgan ayb ishlarini kechiradilar. Bolalaridan o‘z nasihatlarini ayamaydilar. Ularni to‘g‘ri yo‘lga yetaklaydilar. Farzandlarining erishayotgan yutuqlarini ko‘rib quvonadilar.
(o’z shaxsiy fikringizni so’zlab bering)
2. Berilgan so’zlar yordamida so’z birikmalari tuzing.
Javon, stol, stul, divan, gilam, taom, non, ovqat, jigarrang, katta, qizil, yumshoq, mazali, issiq, shirin.
3. Qanday xalq amaliy san’at turlarini bilasiz?
San’atning bir necha turlari mavjud, bular: raqs san’ati, haykaltaroshlik, opera, balet, qo‘shiqchilik, kino san’ati, naqqoshlik, rassomchilik, adabiyot san’ati. Shu san’atni yaratishda qo‘llanadigan jismlarni biz san’at qurollari deymiz. Masalan, rassomchilik san’atining qurollari: molbert, palitra,
bo‘yoq, qalam, mo‘yqalam va shu kabilar.
27-BILET
1. “Abdurauf Fitrat”matnini o‘qing va so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |