25-BILET
1. “Sharafli burch” matnini o’qing, matn yuzasidan savollarga javob bering.
Sharafli burch
(Rivoyat)
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayriga ketayotgan ekan. Yo‘l qabriston oralab o‘tar edi. Qabristonga yuz qadam chamasi qolganda mavlono otdan tushibdi, qolganlar uning orqasidan ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgach, yana otlarga minib ketishibdi. Biroz yurishgandan keyin mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushish sababini so‘rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi: – Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasangiz? Buni bilmaslik tiriklikdagi o‘liklikdir. Ota-onalar haqini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.
1. Ota va bobolarning xotirasini e’zozlash nima uchun har bir kishining burchi hisoblanadi?
2. Sizningcha matnda barkamol inson uchun xos bo‘lgan xislatlar aks etganmi? Bo‘lsa o‘z fikringizni bildiring.
2. Berilgan birikmalardan foydalanib, gaplar tuzing va yozing.
Yaxshilarga intilib, kattalarga taqlid qilib, yomondan qoch, aqllidan o’rgan, savodxon biladi, ojizlarga ko’maklashdi, intilganga ergashish.
1. Inson har doim yaxshilarga intilib yashash kerak.
2. Yoshlar kattalarga taqlid qilib o’rnak olishadi.
3. Yaxshiga yondosh, yomondan qoch. (maqol)
4. Yaxshi ta’lim olishni aqillidan o’rganish kerak.
5. Yaxshi o’qish va yozishni savodxon biladi.
6. Ojizlikni ko’maklashishni rahmdil insonlardan o’rganing.
7. Inson hayotda intilganga ergashib, o’rnak olib, shunday insonlarga o’xshashga harakat qilish kerak.
3. Bugungi ishni ertaga qoldirma maqolining mazmunini tushuntirib bering.
“Bugungi ishni ertaga qoldirma” deyilgan qadimiy o’g’itlarda. Hozirgi shiddatli zamonda ko’pchiligimiz muhim ishlarni ortga surib, “ertaga qilaman”, “dushanbadan boshlayman” degan bahonalar bilan o’zimizni aldab, mayda-chuyda narsalarga o’ralashib qolish natijasida “attang” deya barmoq tishlagan vaqtimiz bo’lib turadi. Garchi bu muammo ilgari davrlarda ham kuzatilgan bo’lsada, faqatgina xozirga kelib u keng tarqalgan hodisaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |